Sotsiologiyaa


Ma'lumki, oila paydo bo‘lib to tugagunga qadar bir qancha bosqichlardan o‘tadi. Ular



Yüklə 4,54 Mb.
səhifə125/279
tarix24.12.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#192352
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   279
SOTSIOLOGIYA

Ma'lumki, oila paydo bo‘lib to tugagunga qadar bir qancha bosqichlardan o‘tadi. Ular :
Oilaning tashkil topishi (nikohga kirish)
Birinchi farzandni tug‘ilishi (farzand ko’rish faoliyatini boshlanishi),
Ohirgi farzand tug‘ilishi (farzand ko’rish faoliyatini tugallanishi), Oxirgi farzandni oilali bo‘lishi,
Oilani tashkil etgan er yoki xotinni dunyodan ko’z yumishi (oilaning tugallanishi).
Yuqorida keltirilgan jarayonlar oilaning hayotiy davrlari bo‘lib, oila davomiyligiga muntazam qaytarilib turadi. Ushbu davrlarning har birini o‘ziga xos xususiyatlarini, ijtimoiy-iqtisodiy muammolari mavjuddir. Ana shu muammolar ham oila sotsiologiyasining o‘rganish doirasiga mansubdir.
Oila tarbiyasi masalalarini o’rganish ham oila sotsiologiyasida keng o’rin olgandir. Oila tarbiyasi oilada ota-onalar, katta kishilar tomonidan bolalarni tarbiyalash bo‘lib, yosh avlodni har tomondan rivojlanishida muhim ahamiyatga egadir. Oila tarbiyasida oilaviy tartib, oila a'zolarining bir-biriga munosabati, ota-ona va katta kishilarning hulq-atvori, madaniy va siyosiy saviyasi, oila byudjeti, sharoiti asosiy omil hisoblanadi.
Oila huquqi ham oila sotsiologiyasi tomonidan o’rganilib, unda asosiy e'tibor nikoh, qarindoshlik, bolalarni farzandlikka va tarbiyaga olishdan kelib chiqilgan munosabatlarni, nikohga kirish munosabatlarini, er-xotin, ota-ona bilan bolalar va oilaning boshqa a'zolari o‘rtasidagi shahsiy va mulkiy homiylik, vasiylikdan kelib chiqadigan munosabatlarni hamda nikohning bekor qilinishi bilan bog‘liq masalalarni o‘rganishga qaratiladi.
Oila sotsiologiyasi qator ijtimoiy va tabiiy fan yo’nalishlari bilan uzviy aloqada tadqiqot o‘tkazadi va rivojlanib boradi. Bularga psixologiya, demografiya, etnografiya, tarix, ijtimoiy geografiya, siyosatshunoslik, aholi sotsiologiyasi, tug‘ilish sotsiologiyasi, o’lim sotsiologiyasi, migratsiya sotsiologiyasi, nikoh sotsiologiyasi, matematika, statistika, ekologiya kabi fanlar kiradi.
Oila sotsiologiyasi o‘z tadqiqotlarida sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazish, tarixiy taqqoslash, statistik va matematik usullardan foydalanadi.
Oila sotsiologiyasi fan yo‘nalishining tadqiqot natijalari oilaning kelajak istiqbolini aniqlashda, davlat tomonidan oila va nikoh mustahkamligini ta'minlovchi qonun va tadbirlar joriy etilishida ilmiy asos va yo’llanma sifatida qo’llaniladi.

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   279




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin