Sotsiologiyaa


T.Parsons quyidagi podsistemalarni ajratadi



Yüklə 4,54 Mb.
səhifə196/279
tarix24.12.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#192352
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   279
SOTSIOLOGIYA

T.Parsons quyidagi podsistemalarni ajratadi: shaxs-guruh, madaniyat, jamiyat va funksiyalar; adaptatsiya, sotsiologizatsiya, maqsadga erishish, latentlik. Bu sxema har qanday muammoni o‘rganishda ishlatilishi mumkin.
Talabalar dindorlngini o‘rganilayotganda bu funksiyalarni tadqiq qilinayotgan shart-sharoitlarda talabalarni ijtimoiy-madaniy hayotlariga bog‘liq holda aniqlash mumkin. Sistemali tahlil natijasida nafaqat ob'ektdagi omillar mavjudlik mexanizmi, balki institutsional, oilaviy-maishiy shaxsiy tuzilmalar ham aniqlanadi. Sistemali tahlil tadqiqot predmetini umumiy obrazini ishlash xususiyatlarini, jarayonning empirik ko‘rsatkichlarini yaratish kerak. Ob'ektni sistemali tahlili asosida gipoteza shakllanadi.
Dasturda aniq ko`rsatilishi zarur:
1) Empirik tadqiqot ob`ekti. 2) Sotsiologik tadqiqot ob`ektini to’laligicha qamraydimi yoki uning ayrim jihatlarini tanlab oladimi. 3) Tanlov asosida olib boriladigan sotsiologik tadqiqot asosi (ro’yxat tuzish, kartoteka, sotsiologik xarita kabilar).
Sotsiologik tadqiqot farazi:
Mavjud muammo bo’yicha ilmiy faraz ishlab chiqish empirik sotsiologik tadqiqotni nazariy jihatdan tayyorlashninig yakunlovchi qismi hisoblanadi. Tadqiqot farazi o’rganilayotgan ijtimoiy hodisa tarkibi va uning tarkibiy qismlari o’rtasidagi o’zaro aloqadorlik xarakteri to’g’risidagi ilmiy asoslangan farazdan iborat bo’ladi. Ilmiy faraz tadqiq etilayotgan ob`ekt to’g’risidagi mavjud ma`lumotlarga asoslangan holda ishlab chiqiladi. Faraz, bu tadqiqot uchun boshlang’ich nuqta bo’lib, keyingi olib boriladigan amaliy sotsiologik tadqiqotlarda ilgari suriladigan farazga bog’liq bo’ladi. SHuni ta`kidlash lozimki, farazni ishlab chiqish–empirik ma`lumotlarni to’plash va tahlil qilishdagi mantiqiy asosni ishlab chiqish demakdir. Agar tadqiqotchi tomonidan ilmiy faraz ishlab chiqilgan bo’lsa, empirik ma`lumotlar va tadqiqot natijalari shu ishchi farazi to’g’ri ekanligini tekshirishga, uni tasdiqlashga yoki bekor qilishga xizmat qiladi. Empirik tadqiqot farazi bo’lmasa, unda sotsiologik tadqiqotning ilmiy darajasi past bo’ladi.

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   279




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin