Sotsiologiyaa



Yüklə 4,54 Mb.
səhifə189/279
tarix24.12.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#192352
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   279
SOTSIOLOGIYA

Nazorat savollari:
Sotsial taraqqiyotning turlari va ko`rinishlarini aytib bеring.
Sotsial harakatchanlikning qanday shakllari mavjud?
Sotsial o`sish holatlari qanday omillarga bog`liq bo`ladi?
O`zbеkistonning sotsial o`sish holatlarini nimalarda ifodalash mumkin?
Ma'naviy o`sishning manbalarini izohlang.
IX- Mаvzu. Empirik sоtsiоlоgik tаdqiqоt va uning metodlari
1.Empirik sotsiologik tadqiqot,Sotsiologik tadqiqot dasturi va uning tarkibiy tuzilishi
3. Sоtsiоlоgik mа’lumоtlаrni yig`ish metodlari
4. Sоtsiоlоgik mа’lumоtlаrni umumlаshtirish

IX.I. Empirik sotsiologik tadqiqotning mazmun – mohiyati
Sotsiologiya fanini empirik sotsiologik tadqiqot jarayonisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Empirik so’zi qadimiy yunoncha bo’lib, tajriba ma`nosini anglatadi. Empirik sotsiologik tadqiqot deganda, yangi dastur va uslubiyat bilan amaliy asosda ijtimoiy hayot hodisa va jarayonlar to’g’risida olingan empirik ma`lumotlarni tahlil qilish, umumlashtirish asosida zarur amaliy takliflar, tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Empirik sotsiologik tadqiqotda ijtimoiy faktlarni izlash, tasnif qilish, to’plash muhim ahamiyatga ega. Ijtimoiy fakt deganda, ilmiy asoslangan, muayyan vaqt davomida real ijtimoiy voqelikning alohida jihatlarini tasnif qilish orqali olingan ma`lumotlarga aytiladi.
Hozirgi bozor munosabatlariga o’tish jarayonida jamiyatda ro’y berayotgan muhim o’zgarishlarni, kishilar o’rtasidagi munosabatlarni amaliy sotsiologik tadqiqotlarsiz ilmiy asosda o’rganib bo’lmaydi. Jamiyatni ilmiy boshqarish doimo amaliy sotsiologik tadqiqot natijalariga tayanmog’i zarur. Mavjud ijtimoiy muammolarni hal etib borishda, jamiyatning ijtimoiy rivojlanishida va unga rejali prognoz berish bilan uni ilmiy asosda boshqarishda amaliy sotsiologik tadqiqot natijalari muhim vazifalarni bajaradi. Sotsiologik tadqiqotlarning sifat darajasini va samaradorligini oshirish uchun empirik ma`lumotlarning ishonchli ekanligini, ilmiy asoslanganligini ta`minlash uchun uning metodologik asosiga alohida e`tibor qaratilmog’i lozim. Ushbu bo’limda amaliy sotsiologik tadqiqot ishlari olib borishning metodologiyasi, uslubiyati, asosiy usul va vositalari xususida to’xtalib o’tamiz.

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   279




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin