9.1 Oliy ta’lim muassasasiga:
-ushbu standartda nazarda tutilgan minimal mazmunni ta’minlagan holda talabaning haftalik maksimal yuklamasini oshirmasdan o’quv materialini o’zlashtirishga ajratilgan soatlar hajmini o’quv fanlari bloklari uchun 5% oralig’ida, blokga kiruvchi o’quv fanlari uchun 10% oralig’ida o’zgartirish;
- umumkasbiy fanlar blokiga mos ravishda gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy, matematik va tabiiy-ilmiy o’quv fanlarining alohida bo’limlarini chuqurlashtirib o’qitishni belgilash;
- o’quv fanlari mazmuniga, texnika va texnologiyalarning yutuqlarini hisobga olgan holda o’zgartirishlar kiritish huquqi beriladi;
- bitiruv malakaviy ish mavzusini belgilash oliy ta’lim muassasasi rektori tomonidan rasmiylashtiriladi.
9.2 Kurs ishlari muayyan o’quv faoliyatning bir turi sifatida ko’riladi va ushbu o’quv fanini o’zlashtirish uchun ajratilgan soatlar chegarasida bajariladi.
9.3 Davlat ta’lim standartini bilish professor-o’qituvchilar tarkibini tanlov asosida saralash shartlaridan biri hisoblanadi.
10 Davlat ta’lim standartining amal qilish muddati
10.1 Davlat ta’lim standarti o’rnatilgan tartibda tasdiqlanib, “O’zstandart” agentligida davlat ro’yxatidan o’tgandan keyin amal qilish muddati – 5 yil.
10.2 Davlat boshqaruvining vakolatli ogranlari tomonidan davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish, takomillashtirish va joriy etish to’g’risida yangi tartib-qoidalar qabul qilinsa DTSlarning amal qilish muddati o’zgarishi mumkin.
1.1.2. O‘QUV REJASI
1.1.3. O‘QUV DASTURI
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI SOTSIOLOGIYA FANIDAN NAMUNAVIY DASTUR (bakalavr yo’nalishi uchun) Toshkent – 2011 Mazkur namunaviy dastur Oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o’quv-metodik birlashmalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengashning 2011 yil 9 sentyabrdagi 3-son majlis bayoni bilan tajribaviy dastur sifatida ma’qullangan.
Ushbu dastur “Sotsiologiya” fanidan bakalavrning tayyorgarlik darajasi va zaruriy bilimlari mazmuniga qo’yiladigan talablar asosida tayyorlangan.
Tajribaviy dasturni kelgusida to’ldirilgan va boyitilgan holda chop etish zaruratini hisobga olib, fikr-mulohazalaringizni quyidagi manzilga yuborishingizni so’raymiz: