Sotsiologiyaa


II. Аmаliy sоtsiоlоgik tаdqiqоt ish jаrаyoni qismi: Ish tartibi (protsedura) bo‘limi



Yüklə 4,54 Mb.
səhifə192/279
tarix24.12.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#192352
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   279
SOTSIOLOGIYA

II. Аmаliy sоtsiоlоgik tаdqiqоt ish jаrаyoni qismi: Ish tartibi (protsedura) bo‘limi

2.1. Tаdqiqоtning umumiy rеjаsi.


2.2. Аsоsiy аmаliy ish jаrаyonlаri. Tadqiqot to‘plash metodi va texnikasini tanlash.
2.3. Tаnlоv ishlаri. Tanlangan metodlarni tuzish va asoslash.
2.4. Dаstlаbki оlingаn sоtsiоlоgik mа’lumоtlаrni tаhlil qilish usullаrining tаsnifi. Olingan bilimlarni analiz qilish metodlarini aniqlash
2.5.Olingan bilimlarni gipotenuza bo‘yicha analiz usullarini belgilash.
2.6. Tаdqiqоt nаtijаlаrini umumlаshtirish nаzаrdа tutilgаn yo`nаlishlаr. Xulosalarni belgilash, yangi tushunchalar, faktlar, nazariyalar, tendensiyalarni ifodalash
III. Хulоsа qismi:
Tаdqiqоt nаtijаlаrini mаzmunаn tаsnifi.
Buyurtmаchigа tаdqiqоt nаtijаlаrini tаqdim qilish shаkllаri /аsоsiy хulоsаlаrdаn ibоrаt hisоbоt, аmаliy tаkliflаr, tаvsiyalаr vа tаdbirlаrdаn ibоrаt/.
Tadqiqotning maqsad va vazifasi. Dasturning ushbu qismida sotsiologik tadqiqot buyurtmachi va bajaruvchilar o’rtasidagi munosabat o’zaro kelishib olinadi. Tadqiqot uchun sarf qilinadigan xarajatlar: moliyaviy mehnat resurslari hisoblab chiqiladi.
Tadqiqot maqsadi:
Muammo qo‘yilgandan so‘ng tadqiqot maqsad va vazifalarni aniqlab olish lozim.Maqsad-bu ongda oldindan payqalgan tadqiqot natijasidir.U muammoni o‘rganish darajasi, ijtimoiy buyurtma, tadqiqot manfaatlariga bog‘liq bo‘ladi. Ob'ekt rivojlanishining turlari, o‘zgaruvchanligi va tendensiyalari empirik tadqiqotni umumiy maqsadi hisoblanadi.Bu faktlar turli maqsadlarda qo‘llanilishi mumkin:
a) nazariya tarkib topishi va rivojlanishi uchun nazariy xulosalar olishga, masalan, nizoning turlarini o‘rganish nizo nazariyasini rivojlanishiga olib keladi;
b) turli sohalarni o‘rganish metodlarining effektivligi va uni bilish imkoniyati haqidagi xulosalarni olishda, masalan, kontent-analiz, so‘roq imkoniyatlari;
v) ishlab chiqarish, huquqi, siyosiy yoki madaniy faoliyatini rivojlantirish uchun amaliy maslahatlar ishlab chiqish uchun olinadigan xulosalar;
g) kam o‘rganilgan soha bo‘yicha informatsiya to‘plash uchun.
Bundan tashqari boshqa maqsadlar qo‘yilishi ham mumkin. Demak, empirik sotsiologik tadqiqot maqsadi nazariy, metodtk, amaliy, informatsion bo‘lishi mumkin. Maqsad tadqiqot jarayonini tashkil qiladi va e'tiborni qaratishga yordam beradi.
Maqsadni ifodalash muammoga va ijtimoiy manfaatlarga bog‘liq.Tadqiqotda turli xil maqsadlar ko‘zlangan bo‘lsada, ammo bir markaziy maqsad bo‘lishi shart.
Masalan, talabalarni dinga munosabati muammosi tadqiqot qilinganda maqsad quyidagicha ifodalangan: ongning qadriyatlari tuzilmasida dinning o‘rni va studentlar tuzilmasida dinning o‘rni va studentlar xulq-atvorida uning ahamiyatini aniqlash.

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   279




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin