Jamiyatning sotsial tarkibiga ta`sir o’tkazuvchi eng muhim ko’rsatkichlari -Daromadlar taqsimlanishidagi o’zgarishlar
-Iqtisodiy maqom va professonal-ta`lim saviyasi bilan bog’liq sotsial qatlamlarning jamiyat qatlamlashuv jarayonida joylashish tarkibining o’zgarishi.
Sotsial qatlamlashuvning quyi va yuqori qatlamlarida sotsial harakatchanlik miqyoslarining o’zgarishi.
- O’tish davrining dastlabki boskichida sodir bo’layotgan o’zgarishlardan yutib chiqqanlarga nisbatan mag’lub bo’lganlar ko’proq bo’lib chiqadi. Shuning uchun jamiyatning sotsial tabaqalashuvida sodir bo’luvchi moyillarni tushunish davlatning to’g’ri ijtimoiy siyosatni ishlab-chiqishining zaruriy shartidir62.
«O’zbekistonda, – deb ta`kidlaydi Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov, – uning eri, tabiatiga, bu erda yashayotgan xalqlarga muhabbat, o’lkaning tarixi, madaniyati, an`analarini teran bilib olishga intilish respublikaning qudrati va yutuqlaridan faxrlanish. Xalqimiz qismatiga tushgan qiyinchiliklar uchun qayg’urish ko’p millatli o’zbek jamiyatining muhim jipslashtiruvchi asosi hisoblanadi».
Respublikamiz jamiyatining sotsial tarkibi nazariyasi hozircha ishlab chiqilgani yo’q. Mustaqil O’zbekiston jamitining ertangi kun ijtimoiy-iqtisodiy tuzumiga bugun asos solindi desak adashmaymiz. Shuning uchun jamiyat ijitmoiy tarkibini o’rganish real hayotimizni, kundalik turmushni yanada to’laroq bilishga xizmat qiladi.
Xulosa qilib aytganda, jamiyat sotsial tarkibini sotsiologiya Fani doirasida o’rganish uning rivojlanish istiqbollarini, o’ziga xos xususiyatlarini, mavjud ijtimoiy muammolarini tadqiq etishda va zarur ilmiy-amaliy tadbirlar ishlab chiqishda muhim ahamiyatga egadir.
III. Begonalashuv va tanazzul, uning ijtimoiy oqibatlari
Hozirgi jamiyat hayotida quyidagi begonalashuv turlarini ajratib ko’rsatish mumkin:
1. Iqtisodiy. 2. Siyosiy. 3. Madaniy. 4. Ijtimoiy. 5. Ruhiy. Bu begonalashuv turlari o’zlarining ma`lum bir shakllariga egadirlar. Masalan, iqtisodiy begonalashuv uchta shaklga ega: