Sotsiologiyaa


Oila taraqqiyoti uch yo‘nalishida tanlash maqsadiga muvofiqdir



Yüklə 4,54 Mb.
səhifə123/279
tarix24.12.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#192352
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   279
SOTSIOLOGIYA

Oila taraqqiyoti uch yo‘nalishida tanlash maqsadiga muvofiqdir.33
1. Oila demografik taraqqiyoti.
2. Oila ijtimoiy taraqqiyoti.
3. Oila iqtisodiy taraqqiyoti.
Oilaning demografik taraqqiyoti - deganda oilaning miqdori, shakllanish va demografik tarkibi (Oilaning, oilada yashayotgan kishilar miqdoriga qarab guruhlarga bo‘linishi) ma'lum davrlarda o‘zgarib borishi tushuniladi.
Oilaning ijtimoiy taraqqiyoti - esa oila a'zolarining ma'lumotliligi darajasi, ijtimoiy mavqe salomatligi borasida o‘zgarishi, hamda ularning ta'lim-tarbiya, urf-odat, fan va madaniyat tabiyatda va jamiyatga bo‘lgan munosabatlarini takomillashib borishidir. Oilaning oziq,-ovqat, kiyim-kechak, uy joy va boshqa yashash uchun zarur bo‘lgan narsalar bilan ta'minlashish darajasining o‘zgarib borishi uning iqtisodiy taraqqiyotini belgilaydi.
Ko‘rinib turibdiki, oila o‘z mohiyati bilan jamiyat hayotida turli qirralarini aks ettiradi. Shuning uchun ham oila qator fanlarning o‘rganish mavzusidir. Bularga etnografik, demografik, psixologiya, pedagogika, tibbiyot, huquq, iqtisodiyot, tarix va sotsiologiya fanlari kiradi.
Ular oila vazifalarni va taraqqiyot yo‘nalishlarining alohida tomonlarini o‘rganadilar. Masalan, iqtisodiyot oila jamiyat taraqqiyotida iste'molchi guruh sifatida o‘rgansa, etnografiya oiladagi urf-odatlar qadriyatlarni etnik ko‘lamda o‘rganadi, demografiya esa asosiy e'tiborini oilaning eng muhim vazifasi bo‘lmish avlod davomiyligini ta'minlashga qaratadi. Oila sotsiologiyasi esa yuqorida qayd etilganidek oilani jamiyat taraqqiyotida muhim vazifalarini, jamiyat taraqqiyotida, muhim vazifalarni bajaruvchi sotsial institut sifatida o‘rganadi. U o‘z tadqiqoti davomida oilani o‘rganuvchi barcha fanlar olib borgan tadqiqot natijalaridan keng foydalanadi va ular bilan uzviy bog‘liq holda rivojlanadi.
Ma'lumki, oila paydo bo‘lganidan to hozirgi davrga qadar uning turlari va ijtimoiy-demografik tarkibi muntazam o‘zgarib bordi. Oila turlari va tarkibida sodir bo‘lgan o‘zgarishlar va ularga ta'sir etuvchi omillarini jamiyat taraqqiyotining har bir bosqichlari uchun alohida o‘rganish ham oila sotsiologiyasining muhim vazifalaridan hisoblanadi. Oila sotsiologiyasining asosiy yo’nalishlaridan biri oilaning mohiyati va faoliyatini o‘rganishdir.
Oila mohiyati uning faoliyati, ya'ni u bajarayotgan vazifalar bilan belgilanadi. Ularga avlod yaratish vazifasini (jamiyatni davom ettiruvchi avlod yaratish, inson zotini davom ettirish); ijtimoiy vazifasi (oiladagi farzandlarni tarbiyalash, ularni o‘zaro tabiatga, jamiyatga bo‘lgan munosabatlarini shakllantirish, oila a'zolarining dam olishi va salomatligini tiklash); iqtisodiy vazifasi (oila a'zolarini oziq-ovqat,kiyim-kechak va boshqa yashash uchun zarur bo‘lgan vositalar bilan ta'minlash kiradi.
Oila sotsiologiyasi oila vazifalarini turli tarixiy davrlarda, ijtimoiy guruhlarda, xalqlarda, davlatlarda bajarilishi omillari va xususiyatlari oila vazifalariga bo‘lgan munosabatlarni ham atroflicha o‘rganadi. Oilaning eng muhim vazifasi bu farzandlarning tug‘ilishi, ya'ni jamiyat davomiyligi ta'minlovchi yangi avlod yaratishdir. Tug‘ilish dunyodagi turli xalqlarda turlicha ko‘rsatkichlarga ega.
Yer shari bo‘ylab tug‘ilishning o‘zaro farq qilishi avvalo mamlakatlar aholisining moddiy va madaniy turmush darajasi, asrlar davomida shakllanib, saqlanib kelgan urf-odatlariga, diniga bog‘liqdir. Bulardan tashqari tug‘ilishga aholining jinsiy yoshi bo‘yicha taqsimlashi, nikoh va ajralish jarayonlari, tibbiyotning rivojlanish darajasi, shuningdek har bir davlat tomonidan olib borilayotgan demografik siyosat ham ta'sir etadi. Yuqorida keltirilgan ma'lumotlar ta'sirida oilaning bolaga bo‘lgan talabi, jamiyatning bolaga bo‘lgan talabi, o‘zgarib boradi. Oila sotsiologiyasi jamiyat taraqqiyotining har bir bosqichlarida, dunyoga barcha xalqlar va davlatlar miqyosida tug‘ilishning o‘zgarib borishiga oilaning bolaga bo‘lgan ehtiyojiga ta'sir etuvchi omillarni, aholining turli demorafik va ijtimoiy guruhlarining hamda er-xotinning oilada farzandlar miqdoriga bo‘lgan munosabatlarini sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazish yo‘li bilan aniqlanib beradi.
Oilaning bugungi shaklida oila a'zolari bir-birlari bilan umumiy turmush, iqtisodiy-mulkiy, ma'naviy-huquqiy, psixologik munosabatlar, o‘zaro javobgarlik his-tuyg‘ulari bilan bog‘lanib turadilar. Oilada har bir oila a'zolarining o‘z ijtimoiy o‘rni bordir.
Ma'lumki oilaning asosini — yadrosini er-xotin tashkil etadi. Oilada er-xotin, o‘zi yoki farzandlari bilan etishadi. Undan tashqari oilada er-xotin farzandlari bilan birga ularning ota-onalari, aka-ukalari va boshqa qarindosh-urug‘lari ham birga yashashlari mumkin. Oila muhiti, uning jamoada tutgan o‘rni oila a'zolariga,ularning xulq-atvorlariga bevosita bog‘liqdir. Ayniqsa oila muhitida ayolning o‘rni alohida ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham oila a'zolarining oilaga, atrof-muhitga va o‘zaro munosabatlarini o‘rganish ham oila sotsiologiyasining vazifalaridan biridir.
Oilaning tashkil topishi, shakllanishi va rivojlanishida demogarfik vaziyat muhim ahamiyatga egadir. Oilaning ijtimoiy-demografik tarkibi va unga ta'sir etuvchi ijtimoiy omillarni o‘rganish ham oila sotsiologiyasi o‘rganadigan muhim masalalardan hisoblanadi, Oilaning ijtimoiy-demografik tarkibi deganda, oilada yashab kelayotgan kishilarning nikoh qondoshlik-qarindonlik munsoabatlari, ijtimoiy guruhlari va miqdori asosida turlarga bo‘linishi tushuniladi. Oilaning eng ko‘p tarqalgan ijtimoiy, turli nuklear oddiy oila bo‘lib, unda er-xotin nikohga kirmagan, ya'ni turmush qurmagan farzandlari bilan yashaydi. Agar birorta farzand turmush qurib, shu oilada birga yashasa, unda bu oila kengaygan yoki murakkab oilaga aylanadi. Murakkab oilada ikki yoki undan ko‘p oddiy oilalar, 3 va undan ko‘p avlod vakillari istiqomat etishadi. Agar oilada er-xotin mavjud bo‘lsa, yashasa, unda oila to‘la, tugal oila, ularning biri oilada yashamasa (bo‘lmasa), tugalmas oila hisoblanadi. Undan tashqari oilada er-xotin farzandlari bilan birga ularning ota-onalari, aka-ukalari va boshqa qarindosh-urug‘lari ham birga yashashlari mumkin.
Ana shunday holatlarni hisobga olgan holda sobiq SSSR tarkibiga kirgan barcha respublikalarda, jumladan O‘zbekistonda ham oilani quyidagi turlarga bo‘lib o‘rganilgan:
I. Er-xotin bolalari bilan yoki bolasiz yashaydigan oilalar;
2. Er-xotin, bolalari yoki bolasiz, ota-onalarining faqat bittasi bilan yashaydigan oilalar;
3. Er-xotin, bolalari yoki bolasiz, ota-onalarining faqat bittasi (yoki ularsiz) va boshqa qarnndoshlari bilan shaydigan oilalar;
4. Ikki yoki undan ortiq. oddiy oila (nikoh juftlari)bolalari bilan yoki bolasiz, ota-onalarining biri (yoki ularsiz)va boshq qarindoshlari bilan (yoki ularsiz) yashaydigan oilalar;
5. Ona va bolalar bilan yashaydigan oilalar;
6. Ota va bolalar bilan yashamaydigan oilalar;
7. Ona-bolalar va onaning (yoki otaning) ota-onalaridan biri yashaydigan oilalar;
8. Ota-bolalar, otasining (yoki onasining) ota-onalaridan biri bilan yashaydigan oilalar;
9. Boshqa oilalar.

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   279




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin