Sotsiologiyaa



Yüklə 4,54 Mb.
səhifə174/279
tarix24.12.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#192352
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   279
SOTSIOLOGIYA

Qisqacha xulosalar
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, jamiyat hayotidagi turli xil begonalashuv jarayonlari tezroq ilmiylik va uyg’unlik asosida bartaraf qilinsagina, jamiyat sog’lom sharoitda taraqqiy etadi va salbiy ijtimoiy hodisalarning o’z vaqtida oldi olinadi. Masalan, mehnatdan begonalashishni bartaraf etish uchun birinchi galda insonlarning o’z mehnatlari natijalaridan manfaatdor bo’lishlari va uning oqibatida esa ularning mehnatga bo’lgan munosabatlarini tubdan o’zgartirib, qiziqish va kuch-g’ayrat bilan ishlashlarini tashkil etish darkor.
Ishlab chiqarishni boshqarishdagi begonalashish muammosini bartaraf etish ham juda muhim ma`no kasb etadi. Buning uchun ishlab chiqarish munosabatlarini chuqur demokratiyalashtirish, korxona, tashkilot va muassasalardagi mavjud boshqaruv tizimlarini demokratik yo’llar bilan takomillashtirish va ishchi, xizmatchilarga xo’jalik egasining aniq vazifasi, huquqi va mas`uliyatlarini o’rgatish zarur.
Madaniyatdan begonalashuvni bartaraf etish uchun madaniy merosga munosabatni takomillashtirib borish, jamiyatning har bir a`zosi ma`naviy qadriyatlardan yaxshi xabardor bo’lish va madaniy qurilishga etarli mablag’ ajratilishini ta`minlash zarur.
Ijtimoiy begonalashuvni bartaraf qilish uchun insonlarning bir-birlari bilan munosabatlari, muammolarini haqiqiy birdamlik va hamkorlik asosida qurish kerakki, shunda har bir inson o’zini boshqalar uchun ham kerak ekanligini chin yurakdan his eta olsin.
Ruhiy begonalashuvni bartaraf etish choralari sotsial begonalashuvni bartaraf etishning uzviy davomidir. Inson o’zining kimgadir kerakligini ruhan his qila olsagina hech qachon tushkunlikka tushmaydi. YAkkalanish, iztirobga tushish xavfidan xolos bo’ladi, oqibatda, uning o’z-o’zidan, o’z mohiyatidan begonalashuviga hech qanday sabab qolmaydi.
Biz qurayotgan bugungi yangi jamiyat o’z oldiga bu begonalashuv jarayonlarini tezroq bartaraf etib, haqiqiy rivojlanishga, erkinlikka, erishish maqsadida hozirgi qiyinchiliklarni sobitqadamlik bilan engishga harakat qilmoqda. Endilikda bu harakatlarning natijalari albatta yuzaga chiqadi, deb umid qilishga hamma asoslar mavjuddir. Shu boisdan ham Prezidentimiz Islom Karimov Oliy Majlisning II chaqiriq I-sessiyasida ta`kidlaganidek, «Ijtimoiy hayotimizning barcha sohalarini demokratlashtirish jarayonini yanada chuqurlashtirish, yangi ma`no-mazmun bilan boyitish, uning izchilligi va samarasini ta`minlash – mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy islohotlarning mazkur bosqichida oldimizda turgan eng dolzarb vazifadir» (T.8, 332-bet).

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   279




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin