Sotsiologiyaa


Oila-nikoh munosabatlarining asosiy printsiplari



Yüklə 4,54 Mb.
səhifə126/279
tarix24.12.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#192352
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   279
SOTSIOLOGIYA

Oila-nikoh munosabatlarining asosiy printsiplari:

  1. Yakka nikohlik tamoyili (faqat bitta).

  2. Nikohning ixtiyoriyligi.

  3. Ajralishning erkinligi (davlat tomonidan nazorat qilinadi).

  4. Oila va oilaviy munosabatlarda er-xotinning teng huquqligi.

  5. Bolalarni birgalikda tarbiyalash tomoyili.

Oila ijtimoiy institut sifatida muayyan darajalarga ega bo’ladi. Dastlab, er-xotinning nikohdan o’tishi oqibatida oila vujudga keladi. Birinchi farzandning dunyoga kelishi esa - bolali oilani yuzaga keltiradi. Bu holat oilani yanada mustahkamlaydi. Hattoki, bir-birlarini sevib qurilgan oila ham, agarda farzandli bo’lmasa, mustahkam bo’la olmaydi, bundan ko’rinib turibdiki, oilaning avlod qoldirishlik funktsiyasi jamiyat hayotida ham, oila mustahkamligini saqlashda ham muhim rol o’ynaydi. Oilaning yana bir darajasi - ko’p bolali oilalar soni hozirga kelib, ma`lum ijtimoiy-iqtisodiy omillar ta`siri bilan borgan sari kamayib ketmoqda.
Oila tipining muhim belgilari quyidagilar hisoblanadi: oila a`zolarining yoshi, oiladagi bola soni, murakkab oilalar, bunday oilalar bizning sharoitimizda ko’plab uchraydi. Bunaday oila tarkibi bir necha - ikki yoki undan ortiq nikohli juftdan iborat bo’ladi. Respublikada oilaning o’rtacha soni 5,5 kishidan iborat, bir qancha viloyatlarda esa 6 kishidan iborat, bu ko’rsatkich MDHning Evropa qismidagi mamlakatlarida 3,2 kishini tashkil etadi.
Davlatning vujudga kelishi bilan oilaviy hayotni boshqarish huquqiy xarakterga ega bo’lgan. Nikohni yuridik jihatdan rasmiylashtirish nafaqat er-xotin oldiga, balki davlat oldiga ham muayyan javobgarlik (burch, vazifa, ma`suliyat) qo’yadi. Shundan boshlab oilaviy munosabatlar muammolarini nazorat qilish, huquqiy jihatdan boshqarish davlat zimmasiga yuklatiladi.
Nikoh munsabatlarini, yolg’iz yashovchilarni, oilaviy buzilish sabablarini o’rganish jamiyat ijtimoiy tarkibining ijobiy rivojlanishida katta ahamiyat kasb etadi. Oddiy bir misol: diniy munosabatlar asosida, avval nikoh muqaddas hisoblanar edi. Sobiq totalitar tuzum asorati sifatida biz bu masalaning ancha keying o’rinlardan biriga surilib qollanganligining guvohi bo’lib turibmiz.

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   279




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin