Sotsial institut (lotincha–institutum, ruscha lug’aviy ma’nosi- ustanovleniya, o’zbekcha ma’nolarda, birinchidan, nizom, qoidalar yoki ularning to’plamini, ikkinchidan, mahkama, muassasalarni bildiradi). Sotsial institutlar yoki institutsional sotsiologiya maxsus nazariy yo’nalishdir. Sotsiologiyaga sotsial institut tushunchasi huquqshunos fanlaridan kirib kelgan. Yurisprudentsiyada sotsial institutlar deyilganda, ijtimoiy - huquqiy munosabatlarni idora qiladigan huququiy normalar (merosxo’rlik, mulkka egalik, oila va nikoh institutlari) tushuniladi.
Instituttsonal sotsiologiya– ijtimoiy hayotni tashkil etishning va idora etishning (boshqarishning, regulyatsiya qilishning) barqaror shakllarini o’rgatuvchi sohadir.
Sotsial institutlarni konkret tashkilot va guruhlardan farqlash lozim. Yuzaki ko’rinishda, sotsial institut muayyan vazifani bajaruvchi odamlar, muassasalar, idoralar majmui sifatida gavdalanadi. Mazmuniga ko’ra esa sotsial institut va shaxslarning konkret vaziyatlarda amal qiladigan maqsadga muvofiq, rasmiy va norasmiy, barqaror, standartlashgan tamoyil, normalar, o’rnashmalarini bildiradi.24 Sotsial institut, qisqacha ta’rifda, odamlar sotsial tashkillashgan va regulyatsiya qilinadigan faoliyatlarni anglatadi. Sotsial institutlar xatti - harakatining nisbatan barqaror shakl namunalarini, avloddan -avlodga o’tuvchi an’analar, odatlarning qayta takror hosil qilinishini ham ta’minlaydi. Sotsial strukturaga kiruvchi har bir sotsial institut muayyan ijtimoiy ahamiyat vazifalarni ado etish uchun tashkil topadi, har bir sotsial institut faoliyat maqsadi, unga erishishni ta’minlovchi konkret funktsiyalar, ushbu institutga xos bo’lgan sotsial pozitsiya va rollar, shuningdek, maqsadga muvofiq, kerakli xatti - harakatni rag’batlantiruvchi va deviant (og’ma) xatti - harakatlarga qarshi qaratilgan tazyiqlar (sanktsiyalar) tizimi bilan tavsiflanadi.
Jamiyatning iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy, huquqiy va xalqaro sohalariga xos bo’lgan sotsial institutlarni ajratib ko’rsatish mumkin. Siyosiy institutlar muayyan hokimiyat majudligini, iqtisodiy institutlar esa moddiy ne’matlarning ishlab chiqarilishini, taqsimlanishini ta’minlaydi. Jamiyatning muhim institutlaridan biri oila hisoblanadi . Uning faoliyati (ota -onalar, ota – onalar va bolalar o’rtasidagi tarbiya usullari) huquqiy va ijtimoiy normalar bilan belgilanadi. Bundan tashqari jamiyatda bir qator ijtimoiy - madaniy institutlar (maorif, sog’liqni saqlash tizimlari, madaniy-tarbiyaviy muassasalar, fan va din institutlari) amal qiladi.
Sotsial institut – bu inson faoliyatining turli sohalarini tartibga soluvchi va ularni rollar va mavqеlar tizimiga kirituvchi rasmiy va norasmiy qoidalar, mе'yorlar tamoyillari, yo`l- yo`riqlarning turg`un majmuidir. Shunday qilib, biz sotsial institutni ikkita usul yordamida ifodalashimiz mumkin: bir tomondan mе'yorlar yig`indisi, ikkinchi tomondan – rollar va mavqеlar yig`indisi. Yuqorida qayd etilganlardan shuni xulosa qilib aytish mumkinki, ushbu ikkita ta'rif bir – biriga zid emas, aksincha, ular bir – birini to`ldiradi va bitta qodisaning turli tomonlariga urg`u bеradi. Sotsial institut butun jamiyat nomidan harakat qiladi. Institutsional aloqalar bir paytning o`zida mе'yoriy ham hisoblanadi, chunki ular jamiyat tomonidan o`z a'zolarining u yoki bu ehtiyojlarini qondirish uchun o`rnatiladi. Sotsial institutning mazmuniy va rasmiy tomonlarini ajratish mumkin. Mazmuniy tomondan sotsial institut u yoki bu ijtimoiy mavqе egalari xulq - atvoriining andozalari tizimi hisoblanadi. Rasmiy tomondan sotsial institut aniq ijtimoiy vazifani bajarish uchun moddiy vositalarga ega bo`lgan shaxslarning yig`indisi sifatida qaralishi mumkin. Sotsial institutga quyidagi bеlgilar xos: 1) u xulq – atvorning to`g`ri turlarini bеlgilovchi ijtimoiy mе'yorlar va yo`l-yo`riqlarning to`plami sifatida mavjud bo`ladi;
2) u jamiyat mafkurasi va qadriyatlar tizimi bilan chambarchas bog`liq;
3) harakatlarning institutsional turlari jamiyat tomonidan nazorat qilinadi, institutning o`zi esa individlarning xulq - atvorini nazorat qiladi;
4) sotsial institut zarur moddiy vositalar va zahiralarga ega bo`lib, ular tufayli institut asosida yotuvchi mе'yorlar va yo`l - yo`riqlar u yoki bu darajada muvaffaqiyatli bajariladi.