Sotsiologiyaa


IX.III. Sоtsiоlоgik mа’lumоtlаrni yig`ish usullаri. Empirik (aniq) tadqiqot usullari



Yüklə 4,54 Mb.
səhifə197/279
tarix24.12.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#192352
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   279
SOTSIOLOGIYA

IX.III. Sоtsiоlоgik mа’lumоtlаrni yig`ish usullаri. Empirik (aniq) tadqiqot usullari:(kuzаtish, so`rоv, hujjаtlаrni o`rgаnish, ekmpеrimеnt).

Ilmiy bilishning metodlarini falsafa va sotsiologiyada 3 turga bo’lib o’rganiladi:


1. Ilmiy bilishning eng umumiy-ilmiy metodi (ongli amaliy va nazariy faoliyat).
2. Ilmiy bilishning empirik darajasiga oid umumiy ilmiy metodlar.
3. Ilmiy bilishning nazariy darajasiga oid umumiy ilmiy metodlar.
Dastur tarkibi uslubiy qismining muhim jihati – empirik tadqiqot uslubiyati, texnika jarayoni va usullarini asoslashdan iborat. Sotsiologik tadqiqot uslubiyati – xususiy sotsiologik usullar majmui bo’lib, undan empirik materiallarni to’plash va tizimlashtirish maqsadida foydalaniladi. Metod tushunchasi keng ma`noda bilimlar tizimini yuzaga keltirish va asoslash uchun vositachi demakdir. Sotsiologiyaning usul sifatidagi umumsotsiologik pirintsiplari: ijtimoiy voqealikdagi jarayonlar, hodisalarni bilishdagi xususiy printsiplar va konkret usullar – matematik-statistik usullar, sotsiologik axborotni yig’ish usullari: kuzatish, so’roq, eksperiment va boshqalardan iboratdir. Sotsiologik tadqiqot texnikasi – maxsus usullarning birligini anglatib, u yoki bu usuldan unumli va o’z o’rnida foydalanishni ifoda qiladi.Sotsiologik tadqiqot jarayoni tadqiqotni tashkil etish usuli, vositasi, barcha bilish va tashkiliy faoliyatning batartib borish jarayonini anglatadi.Amaliy sotsiologik tadqiqot olib borish jarayonida konkret tadqiqot usullarining ahamiyati ham katta. Ular yordamida dastlabki empirik ma`lumotlar yig’ib boriladi. Quyida shular xususida to’xtalib o’tamiz.
а) Sotsiologik tadqiqotlarda kuzatish usullari:
Sоtsiоlоgik tаdqiqоtlаrdа kuzаtish – dаstlаbki empirik mа’lumоtlаrni yig`ish usuli bo`lib, muаyyan mаqsаdgа qаrаtilgаn, оldindаn puхtа o`ylаb, muntаzаm оlib bоrilаdigаn, hissiy qаbulgа аsоslаngаn bo`lаdi. Bu usuldаn fоydаlаnishning o`zigа хоs аfzаlligi shundаki, tаdqiqоtchi muаyyan dаrаjаdа tаdqiqоt оlib bоrilаyotgаn оb’еktidаn mustаqil bo`lаdi vа ungа bo`ysunmаydi. Kuzаtish usulidаn оlinаdigаn ilmiy mа’lumоtlаr оb’еktiv, хоlis vа hаyotiy bo`lishi bilаn o`zining ilmiy qimmаtigа egаdir. Shu bilаn birgа, kuzаtish usulidаn оlingаn ilmiy mа’lumоtlаrdа sub’еktiv jihаtlаr hаm bo`lishi mumkin. Chunki, sоtsiоlоgik tаdqiqоt tаdqiqоtchining ijtimоiy vоqеlikkа, jаrаyonigа nisbаtаn qаndаy munоsаbаtdа bo`lishi vа qаy yo`sindа tаvsiflаshi аsоsidа bоrаdi. Kuzatish usulining yana bir o’ziga xos jihati: uning muayyan darajada chegaralanganligi bo’lib, ko’pincha tadqiq etilayotgan voqelikni qayta kuzatish imkoniyati bo’lmasligidadir. Bu usulning yana bir zaif jihati shundan iboratki, kuzatish orqali tadqiqotchini savolga qiziqtirish, kuzatiluvchining fikr va hukmini bilish juda qiyin. Barcha hollarda kuzatish hozircha so’z bilan ifodalanadi. Ammo ba`zi xulqiy-ehtirosli munosabatlarni, holatlarni bir tarzda yozish va so’z orqali ifodalash qiyin bo’ladi.Sotsiologik tadqiqotlarda kuzatish usuli o’rganilayotgan ob`ektga nisbatan chetdan yoki ichkaridan qo’llanilishi mumkin. Tadqiq etilayotgan ob`ekt chetdan kuzatilganda tadqiqotchi ob`ektga nisbatan mustaqil bo’ladi va unga bo’ysunmaydi. Ichkaridan kuzatishda tadqiqotchi kuzatayotgan ob`ektga ro’y berayotgan ijtimoiy jarayonlarda bevosita ishtirok etadi va bo’ysunadi.

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   279




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin