Sotsiologiyaa


Demak, sotsial institutlarning eng muhim quyidagi turlari mavjud



Yüklə 4,54 Mb.
səhifə117/279
tarix24.12.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#192352
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   279
SOTSIOLOGIYA

Demak, sotsial institutlarning eng muhim quyidagi turlari mavjud:
1. Oila – jamiyatning muhim institutlaridan biri.
2. Ijtimoiy-madaniy institutlar.
3. Qarindoshlik instituti.
4. Nikoh instituti.
5. Ta’lim (maktab, oliy ta’lim va h.k.) instituti.
6. Kommunikatsiya (informatsion texnologiya) va ommaviy axbort vositalari (OAV) instituti.
7. Din instituti.
8. Mehnat instituti.
9. Iqtisodiyot instituti va h.k.
Sotsial institutlar sotsial muhit bilan o’zaro ta’sirda bo’ladi. Bu o’zaro ta’sir normal tarzda, shuningdek, normaning buzilishi sharoitida ham bo’lishi mumkin. Har qanday real jamiyatda normativ tartibotga bo’ysunmaydigan anomik hodisalar bo’lishi tabiiydir.
Amal qilish doirasi va vazifalariga qarab sotsial institutlarning quyidagi ko’rinishlarini ajratib ko’rsatish mumkin:

  1. Relyatsion (yozma ma’lumotlarga asoslanuvchi) institutlar. Bu institutlar jins va yoshdan tortib to kasb-mashg’ulot turi va qobiliyati mezonlariga asosan jamiyatning rolga oid tarkibini aniqlab beradi.

  2. Regulyativ (idora etish) sotsial institutlari. Bu institutlar shaxsiy maqsadlarning jamiyatda amal qilib turgan normalariga daxlsiz holda amalga oshish chegaralarini va bu chegaradan chiqib ketilganda qo’llaniladigan sanktsiyalarni (bunda sotsial nazoratning hamma mexanizmlari ham kirib ketadi) belgilab beradi.

  3. Integrativ (uyg’unlashtiruvchi) sotsial institutlar. Bu institutlar bir butun tuzumga jamiyat manfaatlarini qondirishga ma’sul bo’lgan sotsial rollarni ifodalaydi.

  4. An’anaviy sotsial institutlar. Bu sotsial institutlar odat, marosimlar va qarindosh-urug’chilik tomonidan qat’iy belgilangan normalar bilan bog’liqdir.

  5. Madaniy sotsial institutlar. Din, san’at, adabiyot bilan bog’liq muassasalar.

Institutsional sotsiologiyada sotsial institutlarning bajaradigan asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
a) jamiyat a’zolarini takror ishlab chiqarish, qaytadan tiklash;
b) sotsializatsiya (individga ijtimoiy ahamiyatli bo’lgan qadriyat va normalarni etkazishning turli xil shakllari);
v) ishlab chiqarish va taqsimot;
g) tartibga rioya qilish va axloqni saqlab turish.
Jamiyat taraqqiyotining har bir bosqichi unga mos bo’lgan muayyan sotsial institutlar amal qilinishini taqozo etadi. Hozirgi zamon tsivilizatsiyasi tomon qadam tashlayotgan mustaqil mamlakatimizda yangi maqomga monand bo’lgan sotsial institutlar shakllanish jarayoni ro’y bermoqda. Bular:

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   279




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin