16.2. Oilaning funktsiyalari va uning tiplari O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (63-modda)da ta`kidlanganidek, “Oila jamiyatning asosiy bo’g’inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo’lish huquqiga ega”31.
Nikoh va oila sotsiologiyasi o’z mazmuniga ko’ra juda keng qo’llamga ega bo’lib, hozirgi zamon oila-nikoh munosabatlarining barcha jihatlarini o’z ichiga oladi. YAngi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning tarkib topa borishi oila-nikoh munosabatlarida ham jiddiy o’zgarishlarni, oilaviy munosabatlarda vujudga kelayotgan yangi muammolarni keltirib chiqarmoqda. Ayniqsa, ularning ichida oila-nikoh munosabatlarining huquqiy-yuridik yo’nalishi, axloqiy-estetik, oila va islom dini, oila va aholi salomatligini himoya qilish muammosi, oila soni, tarkibi va tuzilishi, oilaning moddiy-iqtisodiy ta`minoti, turmush darajasi, oilada er-xotinning o’rni va roli, oiladagi ruhiy muhit, oilaviy mojarolar va ajralishlar, ularni keltirib chiqaradigan sabablar, yosh oilalar va ularning ahvoli kabi yo’nalishlar muhim sotsiologik tadqiqot ob`ekti bo’lib kelmoqda.
Aslida oilaning vujudga kelishi va shakllanishida quyidagi oila turlari majud bo’lgan: Gruppaviy oila: ibtidoiy jamoa tuzumida er-xotin umumiy bo’lgan.
Patriarxal oila: juft oila bilan monogom oila o’rtasidagi oraliq shaklida bo’lgan.
Monogom oila: bir nikohli (hozirgi) oila vujudga kelgan.
Oila-nikoh sotsiologiyasi turmush tarzi sotsiologiyasi bilan uzviy bog’liq holda olib qarab o’rganiladi. Zero, oila bilan bog’liq bo’lgan barcha masalalar kishilar turmush tarzi tarkibiga kiradi. Ammo, oila jamiyatning kichik yacheykasi sifatida maxsus sotsiologik tadqiqotga muhtoj. SHuning uchun ham oila-nikoh sotsiologiyasi maxsus sotsiologik nazariya sifatida hozirgi davr jamiyat ijtimoiy hayotini ilmiy jihatdan o’rganishda muhim ahamiyatga egadir.
Hozirgi kunda jahon mamlakatlarida nikohning quyidagi turlari mavjud:
Monogom nikoh. Nikohning bu turi eng ko’p tarqalgan bo’lib, 2 ta shaxs o’rtasida amalga oshiriladi.