Umuman, pedagog, psixolog va tadqiqot ishi bilan shug’ullanayotgan shaxslar kuzatishning quyidagi shakllaridan foydalanadilar: Kuzatish shakllari: 1) Bevosita kuzatish.
2) Bilvosita kuzatish.
3) Universal kuzatish.
4) O’z-o’zini kuzatish.
5) Ochiq-oydin kuzatish.
6) Uzluksiz kuzatish.
7) Diskret (ahayon-ahayon, alohida) kuzatish.
8) Monografik kuzatish (yozish kerak).
9) Tor ixtisosli kuzatish.
10) Izlanish-qidiruv kuzatish.
11) Shartli ravishda kuzatish.
12) Maxsus kuzatish.
13) Nazoratli va nazoratsiz kuzatish.
14) To’la qamrovli va qamramaydigan kuzatish.
15) Dala va laboratoriya sharoitida kuzatish.
16) Muntazam va tasodifiy kuzatish va boshqa shakl, turlari bor.
Sotsiologik tadqiqotlarda so`rov usullari: So’rov – sotsiologik ma`lumotlarni yig’ish usullaridan biri. Bu usul sotsiologik, psixologik, demografik va boshqa tadqiqotlarda qo’llaniladigan birlamchi verbal (og’zaki) axborot yig’ish usuli deb ham yuritiladi.70 Bu usul XVIII asrda ishlab chiqilgan va eng ko’p qo’llaniladigan usullardan biri. So’rov usuli yordamida boshqa hujjat manbalarida uchramaydigan, tadqiqot usuli yordamida olish qiyin bo’lmagan ma`lumot, axborotlar olish mumkin.
O’tish davrida bozor munosabatlarini shakllantirish demokratik, huquqiy davlat, fuqarolik jamiyat barpo etish yo’lidan borayotgan O’zbekiston uchun ijtimoiy tadqiqotlar o’tkazishda bu usulning ahamiyati yanada ortib borishini tabiiy holat sifatida baholamoq kerak.
Sоtsiоlоgik mа’lumоtlаrni yig`ish usullаridаn biri so`rоv usulidir. So`rоv usuli yordаmidа bоshqа hujjаtli mаnbаlаrdа uchrаmаydigаn vа bоshqа sоtsiоlоgik tаdqiqоt usullаri yordаmidа оlish mumkin bo`lmаgаn mа’lumоtlаr, ахbоrоtlаrni оlish mumkin. Shuning uchun, kishilаr, ijtimоiy hаyot jаrаyonlаrigа bo`lgаn munоsаbаtini, fikrini sоtsiоlоgik jihаtdаn o`rgаnishdа so`rоv usulining аhаmiyati bеqiyos kаttаdir. Аyniqsа, hоzirdа, jаmiyatimizning bоzоr munоsаbаtlаrigа o`tib bоrish jаrаyonidа, ijtimоiy kоmmunikаtsiyaning rоli оrtib bоrishi bilаn so`rоv ususlining sоtsiоlоgik tаdqiqоtlаr оlib bоrishdаgi o`rni vа аhаmiyat yanаdа оrtmоqdа.