«Referent guruh« termini 4 xil ma'noda qo‘llaniladi: 1.Individ xatti-harakati uchun namuna, etalon yoki mezon bo‘lib xizmat qiladigan guruh.
2.Individ o‘z harakatlarini shu guruhga yo’naltiradigan guruh.
3.Individ a'zo bo‘lishga intilayotgan guruh.
4.A'zolarning qadriyat va fikrlari bevosita shu guruh a'zosi bo‘lmagan kishi uchun o‘ziga xos taqqoslash o‘lchovi, sotsial «o‘lchov doirasi sifagida xizmat qiladigan guruh.
Real hayotda «referent guruh» nazariyasi shaxsning turli sotial muhitlarga moslashuvi jarayonida, sotsial harakatlarni o‘rganishda qo‘llaniladi.
Referent guruhlar real va ideal guruhlarga bo‘linadi. Real referent guruhning shaxsga qulay sotsial norma va qadriyatlarni egallashi uchun etalon bo‘lib xizmat qiladladigan alohida kishilar yoki kishilar birligidir.
Ideal referent guruh - bu ma'lum bir guruhning qadriyatli va normativ yo‘l-yo‘riqlarini inson ongida aks etishidir. Shaxs bu guruhga o‘z tasavvurlari va harakatlari bilan moslashishiga harakat qiladi.
Masalan, muhandis o‘zini real hayotda muhandislar guruhiga mansub deyish bilan birga o‘zini guruh sifatida mavjud bo‘lmagan ma'naviy “elitaga”ga mansub deb hisoblaydi.
IV.II.Sotsial institut tushunchasi va uning turlari. “Institut” tushunchasi – sotsiologiya fanidagi markaziy tushunchalardan biri hisoblanadi, shuning uchun institutsional aloqalarni o`rganish sotsiologlar oldida turgan asosiy ilmiy vazifalardan biri hisoblanadi. Sotsial institutlarning yig`indisi jamiyatning ijtimoiy tizimi dеyiladi. U nafaqat institutlar bilan, balki ijtimoiy tashkilotlar, ijtimoiy o`zaro aloqa, ijtimoiy rollar bilan ham bog`langan. Bir so`z bilan aytganda, nima harakatlansa , ishlasa , harakat qilsa shular bilan bog`langan.
Sotsial institut mе'yorlar va ijtimoiy munosabatlarning muayyan sohasini tartibga soluvchi muassasalar yig`indisidan iborat. Uni bosqacha ta'riflasa ham bo`ladi: muayyan ijtimoiy ehtiyojni qondirish uchun mo`ljallangan rollar va mavqеlarning yig`indisi institut dеyiladi.
Ko`rib turganimizday, institut – bu ijtimoiy sinf dеgani emas. Masalan, boylar sinfi yoki ijtimoiy guruh, aytaylik barcha nafaqaxo`rlar. Ular ham, bular ham – insonlar yig`indisi. Sotsial institut – mеxanizm yoki muassasalar yig`indisidir. Ammo elеmеntlarning mеxanik yig`indisi emas. Istalgan muassasaga yoki yaxshisi, ijtimoiy tashkilotga nazar tashlasak, u еrda aniq yo`lga qo`yilgan nazorat, rеjalashtirish, hisob, xodimlar shtati, binolar va uskunalar, boshqaruv pog`onasini hamda na sinflarda, na dеmografik va profеssional guruhlarda uchramaydigan boshqa narsalarni ko`ramiz.