Sotsiologiyaa


Guruhlar eng avvalo miqdor jihatdan katta va kichik guruhlarga bo‘linadi



Yüklə 4,54 Mb.
səhifə108/279
tarix24.12.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#192352
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   279
SOTSIOLOGIYA

Guruhlar eng avvalo miqdor jihatdan katta va kichik guruhlarga bo‘linadi. Sotsiologiya va sotsial psixologiya fanida katta sotsial guruhlar o‘zining aniq ta'rifiga ega emas. Umuman, katta sotsial guruh deganda, a'zolar soni ko‘p bo‘lgan kishilar guruhlari tushuniladi.
Katta sotsial guruhlarning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat;
1) a'zolar sonining ko‘pligi;
2) yagona xududning mavjud emasligi;
3) a'zolar o‘rtasidagi aloqalarni asosan ommaviy aloqa vositalari orqali o‘rnatilishi;
4) guruh strukturasining murakkabligi, aniqroq qilib aytganda, bu guruhlar ko‘p rasmiy va norasmiy, uyushgan va uyushmagan guruhlarni o‘z ichiga oladi.
Katta guruhlar 2 turga bo‘linadi.
1 Tasodifiy, stixiyali paydo bo‘ladigan va qisqa vaqt mavjud bo‘ladigan guruhlar. Bularga olomon, xaloyiq (publika), auditoriya va boshqalarni kiritish mumkin.
2. Tarixiy rivojlanish natijasida vujudga kelgan va jamiyat ijtimoiy munosabatlar sistemasida ma'lum o‘ringa ega bo‘lgan birliklar. Bu turdagi guruhlarga sotsial sinflar, turli etnik
guruhlar (elat, xalq, millat), kasbiy guruhlar, jinsiy va yoshga oid guruhlar (yoshlar, ayollar, keksalar) va boshqa guruhlarni kiritish mumkin.
Katta sotsial guruhlarda kichik guruhlarda yo‘q. bo‘lgan xatti-harakatni boshqarib turadigan o‘ziga xos kuch mavjud. Bu huquqlar, urf-odatlar va an'analardir.
Katta guruh bilan kichik guruh o‘rtasida o‘rta guruh ham bor. Ammo guruh muammosi bilan shug‘ullanayotgan sotsiologlar fikricha, o‘rta guruhlar, ularning strukturasi, aloqasi, unda bo‘ladigan xodisa va jarayonlar mohiyat jihatdan kattaroq guruhlarga xosdir. Kichik va katta guruhlar o‘rtasidagi farqni kichik guruhning yiriklashuvi va uning katta guruhga aylanish jarayonida ko‘rish mumkin. Masalan, bir yoki bir nechta taniqli kishilar atrofida birlashgan, 40—45 kishidan iborat partiya kichik guruhdir, chunki bu guruh vakillarining shaxsan bir-birlarini tanishlari (bilishlari) kichik guruhga xos bo‘lgan xususiyatni beradi.

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   279




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin