Sotsiologiyaa



Yüklə 4,54 Mb.
səhifə122/279
tarix24.12.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#192352
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   279
SOTSIOLOGIYA

Poliginiya nikoh. YUnoncha poli – ko’pchilik, giniya – nikoh, ya`ni bitta erkakning bir necha ayollar bilan qonuniy nikohda turilishidir. Bu ko’proq arab mamlakatlarida bor.

  • Poliandriya nikoh. Bunda bitta ayol bir necha erkaklar bilan nikohda bo’lishi mumkin.

    Oila-nikoh munosabatlarining asosiy sotsiologik tushunchalariga quyidagilar kiradi: Oilaviy hayot sharoiti, oila tarkibi, oila funktsiyasi, oila turmush tarzi, oilaviy mafkura va boshqalar.
    Bu tushunchalar oila-nikoh munosabatlarining eng muhim jihatlarini o’zida ifodalaydi.
    Oila jamiyat ijtimoiy tarkibining muhim elementi sifatida o’ziga xos ijtimoiy vazifalarni bajaradi. Oilaning ijtimoiy vazifasi (funktsiyasi) deganda, oila va uning a`zolari hayot faoliyati, faollikni namoyon qilish usuliga bag’ishlanadi. Ularga quyidagilar kiradi: biologik ko’payish, tarbiyaviy, xo’jalik-iqtisodiy, o’zaro yordam, kommunikativ, regulyativ kabilar.
    Oilaning funktsiyalari, asosan quyidagilardan iborat:
    1. Avlodni davom ettirish.
    2. Bolalar to’g’risida g’amxo’rlik.
    3. Iqtisodiy funktsiya yoki uy-xo ’jalik ishlarini yuritish.
    4. Qariyalar to’g’risida g’amxo’rlik.
    5. Burch va majburiyatlarni his qilish.
    6. Muomala talablarini qondirish.
    7. Bo’sh vaqtdan unumli foydalanish.
    Ayniqsa, oilada bola tarbiyasi, keksalarga yordam, mehnatga layoqatini yo’qotganlarga g’amxo’rlik qilish, oilaviy an`analarni saqlash va ma`naviy munosabatlarni tartibga solish kabi muhim ahamiyatga ega ijtimoiy munosabatlar mujassamlashgandir. Oilada “voyaga etgan, mehnatga layoqatli farzandlar o’z ota-onalari haqida g’amxo’rlik qilishga majburdirlar”32.
    Shunday qilib, “Oila turmush va vijdon erkinligi qonunlari asosida quriladi, o’zining ko’p asrlik mustahkam va ma`naviy tayanchlariga ega bo’ladi, oilada demokratik negizlarga asos solinadi, odamlarning talab-ehtiyojlari va qadriyatlari shakllanadi”.
    Hozirda, turli mamlakatlarda, jumladan O’zbekiston Respublikasida ham oilaning moddiy ne`matlar ishlab chiqarish funktsiyasining salmog’i yanada ortmoqda. Bozor munosabatlarining tarkib topishi natijasida bu funktsiyaning bajarilishi, oilaning boshqa funktsiyalarining faol amal qilishiga sezilarli ta`sir ko’rsatmoqda. Masalan, oilaviy kichik korxonalar, ustaxonalar, kooperativlar, oilaviy fermer xo’jaliklari, ijara pudratlari kabi ishlab chiqarish funktsiyasining amal qilishi bilan jamiyat taraqqiyotida nafaqat iqtisodiy jihatdan ahamiyatliroqdir, ko’p jihatdan aholini ijtimoiy foydali mehnat bilan band qilish, xo’jalik uchun zarur mollar bilan ta`minlash (xo’jalik - iqtisodiy funktsiyasi), bolalarda yoshlikdan mehnat ko’nikmalarini shakllantirish (tarbiyaviy funktsiyasi), ijtimoiy-psixologik (o’zaro yordam funktsiyasi), oila byudjetini ta`minlaydi. Er-xotin va farzandlar o’rtasidagi ruhiy uyg’unlik (kommunikativ funktsiyasi) mehr- oqibat munosabatlarini yanada oshiradi.
    Oila asosini nikoh munosabatlari tashkil qiladi. Nikoh – bu tarixan vujudga kelgan, er va xotin o’rtasidagi munosabatlarning ijtimoiy-axloqiy shaklidir. Nikoh orqali jamiyat er-xotinning o’zaro jinsiy hayotini tartibga soladi va ularning oiladagi huquq-burchlarini qonunlashtiradi. SHu bilan birga, oila nikohga nisbatan yanada murakkabroq bo’lib, nafaqat er-xotinni, balki ularning farzandlarini va shu oila tarkibiga kiruvchi qarindoshlarni ham o’z ichiga oladi.

    Yüklə 4,54 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   279




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin