4 – vaziyat: Billur guldon bilan tosh to’qnashsa, toshga balo ham urmaydi, guldon sinadi. Negaki guldon bag’rida gul bor. Yaxshi bilan yomon to’qnashsa, yomonga baloyam urmaydi, yaxshining dili vayron bo’ladi. Negaki yaxshining qalbida ezgulik bor.
5 – vaziyat: Yomonlikka yaxshilik bilan javob bersang bir xissa savob olasan. Yaxshilikka yomonlik bilan javob bersang, o’n xisa gunohga botasan. Negaki, bu dunyoda yomonlikka yaxshilk qiladiganlardan ko’ra yaxshilikka yomonlik qiladiganlar o’n xissa ko’p.
6 – vaziyat: Bir kuni bir yaxshi kishi ko’chadan o’tib borg’onida bir necha hayosiz kishilar orqasidan yamon so’zlar ila so’kib qoldilar. Bu kishi alarning so’zini(ng) eshitib, qo’lini ko’tarib: «Yo Rab, bu nodonlarg’a o’zing aql bergil va to’g’ri yo’lg’a solg’il!»-deb duo qildi. Bu xoldan habardor bir kishi so’radiki, «Nima uchun siz ul kishilarning haqqig’a yaxshi duo qildingiz?»-deb. Ul kishi :»Ey birodar, har kim o’zida borini berur. Menda yaxshilik bor edi, shuni berdim, onlarda yamonlig’ bor ekan, oni berdilar. O’zingda yo’q narsani qaydan olib berursan, har kim qilganicha topar, yamonning yamonlig’i o’z boshiga yetar»,-deb javob berdi.
7 – vaziyat: Yaxshi hamsuhbat huddi mushku anbar olib yurgan kishiga o’xshaydi. Birga bo’lsang, mushkidan beradi yoki o’zing undan sotib olasan, hyech bo’lmaganda esa, uning xush bo’yidan bahramand bo’lasan. Yomon hamsuhbat esa, huddi temirchining bosqoniga o’hshaydi: yo kiyimingni kuydiradi, yoki uning badbo’y hidi senga ham urib qoladi». Do’st tanlashdagi islom ta’limotlari mana shulardan iborat. Ular doimo bizni yaxshilikka yetaklaydi va yomonlikdan saqlaydi.
8 – vaziyat: Shirinso’zlik va muloyimlikning shartlaridan biri ovozni pastlatib, mayin gapirishdir. Shuning uchun Alloh ovozni pastroq qilib gapirishga chaqirib, qattiq, baqirib gapirishni huddi eshshakning hangrashiga o’hshatadi: «So’zlaganda ovozingni pastroq tushirgin, zero eng yomon ovoz – eshshakning ovozidir» (Luqmon surasi, 39 oyat).
“Evristika” texnikasi vazifalari 1-vazifa: