Sotsiologiyaa


Sotsial institutlar va sotsial guruhlar sotsiologiyasi



Yüklə 4,54 Mb.
səhifə46/279
tarix24.12.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#192352
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   279
SOTSIOLOGIYA

3 Sotsial institutlar va sotsial guruhlar sotsiologiyasi
Sotsial guruh tushunchasi, uning asosiy belgilari. Sotsiologiyada sotsial guruhlarga ajratish mezonlarining xilma-xilligi sotsial guruh turlari: katta va kichik, rasmiy va norasmiy, birlamchi va ikkilamchi, inguruh va autguruh, referent guruhlar va boshqalar. G’arb Sotsiologiyasida kichik guruhlar nazariyasi: sosiometriya, guruh o’zgaruvchanligi, psixoterapevtik va boshqalar sotsial guruhlarning shakllanishi, ishlashi va taraqqiy etishi qonunlarini tushuntiruvchi nazariyalar sifatida. Kvaziguruhlar. Qon-qarindoshlikka asoslangan guruhlar: urug’, qabila, qarindoshlar, oila, elat, millat. Ommani sosiologik o’rganish.
Sotsiologiyada sotsial institut tushunchasi. Sotsial institut belgilari. Sotsial institutning asosiy vazifalari. Sotsial institut turlari: oila, siyosat, din, iqtisod, ta’lim, huquq va boshqalar. Jamiyat hayotida sotsial institutlarning o’rni. Oila va nikoh. Iqtisodiy institutlar. Ularning ko’rinishlari va vazifalari. Iqtisodiy guruhlar va iqtisodiy xatti-harakat. Ishlab chiqarish, uning tarixiy shakllari va vazifalari. Ijtimoiy mehnat taqsimoti va kasb. Mehnat bozori, bandlik va ishsizlik. Davlat va jamiyatning siyosiy tizimi. O’zbekiston sharoitida demokratik bozor islohotlarini va iqtisodiyotni liberallashtirishni yanada chuqurlashtirish. O’zbekistonda huquqiy ongning o’ziga xosligi.
O’zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirish.
Din sosiomadaniy institut sifatida. Dinning funksiyalari. Zamonaviy jamiyatda dinning o’rni. Din bilan davlat o’rtasidagi o’zaro munosabat. Ta’lim sotsial institut sifatida. Uning taraqqiyoti va shakllari. Umumiy, o’rta-maxsus va oliy ta’lim. Oliy ta’lim va fan: tarkibi va ilmiy-pedagogik kadrlar. O’zbekiston oliy ta’lim tizimi va Yevropa hamda AQSh universitetlari: umumiylik va xususiylik. Ta’lim tizimidagi islohotlar.


4 Jamiyat sotsial strukturasi va stratifikatsion jarayonlar

Sotsial struktura tushunchasi. Kishilik jamiyati tarixida sotsial struktura muammosining talqini. Sotsial struktura to’g’risidagi antik davr mutafakkirlarining ta’limotlari. P. Sorokinning sotsial stratifikasiya t hgrisidagi nazariyasi. Stratifikasiya asoslari va mezonlari: iqtisodiy olat, mavqye, ta’lim va hokimiyat. Stratifikasiya va sotsial differensiya. Stratifikasion tizimlar: qullik, kasta, klan va sinf. Ochiq va yopiq tizimlar.


Sotsial stratifikasiya va sotsial harakatchanlik (mobillik) nazariyasi sinfiylik ta’limotiga qarshi g’oya sifatida. Jamiyat sotsial strukturasi rivojining zamonaviy tendensiyalari. Bozor munosabatlari sharoitida sotsial strukturaning o’zgarishi. O’zbekistonda sotsial stratifikasiya va sotsial mobillik jarayoni.
Sotsial harakatchanlik (mobillik) to’g’risidagi Sotsiologiya klassiklari: M.Veber, E. Giddens, T. Parsons, P. Sorokin va boshqalarning qarashlari. Sotsial harakatchanlik belgilari. Sotsial harakatchanlik turlari: gorizontal va vertikal sotsial harakatchanlik. Guruhiy va individual harakatchanlik. Avlod ichidagi va avlodlar o’rtasidagi sotsial harakatchanlik. Strukturaviy sotsial harakatchanlik. Jamiyatda sotsial harakatchanlik yo’llari. Sotsial harakatchanlikning demografik omillari. Migrasiya va uning tarixiy shakllari. Emigrasiya va migrasiya. Mehnat va iqtisodiy migrasiya. Xorijiy ishchi kuchlar bozori. “Aqllar oqimi”.



Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   279




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin