Sotsiologiyaa


Fanining boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi



Yüklə 4,54 Mb.
səhifə34/279
tarix24.12.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#192352
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   279
SOTSIOLOGIYA

Fanining boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi
Sotsiologiya fani ijtimoiy hayot muammolari va ijtimoiy taraqqiyot jarayonining turli omillarini kompleks tarzda o’rganuvchi fan hisoblanib, u tarix, huquqshunoslik, falsafa, madaniyatshunoslik, dinshunoslik, psixologiya, siyosatshunoslik, etnografiya, iqtisod nazariyasi, matematika, statistika kabi fanlar bilan yaqin hamkorlikda faoliyat yuritadi.
Fanning ishlab chiqarishdagi o’rni
Sotsiologiya mustaqil ijtimoiy fan sifatida o’z metodologiyasi va nazariyasiga egadir. Sotsiologiya fani jamiyat hayotidagi ijtimoiy muammolarni o’zining empirik bazasiga ega bo’lgan konkret amaliy tadqiqotlari bilan kompleks tarzda tadqiq etadi. Jumladan, ijtimoiy mehnat va uning samaradorligini oshirish, marketing tadqiqotlarini faol olib boradi.
Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
Talabalarning sotsiologiya fanini o’zlashtirishlari uchun o’qitishning ilg’or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informasion-pedagogik texnologiyalarni tadbiq etish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o’zlashtirishda darslik, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallardan foydalaniladi. Ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar fanning mavzulariga mos ravishda ilg’or pedagogik texnologiyalari asosida olib boriladi.
Asosiy qism
Sotsiologiya fan sifatida
Sotsiologiya fanining vujudga kelishida ijtimoiy-iqtisodiy, g’oyaviy-nazariy shart-sharoitlar. O.Kont - pozitiv Sotsiologiyaning asoschisi, uning Sotsiologiyani mustaqil fan sifatida yaratishdagi dastlabki rejalari. Antik davrning qomusiy olimlari va Sharq mutafakkirlarining ijtimoiy-falsafiy ta’limotlari (Platon, Aristotel, Forobiy, Ibn Haldun va boshqalar) zamonaviy Sotsiologiyaning muhim manbalari sifatida. G’arb Sotsiologiyasi klassiklarining ishlarida Sotsiologiyaning obyekti va predmeti muammosi. Sotsiologiyaning turli yo’nalishlarida fanning obyekti va predmeti muammosini yechish yo’lidagi g’oyaviy-nazariy izlanishlar.
Sotsiologiyaning boshqa fanlar bilan munosabati. Sotsiologiya va falsafa. Sotsiologiya va tarix. Sotsiologiya va psixologiya, demografiya, genetika, sotsial geografiya. Sotsiologiya va tabiiy ham da aniq fanlar. Sotsiologiyaning fanlar tizimidagi tutgan o’ziga xos o’rni.



Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   279




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin