Sotsiologiyaa



Yüklə 4,54 Mb.
səhifə131/279
tarix24.12.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#192352
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   279
SOTSIOLOGIYA

3) Individ (lot. yagona, bo’linmas) - bu insoniyat zotining yakka vakili, insoniyatning hamma sotsial va ruhiy jihatlarini idrokiy, irodasi, ehtiyojlari, manfaatlari va hokazolarning sohibi hisoblanadi. Boshqacha aytganda, alohida insonning o’ziga xos tabiiy-biologik va ijtimoiy ehtiyojlari, manfaatlari, aqli, irodasi va hokazolar yig’indisi ekanligi nazarda tutilib, «individ» tushunchasi qo’llaniladi. Individ «mohir odam» turiga mansub yaxlitlikni o’zida gavdalantirgan alohida insondir. «Individ» tushunchasi bu vaziyatda «aniq inson» sifatida foydalaniladi.
«Individ» tushunchasini ayrim olimlar insonning tarixi ibtidoiy jamoa tuzumi davriga to’g’ri kelishini bayon etgan. Ikkinchi xil fikrga ko’ra, individ sifatida inson o’zining jismoniy mavjudligini ta`minlashni birinchi o’ringa qo’yadi. Masalaning bunday qo’yilishida turli biologik omillar (yosh jihatlari, jinsiy mijozlarining o’ziga xos tomonlari), shuningdek, inson hayotiy faoliyatining sotsial sharoitlardagi tafovutlar belgilamaydi.
Har qanday inson individi o’ziga xos salohiyati bilan dunyoga keladi. Hamma gap bu salohiyatni qay tarzda ruyobga chiqarishdan iboratdir. Inson rivojlanishining individ bosqichi eng uzoq davom etadigan, izchillikni taqozo qiladigan davrdir. Bu bosqichda uning asta-sekin shaxsga aylanish jarayoni boshlanadi. Individning shaxsga aylanishida, boshqacha aytganda, insonning individ bosqichidan shaxs bosqichiga o’tish jarayonida sotsiumning u yoki bu darajasida olingan jamoa a`zosi sifatida uning imkoniyatlari, ijtimoiy-ahamiyatli belgilari kat`iy tizim shaklida qaror topadi. YA`ni fe`l-atvori shakllandi.
4. Individuallik tushunchasi. Individuallik – «Individ» atamasidan yasalgan bo’lib, insonning noyob xususiyatlarini ifodalaydigan tushuncha.
Insonni turli darajada: yakka tarzda va tarixiy rivojlanishining aniq-tarixiy o’ziga xosligini aks ettirishda «individ» tushunchasi bilan bir qatorda «shaxs» tushunchasi ham qo’llaniladi. «SHaxs» bir qator gumanitar fanlarning falsafa, ruhshunoslik, pedagogika va sotsiologiyaning o’rganish ob`ekti hisoblanadi.
5. «Shaxs» – odamning ijtimoiy xususiyatlarining yaxlit majmui bo’lib, ijtimoiy taraqqiyot va individning faol xatti-harakati hamda muomalasi vositasida ijtimoiy munosabatlar tizimiga qo’shilishining mahsuli hisoblanadi.

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   279




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin