Sotsiologiyaa



Yüklə 4,54 Mb.
səhifə133/279
tarix24.12.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#192352
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   279
SOTSIOLOGIYA

Erishilgan mavqe deganda, shaxsning o’z xatti-harakati, qobiliyati bilan erishgan mavqeyi tushuniladi. Masalan, yozuvchi, firma boshlig’i, direktor, professor va shu kabilar. Bulardan tashqari, yana shaxsning tabiiy va kasbiy lavozim mavqeyi ham o’rganiladi. Shaxsning erkak va ayol, bolalik, o’smirlik, yoshlik, o’rta yosh, keksalik davrlarini bildirsa, kasbiy lavozim mavqey shaxsning ijtimoiy - iqtisodiy va ishlab chiqarish - texnik holati (muhandis, temirchi, haydovchi va boshqalar)ni bildiradi.
Ijtimoiy mavqe shaxsning muayyan ijtimoiy tizimida egallagan konkret o’rnini ifodalaydi. Ijtimoiy rol esa shaxsning ijtimoiy tizimida egallagan mavqe bilan bajaradigan faoliyati majmuini ifodalaydi. Masalan, ma`muriy-buyruqbozlikka asoslangan sobiq sovet tizimi buyruqboz shaxslar tipini shakllantirib qo’ydi. Bunday shaxs tipiga «yuqori»ga ko’r-ko’rona, so’zsiz bo’ysunish, dunyoqarashi tor, bir tomonlama, o’z mansabini saqlab qolish va yuqori mansablarga erishish yo’lida har qanday qabihlikdan qaytmaydigan, munofiqlik kabi xususiyatlarga ega bo’lganlar kiritildi. Bunday kishilarning shaxs xususiyatlari ular bajaradigan vazifasiga o’z o’rnini bo’shatib beradi. Shaxs tipining bunday ko’rinishi hozirda ham ba`zan jamiyat hayotini yangi sharoitda erkin rivojlanishiga to’sqinlik qilmoqda.
Shaxs faoliyati deganda, uning ichki va tashqi tendentsiyalarining ijtimoiy hayotda namoyon bo’lishi xususiyatlariga aytiladi. Ijtimoiy faollik inson shaxs sifatidagi darajasining asosiy ifodasi bo’lib, uning yuksak qadriyatli ehtiyojlarini qondirishlari va sifat ko’rsatkichdir. Demak, ijtimoiy faollik shaxsning muhim sifatidir.
Shaxs faolligi deb, uning hayotini boshqarish bilan, bog’liq bo’lgan va qadriyatlarining nomoyon bo’lish xususiyatlariga aytiladi. Ijtimoiy faollik inson shaxsi sifati darajasining asosiy ifodasi bo’lib, uning yuksak qadriyatdagi ehtiyojlarini qondirish usuli va sifat ko’rsatkichidir. SHu jihatdan shaxs faoliyati sotsiologiyada keng va kichik (tor) ijtimoiy darajalarda o’rganiladi. SHaxsning bunday darajalarda o’rganilishi metodologik ahamiyat kasb etadi.
Shu boisdan ham shaxs sotsiologiyasini o’rganish Vatan, xalq farzandi, haqiqiy chin insonga xos bo’lgan shaxs darajasiga etishini anglab olishimizga yordam beradi. Vatanni sevish, Vatan farzandi bo’lish g’ururini o’stiradi. Vatan uchun, xalqi uchun kerak bo’lsa jonini fido qilishga shay turish – buyuk insoniy fazilatdir. Shaxs sotsiologiyasi ana shunday etuk shaxslarni etishtirib berishga xizmat qiladi.
«Shaxs» - odamning ijtimoiy xususiyatlarining yaxlit majmui bo’lib, ijtimoiy taraqqiyot va individning faol xatti-harakati hamda muomalasi vositasida ijtimoiy munosabatlar tizimiga qo’shilishining mahsuli hisoblanadi. Shaxs tushunchasi ijtimoiy munosabatlar va ongli faoliyat sub`ekti sifatidagi individni ham ifodalaydi.
«Shaxs» tushunchasida uning atrof-muhitga munosabatini bildiradigan ijtimoiy-ruhiy sifatlarining ichki muayyan yaxlitligi ifodalanadi. Shaxs bo’lish degani, birinchi navbatda, o’zining ichki qadriyatlar dunyosini shakllantirishni, tevarak-atrofga, eng avvalo, ijtimoiy hodisalarni anglash, uning mohiyatini tushunish orqali qadriyatiy-tanqidiy munosabatga ega bo’lishni bildiradi.
Insonning shaxs sifatidagi qadriyati uning o’zligidan, fiziologik mavjudligidan ajratib olingan tarzda mavjud emas. SHu bilan birga, aytish mumkinki, istagan inson shaxs bo’lolmaydi, lekin har qanday shaxs - insondir. U tashqi muhitga faqat biologik moslashuv natijasi sifatida shakllana olmaydi. Balki sotsiumda, aniqrog’i, uning turli darajalarida qaror topadi va unga ma`lum darajada bog’liq bo’ladi. Ya`ni shaxsning kelib chiqishi va uning imkoniyatlarining ro’yobga chiqishi kishilik jamiyati tomonidan ta`minlanadi. Demak, shaxsda insonning jamiyatda tutgan o’rni va bajaradigan vazifalari ifodalanadi. Shunga ko’ra, sotsiumning turli darajalarini o’rganadigan barcha fanlar doirasiga shaxs masalasi ham kiradi. Xususan, inson tanasi tuzilishi va faoliyatini o’rganadigan biologiya va boshqa fanlardan farqli o’laroq, jamiyatshunoslik, ruhshunoslik, ta`limshunoslik kabi qator fanlar shaxs masalasini o’rganishga ehtiyoj sezadi.
Muayyan ma`noda shaxs yaxlit sotsiumning ajralmas bo’lagidir.Unda dastavval kishilar o’rtasidagi mavjud munosabatlar jamuljam bo’ladi. Lekin bu o’inda shaxs bilan sotsium aynanligi to’g’risida gapirishga asos yo’q. Ibtidoiy tuzumning sodda jamoachiligi inqirozga yuz tutishi tufayli kishilar bir-biridan «ichki» dunyosi va manfaatlari bilan o’zaro farqlanib, shaxs bosqichiga ko’tarilib boradilar. Buning natijasida esa shaxs bilan sotsium manfaatlari nisbati masalasi kun tartibiga qo’yiladi.45
Shaxsning sotsium bilan munosabatlari o’ziga xos jihatlarga ega. Shaxsning o’zligi, dastavval, uning muayyan darajadagi mustaqilligidir. U shu holati bilan sotsium hayotining barcha sohalarida ishtirok etadi. Albatta, gap bu borada ko’proq etuk shaxs to’g’risida boradi. Lekin yangi tug’ilgan insonning shaxs bo’lish imkoniyati faqat sotsiumda vujudga keladi. Demak, shaxsni sotsiumning turli darajalaridagi tashkiliy sifatlari voyaga etkazadi46.
Inson bilan sotsium aloqadorligi jihatidan uning shaxs sifatlari shakllanishini aniqlab olish muhim. Shaxs shakllanishiga qaysi omillar ta`sir ko’rsatadi va konkret shaxs boshqa oddiy insondan nimasi bilan farqlanadi,- degan savol qo’yilsa, unga javob berish xiyla qiyin. Negaki, shaxs shakllanishida juda ko’p omillar ishtirok etadi. Ularning ichida ijtimoiy muhit katta mavqega ega.
Individ sifatida namoyon bo’lgan mavjudot ijtimoiy muhit ta`sirida shaxs sifatida shakllanadi. Individning jamiyat bilan o’zaro munosabati uni ma`lum bir sotsial jamoa vakiliga aylantiruvchi turli guruhlardir. Bu munosabatni amalga oshirishda muloqat asosiy rol o’ynaydi, sotsial guruhlar orqali amalga oshadi. Chunki muloqat shaxsning asosiy ijitmoiy munosabatlar sistemasida nazariy va amaliy bilimlarni egallashida uning shu sistemadagi o’zining maqomiga ega bo’lishida, faoliyat jarayonida va kundalik turmush tarzida asos sifatida xizmat qiladi, Shu bilan birga shaxs muloqot orqali o’zining shaxs sifatida shakllanganligini va boshqa shaxslarning ijtimoiy muhitining haqiqiy sub`ekti yoki uning ijrochisi sifatida shakllangani to’g’risida tushunchaga ega bulishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli shaxs jamiyatdagi barcha munosabatlarning shakllanishi va sotsial dinamik xarakterini belgilashda asos bo’lib xizmat qiladi.
Demak, shaxs kishining hayot kechirish sharoitlarida sotsial guruhlar, sotsial institutlar, sotsial tashkilotlar ta`sirida faoliyat jarayonida shakllanadi. SHaxsning shakllanishida guruhlar va jamoalar etakchi rol o’ynaydi.
Umuman, shaxs - o’ziga xos intellektual, emotsional, irodaviy-shaxsiy belgi va sifatlarga ega bo’lgan sub`ekt. Bu belgi va sifatlar muayyan sotsial-iqtisodiy formatsiyaning mahsulidir. Shaxs o’tmish tarixiy tajribani, o’tmishdagi madaniy boyliklarni o’zida to’playdi. «Shaxs – barcha ijtimoiy munosabatlarning yig’indisidir». Jamiyatdan tashqaridagi shaxs norealdir. Shaxsning shakllanishida:
1) Shaxsning rivojlanish davri va uning natijasi.
2) Shaxsni maqsadga yo’naltirilgan tarzda tarbiyalanishi katta ahamiyat kasb etadi.
Shaxsning rivojlanishini uning faoliyatida o’zgarib turuvchi ehtiyojlari bilan ularni qondirishning imkoniyatlari o’rtasidagi ziddiyatlarda aniqlanadi.
Hozirgi sharoitda insonga ijtimoiy muhit ko’rsatayogan ta`sirini quyidagicha tasnif etish mumkin:

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   279




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin