Sotsiologiyaa



Yüklə 4,54 Mb.
səhifə173/279
tarix24.12.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#192352
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   279
SOTSIOLOGIYA

Madaniy sohadagi begonalashuv ham anchagina chuqur salbiy oqibatlarga olib keladigan ma`naviy tanazzulni keltirib chiqardi. Jamiyatda sog’lom muhitni yaratishda ma`naviyat va madaniyatning o’rni o’zgacha. Chunki ular individlarning barkamol bo’lib shakllanishlariga katta ta`sir ko’rsatadilar. Agar jamiyat a`zolari o’z ma`naviyatlari, boy madaniy meroslaridan uzoqlashib ketib, undan begonalashsalar, ular endi o’zlarining kelib chiqishlaridan tortib, to o’z millatlarining milliy urf-odatlari, an`analarini ham inkor qila boshlaydilar. Agarda yaqin o’tmishimizga, uning tarixiga murojaat etsak, ushbu satrlarimizning yaqqol isbotini ko’ramiz. Masalan, boy madaniy merosimizdan begonalashuvimiz bizlarni atoqli adib Chingiz Aytmatovning ta`biricha, manqurtlarga aylantiray dedi. Shuning natijasida biz o’z xalqimiz tarixi, milliy- ozodlik harakatlari va ularning sarkardalari, dinimiz va o’zligimizdan uzoqlashib qoldik. Davlatimiz mustaqillikka erishib, madaniy begonalashuvni bartaraf etishni boshladik. Sotsiologiyadagi muhim begonalashuv hisoblangan sotsial begonalashish insonlarni muloqotdan, bir-birlaridan uzoqlashishlari natijasida yuzaga keladi. Inson o’z mohiyatiga ko’ra ijtimoiy xususiyatga egadir. O’zaro faoliyat tufayli paydo bo’lgan ehtiyojlar asosida doim insonlar bir-birlari bilan munosabatlarda muloqotlarda bo’ladilar. Muloqotning ijtimoiy ma`nosi shundaki, u madaniyat shakllari va ijtimoiy tajribalarni uzatish vositasi bo’lib xizmat qiladi. Lekin iqtisodiy tanazzul ko’pgina insonlarni qiyin iqtisodiy ahvolga solib qo’yadi. Natijada jamiyat a`zolarining aksariyatida bozor iqtisodi munosabalariga ko’nikish qiyin kechadi. Oqibatda inflyatsiya jarayonlari tufayli ehtiyojlar tizimining cheklanishi va normallashtirish holatlari insonlarda agressivlik kayfiyati, johillashish, fuqarolarda an`ana va urf-odatlar, ma`naviy qadryatlarni yo’qotishga olib keladi. Shu kabi salbiy omillar insonlarning bir-birlaridan begonalashuvlarini kuchaytiradi va hamma o’z holicha degan norasmiy qonun paydo bo’ladi.
Ruhiy begonalashuv – bu insonning o’z mohiyatidan uzoqlashishidir. Ushbu muammoni nemis mutaffakiri Erix Fromm juda yaxshi ishlab chiqqan. Uning fikricha, insonning mohiyatan o’z-o’zidan begonalashuvining har bir darajasiga ma`lum bir sotsial xarakter - dunyoparastlik, ekspluatatorlik, retseptiv (andozalik, qolip), bozorga oidlik xosdir.63
Zamonaviy jamiyatni E.Fromm inson mohiyatini «mashinalashtirish», «komp`yuterlashtirish» va «robotlashtirish» jarayonlari yordamidagi begonalashuv darajasining bir mahsuli deb ta`riflaydi. Bu jarayonda bozorga yo’naltirilgan sotsial harakat paydo bo’lib, unda iste`molga intilish, ikkilanishlar hissiyoti, yakkalanib qolishlik va boshqa salbiy holat, hissiyotlar markaziy ahamiyat kasb etadi.
Xuddi shu erda psixologik va sotsial begonalashishning bir-biri bilan juda uyg’unlashib ketishini ko’rish mumkin. Insonlar bir-birlaridan o’zaro munosabatda, muloqotda begonalashsalar, o’z-o’zlaridan begonalashish ham yuz beradi, chunki insonlarning bir-birlaridan o’zaro begonalashuvlari oqibatida ularda yakkalanish, zerikish va hayotga qiziqishlari so’nishi vujudga kelishi mumkin. Buning natijasida, insonning o’z kelajagiga, orzu-niyatlariga ishonchi yo’qolib, u o’zini begona deb hisoblaydi va bu jarayon ko’pincha salbiy oqibatlarga olib keladi.



Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   279




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin