Sotsiologiya strukturasi Fanda struktura tushunchasi va uning ahamiyati. Sotsiologiyaning strukturasi va uning asosiy tarkibiy qismlari. Sotsiologiya strukturasi elementlarining rivojlanish dinamikasi. Fundamental (asosiy) Sotsiologiya. Jamiyat hayotining fundamental muammolarini sosiologik tahlili. Nazariy va amaliy Sotsiologiya: ularning umumiyligi va farqi. Sotsiologiya tarixida universal nazariyalarni ishlab chiqishga bo’lgan intilishlar. Empirik Sotsiologiyaning bunyod bo’lishi va uni Sotsiologiya nazariyasi rivojiga ta’siri. Sotsiologiyada maxsus va tarmoq yo’nalishlar. MakroSotsiologiya va mikroSotsiologiya.
Jamiyat yaxlit tizim sifatida Jamiyat va ijtimoiylik tushunchasi. Sharq mutafakkirlarining jamiyat to’g’risidagi qarashlari. G’arb sotsiologiyasi asoschilarining ishlarida ijtimoiylikning ta’riflanishi. M. Veber konsepsiyasida totalitar jamiyat, uning belgilari va ijtimoiy-siyosiy tashkil etilish usullari. Jamiyat va davlat. Jamiyatning mexanistik, organistik va boshqa tarzlarda ta’riflanishi. T.Parsons nazariyasida jamiyat tushunchasi, uning to’rt funksiyali paradigmasi. Zamonaviy jamiyatning turlicha ta’riflari. An’anaviy jamiyat va Industrial jamiyat. Ularning belgilari. “Mo’l-ko’llik jamiyati”, “Ochiq jamiyat”, “Yopiq jamiyat”, “Iste’mol jamiyati”, “Postindustrial jamiyat” va boshqalar XX va XXI asr madaniy-tarixiy va siyosiy tizimlarni ta’riflash mezonlari sifatida.
Sotsial guruhlar va sotsial institutlar Sotsial guruh tushunchasi, uning asosiy belgilari. Sotsiologiyada sotsial guruhlarga ajratish mezonlarining xilma-xilligi sotsial guruh turlari: katta va kichik, rasmiy va norasmiy, birlamchi va ikkilamchi, inguruh va autguruh, referent guruhlar va boshqalar. G’arb Sotsiologiyasida kichik guruhlar nazariyasi: sosiometriya, guruh o’zgaruvchanligi, psixoterapevtik va boshqalar sotsial guruhlarning shakllanishi, ishlashi va taraqqiy etishi qonunlarini tushuntiruvchi nazariyalar sifatida. Kvaziguruhlar. Qon-qarindoshlikka asoslangan guruhlar: urug’, qabila, qarindoshlar, oila, elat, millat. Ommani sosiologik o’rganish. Sotsiologiyada sotsial institut tushunchasi. Sotsial institut belgilari. Sotsial institutning asosiy vazifalari. Sotsial institut turlari: oila, siyosat, din, iqtisod, ta’lim, huquq va boshqalar. Jamiyat hayotida sotsial institutlarning o’rni. Oila va nikoh. Iqtisodiy institutlar. Ularning ko’rinishlari va vazifalari. Iqtisodiy guruhlar va iqtisodiy xatti-harakat. Ishlab chiqarish, uning tarixiy shakllari va vazifalari. Ijtimoiy mehnat taqsimoti va kasb. Mehnat bozori, bandlik va ishsizlik. Davlat va jamiyatning siyosiy tizimi. O’zbekiston sharoitida demokratik bozor islohotlarini va iqtisodiyotni liberallashtirishni yanada chuqurlashtirish. O’zbekistonda huquqiy ongning o’ziga xosligi.
O’zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirish.
Din sosiomadaniy institut sifatida. Dinning funksiyalari. Zamonaviy jamiyatda dinning o’rni. Din bilan davlat o’rtasidagi o’zaro munosabat. Ta’lim sotsial institut sifatida. Uning taraqqiyoti va shakllari. Umumiy, o’rta-maxsus va oliy ta’lim. Oliy ta’lim va fan: tarkibi va ilmiy-pedagogik kadrlar. O’zbekiston oliy ta’lim tizimi va Yevropa hamda AQSh universitetlari: umumiylik va xususiylik. Ta’lim tizimidagi islohotlar.