Sotsiologiyaa



Yüklə 4,54 Mb.
səhifə129/279
tarix24.12.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#192352
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   279
SOTSIOLOGIYA

O’rtacha umr:
Aholining o’rtacha umr ko’rish darajasi 1990 yilda 67 yoshni tashkil etgan bo’lsa, 2006 yilda 72,5 yoshni tashkil etdi. Jumladan, erkaklar o’rtasidagi o’rtacha umr ko’rish 66 yoshdan 70 yoshga, ayollar o’rtasida esa 70 yoshdan 74,6 yoshga uzayganini ko’rish mumkin.
Prezidentimiz islom Karimov 2010 yil 12 noyabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma majlisidagi ma`ruzasida o’tgan 20 yil davomida ijtimoiy-gumanitarsohada erishilgan marralar xususida to’xtalib, “aholini ijtimoiy himoya qilish uchun yo’naltirilgan davlat xarajatlarining 5 barobar ko’paygani, turmush darajasining sezilarli ravishda yaxshilangani va buning natijasida onalar o’limi 2 barobardan ko’proq, bolalar o’limi 3 barobar kamaygani, odamlarning o’rtacha umr ko’rishi 67 yoshdan 73 yoshga, jumladan, ayollarning o’rtacha umr ko’rishi 75 yoshgacha etganini mamnuniyat bilan ta`kidlasak arziydi, deb o’ylayman”40.
Insonlar salomatligini muhofaza qilish sharoitini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarning aniq va yaqqol natijasi sifatida baholash o’rinli bo’ladi41
“ Erkak buyuklikka intiladi,balek buyuklikka etish unga nasib etavermaydi:ayol buyuklikka intilmaydi, ammo u mudom buyukdir”.42
Qisqacha xulosalar
Hozirgi davrda dunyo mamlakatlari qatorida o’z o’rniga ega bo’lib borayotgan hamda shitob bilan bozor munosabatlariga tortilib, kuchli huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini o’rnatishga intilayotgan O’zbekiston aholisining madaniy rivojlanishi muhim ahamiyatga egadir. Xalqimiz o’zining qadimiy an`analari va milliy qadriyatlariga suyangan holda, dunyo madaniyati durdonalaridan bahramand bo’lib, kelajak avlodni tarbiyalash ishiga katta ahamiyat bermoqda. Bu o’rinda axloqiy qadriyatlardan bo’lmish dinning ham salmog’i kattadir. Madaniyat, din va axloq sotsiologiyasi bu sohada tegishli xulosalar chiqarish va muhim yo’nalishlarni belgilab olishda shzining nazariy va amaliy jihatdan tegishli vazifasiga egadir.



Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   279




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin