Proektiv metodlar. Bu usullar test usullarining bir ko’rinishi bo`lib, unda tekshiriluvchiga aniq tizim yoki ko’rinishga ega bo’lmagan, noaniq narsalar tavsiya etiladi va ularni sharxlash topshirigi beriladi. Yani, tekshiriluvchiga turlicha talkin qilish mumkin bo`lgan rasmlar, tugatilmagan xikoyalar, biror aniq ko’rinishga ega bo’lmagan buyumlar, yog’ochlar berilishi mumkin, ularga qarab tekshiriluvchi o’zining hissiy dunyosi, qiziqishlari, dunyoqarashi nuktai nazaridan baho berishi mumkin.
Proektiv usullarga mashxur "Rorshaxning siex dog’lari" testini kiritish mumkin (1921 y). Bu dog’lar ikki tomonlama simmetrik shaklda berilgan 10 xil dog’lardan iborat bo`lib, har bir dog’ har xil buekli fonda kursatiladi. Tekshiriluvchidan har bir"dog’"ning n i m a n i eslatayotganligini aytish so’raladi. Uning ogzidan chiqqan so`zlar, assotsiyalarga qarab (ularni kontent-analiz qilib), shaxs xususiyatlari haqida xulosa qilinadi.
Yana bir proektiv usul - bu S. Rozensveygning rasmli assotsisiyalar usulidir. Bunda hayotga tez-tez uchrab turadigan ziddiyatli vaziyatlarni eks ettirgan rasmlar tekshiriluvchiga tavsiya qilinadi. Bu rasmlarda bir tomonda turgan personajlar nimalarnidir gapirayotgan holda gavdalantiriladi, unga karshi tomondagi shaxs esa hali javob qaytarib ulgurmagan, tekshiruvchi tekshiriluvchidan tez, qisqa muddat ichida bo’sh kataklarda berilishi mumkin bo`lgan javobni yozishni so’raydi. Berilgan javoblarga qarab shaxsning yo’nalishi, uning ziddiyatlarga munosabati, agressiya-jaholat hissining xususiyatlari, bu hisning kimlarga qaratilganligi va shunga o’xshash muhim faktlar to’planadi.
"Tugatilmagan xikoyalar" ham guruhdagi va yakka shaxslarning qarashlari, ulardagi psixologik yo’nalishlarni o’rganishda ancha qo’l keladigan usuldir. Ularda shaxsning o’ziga, atrofdagilarga, jamoaga munosabatlari aniqlanadi. "Mening hayotiy intilishlarim...", "Mening kayfiyatimning bo’zilishiga sabab, odatda...." va shunga o’xshash iboralarning davomi yozilib, tugatilishi taklif etiladi.
Shunday qilib, Ijtimoiy psixologiya hozirgi kunda juda ko’p metodlarga ega, biz tanishib chiqqan metodlar ularning asosiylari, bir qismi, holos. Har bir tadqiqotchi o`z tadkikod obektining xususiyatlari, tadqiqot maqsadi va mavzuiga qarab kerakli uslubni tanlaydi. Shuning uchun ham metodlar to’plami bilan tulaligicha tanishish uchun maxsus ADABIYOTLAR bilan ham tanishib chiqish lozim.
Xulosa
Jamiyat - bu insonlar majmuidir. Uning taraqqiyoti va ma’naviy salohiyati ko’p jixatdan ana shu insonlar o’rtasida yuzaga keladigan o’zaro munosabatlarning tabiatiga, ular amalga oshiradigan murakkab ijtimoiy xamkorlik faoliyatining mazmuniga bog’liq. Har bir inson jamiyatda yashar ekan, u unda o’ziga xos o’rin va mustaqil mavqe egallashga intiladi, binobarin, u o’ziga xos intilish, laekat va faollik namunalarini namoyish qiladi. Insonlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni hamda har bir shaxsning jamiyatdagi o’rni va uning turlicha ijtimoiy munosabatlari tabiatini o’rganuvchi qator ijtimoiy fanlar mavjud bo`lib, ularning orasida Ijtimoiy psixologiya alohida o’rin egallaydi.
Ijtimoiy psixologiya juda qadimiy va shuning bilan birgan u uta navkiron fandir. Uning qadimiyligi insoniyat tarixi, madaniyati va ma’naviyatining qadimiy ildizlari bilan belgilanadi. Ular aslini olib qaraganda, u yoki bu jamiyatda yashagan kishilar o’rtasidagi ijtimoiy munosabatlarning va tafakkurning hosilasi bilan e’tirof etilsa, u o`z uslubieti, predmeti va fanlar tizimida tutgan o’rnining yangiligi insoniyat taraqqiyotining eng yangi davrida shakllanganligi va rivojiga turtki berganligi bilan tavsiflanadi.
Dostları ilə paylaş: |