Sotsiologiyaa


Oila – kishilar hayotining eng muhim qismi, jamiyatning kichik hujayrasi, ijtimoiy – madaniy organizm. Oila



Yüklə 4,54 Mb.
səhifə119/279
tarix24.12.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#192352
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   279
SOTSIOLOGIYA

Oila – kishilar hayotining eng muhim qismi, jamiyatning kichik hujayrasi, ijtimoiy – madaniy organizm. Oila – kishilarning tabiiy – biologik (jinsiy munosabatlar, uy – ro’zg’orni boshqarish), huquqiy (masalan, nikohni fuqarolik holatlarida qayd etish), ma`naviy (er-xotin, ota-ona va bolalar o’rtasidagi sevgi, mehr-muhabbat tuyg’usi va shu kabilar) munosabatlariga asoslangan birlik.
Nikoh va oila munosabatlari qadimgi davrlardan boshlab ilmiy tadqiqotlar manbaining bir yo’nalishini aks ettirib, sotsial tizimni tashkil etuvchi sotsial instiutlarning alohida fuktsiyaga ega bo’lgan bir bo’lagi hisoblanadi.
Ma`lumki, har bir sotsial institut o’ziga xos funktsiyani bajarishga yo’naltirilgandir. Turli yo’nalishdagi sotsiologlar bu sotsial institutlarning alohida funktsiyalarini o’rganishga kirishib, klassifikatsiyalashga uringanlar.
Bu sohada ancha to’liq va qiziqarli ma`lumotlarni sotsiologlar S.Lipset, D.Landberg va boshqalarning «Institutsional maktab» sotsiologiyasi manbalaridan olishimiz mumkin. Ana shu sotsial institutlardan biri oila hisoblanadi. Klassik sotsiologlarning nazariyalarida sotsial institutlar amal qilishiga ko’ra ikkiga ajratib ko’rsatilgan: Oddiy va murkkab. Oddiy sotsial institutning klassik misolida oila institutini ko’rib chiqishimiz mumkin. A.G. Xarchevning ma`lumotiga ko’ra oila kishilarning nikox va qon-qarindoshlik xususiyatiga ko’ra birlashmasi bo’lib, ijtimoiy turmushni shakllantirish va birgalikdagi javobgarliklariga ko’ra bog’langan bo’g’indir.
1857-1929 yillarda yashab ijod etgan Amerika sotsiologi va iqtisodchisi T.Veblenning sotsial institutlar haqidagi kontseptsiyasi asosida funktsional yondashuvlarni ko’rish mumkin. Bunga ko’ra oila – jamiyat a`zolarini takror ishlab chiqarish funktsiyasini bajaruvchi institutlar hisoblanadi.
Bu masalalarni biz A.Millerning kontseptsiyalarida ham ko’rishimiz mumkin (1914-1973). O’z davrida M.Veber ham sotsial institutlar va ularning funktsiyalari haqida alohida to’xtalib o’tgan. O.Kont o’z sotsiologik nazariyalarida oilani jamiyatning birlamchi asosi sifatida qarab chiqadi va uning kelib chiqishini insoniy munosabatlardagi tabiiy holat deb izohlaydi.
O.Kontning fikricha, oilada ijtimoiy munosabatlarning barcha ko’rinishlari o’z aksini topadi, ya`ni notenglik (avlodlar va jinslar o’rtasida), tobelik (oila a`zolari o’rtasidagi, oila boshlig’i, kattalar) va hokazo. SHunga ko’ra oila bir kichik davlat bo’lib, u davlatning shakllanish asosi, uning modeli, oila sotsial funktsiyalari esa - jamiyat funktsiyalarini aks ettiradi. P.Sorokin o’zining sotsiologik tadqiqotlarida oilaviy kelishmovchiliklar, ularning sabablari va oqibatlari haqida keng to’xtalib o’tgan27.
L.Prizberg o’zining Sotsial konfliktlar (1982 y.) asarida oilaviy kelishmovchiliklar va ularning oqibati, jamiyat taraqqiyotiga ta`siri haqida ma`lumotlar keltirib, ularning oldini olish va oqibatlariga qarshi kurashish jamiyat oldiga qo’yiladigan muhim vazifalardan biri ekanligini ta`kidlagan.

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   279




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin