Sotsial institutlar bir – biridan o`zining funktsional sifatlari bilan farq qiladi:25 1) Iqtisodiy-ijtimoiy institutlar – mulk, ayirboshlash, pullar, banklar, turli tipdagi xo`jalik birlashmalari – iqtisodiy hayotni ijtimoiy hayotning boshqa sohalari bilan birlashtirgan holda ijtimoiy boylikni ishlab chiqarish va taqsimlashning butun yig`indisini ta'minlaydi.
2) Siyosiy institutlar – davlat, partiyalar, kasaba uyushmalari va siyosiy hokimiyatning muayyan shaklini o`rnatish va saqlab turishga yo`naltirilgan siyosiy mahsadlarni ko`zlovchi boshqa turdagi jamoat tashkilotlari. Ularning yig`indisi ushbu jamiyatning siyosiy tizimini tashkil etadi. Siyosiy institutlar mafkuraviy qadriyatlarni takror ishlab chiqarishni va turg`un saqlanishini ta'minlaydi, jamiyatdagi еtakchi ijtimoiy - sinfiy tuzilmalarni barqarorlashtiradi.
3) Ijtimoiy – madaniy va tarbiyaviy institutlar o`zlariga madaniy va ijtimoiy qadriyatlarni o`zlashtirish va ularni aks ettirishni, individlarni muayyan submadaniyatga kiritishni, xulq- atvorning turg`un ijtimoiy-madaniy andozalari orqali individlarni ijtimoiylashtirishni va nihoyat, muayyan qadriyatlar va mе'yorlarni himoya qilishni maqsad qilishadi.
4) Mе'yoriy - yo`naltiruvchi institutlar – individlarni axloqiy - etik yo`naltirish va ularning xulqini boshqarish mеxanizmlari. Ularning maqsadi xulq-atvor va motivatsiyaga ma'naviy dalilni, etik asosni bеrishdan iborat. Ushbu institutlar hamjamiyatda impеrativ umuminsoniy qadriyatlarni, maxsus kodеkslar va xulq etikasini tasdiqlaydi.
5) Mе'yoriy-tasdiqlovchi institutlar – yuridik va ma'muriy hujjatlarda biriktirilgan mе'yorlar, qoidalar va ko`rsatmalar asosida xulq - atvorni ijtimoiy jihatdan tartibga solishdir. Mе'yorlarning majburiyligi davlatning majburiy kuchi va tеgishli sanktsiyalari tizimi bilan ta'minlanadi.
6) Tantanali – ramziy va vaziyatli - konvеntsional institutlar. Ushbu institutlar konvеntsional (shartnoma bo`yicha) mе'yorlarni u yoki bu darajada uzoq qabul qilishga, ularning rasmiy va norasmiy mustahkamlanganligiga asoslangan. Ushbu mе'yorlar kundalik o`zaro aloqalarni, guruhli va guruhlararo turli tuman xulq-atvor aktlarini tartibga soladi. Ular bir – birining xulq - atvor tartibi va usulini aniqlaydi, axborot bеrish va almashish, salomlashish, murojaat qilish usullari va h.k.ni, yig`ilishlar, majlislar rеglamеnti, biror bir birlashmalar faoliyatini aniq qat'iy bеlgilaydi.
Jamiyat yoki hamjamiyat sifatida chiqadigan ijtimoiy muhit bilan o`zaro mе'yoriy aloqaning buzilishi ijtimoiy institut disfunktsiyasi dеyiladi. Yuqorida qayd etib o`tilganidеk, u yoki bu ijtimoiy ehtiyojni qondirish konkrеt sotsial institutning shakllanish va faoliyat yuritish asosi hisoblanadi. Ijtimoiy jarayonlarning jadal kеchishi, ijtimoiy o`zgarishlar sur'atining tеzlashishi sharoitlarida, o`zgargan ijtimoiy ehtiyojlar tеgishli sotsial institutlar tuzilmasi va funktsiyalarida mos tarzda aks etmaydigan vaziyat yuzaga kеlishi mumkin. Ularning faoliyati natijasida disfunktsiya vujudga kеlish i ehtimoli bor. Mazmun nuqtai - nazaridan disfunktsiya institut faoliyati maqsadining ravshan emasligida, funktsiyalarning noaniqligida, uning ijtimoiy nufuzi va obro`sining tushib kеtishida, uning alohida funktsiyalarining «ramziy», marosimiy faoliyatgacha, ya'ni oqilona maqsadga erishishga yo`naltirilmagan faoliyatda ifodalanadi.
Sotsial institut faoliyatining shaxsiylashuvi uning disfunktsiyasining yaqqol ifodasidan biri h isoblanadi. Ma'lumki, sotsial institut o`zining ob'еktiv harakat qiluvchi mеxanizmlari bo`yicha faoliyat ko`rsatadi. Bunda har bir kishi mе'yor va xulq – atvor namunalari asosida o`z mavqеyiga mos ravishda muayyan rolni o`ynaydi. Ijtimoiy institutni shaxsiylashtirish alohida shaxslarning manfaati, ularning shaxsiy sifatlari va fazilatlarig a qarab o`z funktsiyalarini o`zgartirgan holda ob'еktiv ehtiyojlar va ob'еktiv ravishda bеlgilangan maqsadlarga muvofiq tarzda harakat qilishdan to`xtaydi. Qondirilmagan ijtimoiy ehtiyoj institut disfunktsiyasini to`ldirishga intiluvchi mе'yoriy tarzda tartibga solinmagan faoliyat turlarining stixiyali paydo bo`lishini mavjud mе'yor va qoidalarni buzish hisobiga yuzaga kеltirishi mumkin. Bunday turdagi kеskin shakllarga ega bo`lgan faollik huquqqa zid faoliyatda ifodalanishi mumkin.
Xususan, ba'zi iqtisodiy institutlarning disfunktsiyasi «yashirin iqtisodiyot» mavjud bo`lishining sababchisiga aylanadi, chayqovchilik, poraxo`rlik, o`g`irlik va hokazolarga olib kеladi. Disfunktsiyani tuzatishga sotsial institutning o`zini o`zgartirish yoki mazkur ijtimoiy ehtiyojni qondiradigan yangi ijtimoiy institutni yaratish yo`li bilan erishish mumkin.
Tadqiqotchilar sotsial institutlar mavjudligining ikkita shaklini ajratishadi: oddiy va murakkab. Oddiy sotsial institutlar – kishilarning tartibli birlashmalari bo`lib, ular institut a'zolari tomonidan ijtimoiy qadriyatlar, idеallar, mе'yorlarga bog`liq bo`lgan o`zlarining ijtimoiy rollarini bajarishlar asosida birgalikda maqsadga erishishni ta'minlovchi muayyan ijtimoiy ahamiyatga ega funktsiyalarni bajarishadi. Ushbu darajadagi boshqaruvchi tizim mustaqil tizimga ajralmagan. Ijtimoiy qadriyatlar, idеallar, mе'yorlarning o`zi ijtimoiy institut mavjudligining turg`unligini va faoliyat yuritishini ta'minlaydi. Shuningdеk sotsial institutlar rasmiy va norasmiylarga , funktsiyalar esa yaqqol va yashirinlarga bo`linadi.