Sotsiologiyaa


Shaxs sotsiologiyasida shaxs manfaati alohida o’ringa ega. Shaxs manfaati –



Yüklə 4,54 Mb.
səhifə137/279
tarix24.12.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#192352
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   279
SOTSIOLOGIYA

Shaxs sotsiologiyasida shaxs manfaati alohida o’ringa ega. Shaxs manfaati – bu individ faoliyatining u yoki bu ehtiyojini qondirish bilan bog’liq yo’nalganligidir. Manfaatlar asosida kishilarning ehtiyojlari yotadi. Ular sotsial qonunlar talablarini ifodalaydi, buning natijasida manfaat ehtiyojini anglashda muhim rol o’ynaydi. Manfaatning 4 turi mavjud:
1. Munosabat manfaati: - shaxs faoliyatida u yoki bu ob`ektdagi voqea va hodisalarga nisbatan qiziquvchanligini anglatadi. Munosabat manfaati 2 ko’rinishda kechadi: a) asosiy munosabat manfaati - bu shaxsning hayotida maqsad va vazifasini, harakatlarini o’z ichiga oladi; b) yordamchi yoki ikkinchi darajali munosabat manfaatdir. Bu shaxs faoliyatining maqsad va vazifalaridan tashqari uning boshqa voqelikka qiziqishini bildiradi.
2. Harakat manfaati: – shaxsning u yoki bu faoliyatida qatnashishida ko’rinadi. Aktiv yo passivligini bildiradi. Harakat manfaati: a) maqsadli va b) maqsadsiz bo’lishi mumkin (boshlang’ich faoliyati bilan cheklanib qolgan, tor doiradagi harakat).
3. Tayanch manfati: shaxsning boshqa shaxslar, guruhlar bilan uzoq sotsial ta`sirlashuvida shakllangan va turli vaziyatlarda o’z yo’nalishini saqlab qolgan manfaatdir. SHaxslararo va guruhlararo munosabatlarda shakllanadi.
4. Yo’nalish manfaati: – bu yo’nalish manfaatlar ichida juda murakkab bo’lib, u shaxs manfaatlaridan birini tanlashi bilan bogliq.
Demak, shaxsning tipi u yashaydigan jamiyatning ijtimoiy tuzilishiga bog’liq. Shaxsning shakllanishini belgilovchi omillar quyidagilardan iborat:
1) Ijtimoiy siyosiy tuzum.
2) Tarbiya va maorif tizimi.
3) Turmush.
4) Mehnat faoliyati.
5) Ijtimoiy faoliyat.
6) Oila va boshqalardir.


Shaxs shakllanishida uni o’rab turgan muhit va u intiladigan madaniy-ijtimoiy ideallar hamda bajarilishi lozim bo’lgan vazifalarning ham ahamiyati kattadir. Bunday hodisani fanda insonning ijtimoiylashuvi yoki sotsializatsiya yo’li bilan shaxsga o’tishi, deb atash qabul qilingan. Buni izohlaydigan ko’pgina qarashlar mavjud.
Ijtimoiylashuv umumiy ma`noda insonning bio va ruhiy ehtiyojlariga maqsadga muvofiq, oqilona ta`sir o’tkazishdir. Buning oqibatida inson shaxsi qaror topishining ikkinchi tomoni – uning sub`ektiv «MEN»i ham shakllanadi. Shaxsning «MEN»i ota-onalari, qarindosh-urug’lar, tanish-bilishlar, mahalla-ko’y va boshqalardan o’zlashtiradigan sifatlardir. Bu sifatlar aniq olingan joyi va vaqtiga ko’ra ijobiy yoki salbiy shaxsiy xususiyatlar tarzida shakllanishi mumkin. Ijobiy holatda shaxsda o’zi to’g’risida odillik, epchillik, qobiliyatlilik, uddaburonlik kabi tasavvurlar tug’ilsa, salbiy holatda uning layoqatsizligi, noshudligi, zaifligi kabi xususiyatlari qaror topishi mumkin. Albatta, bu xususiyatlar inson sub`ektining o’z «MEN»i to’g’risidagi fikrlaridir. Ularning voqelikka muvofiq kelishi, ya`ni haqiqiymi yoki yo’qligi masalasini ham nazardan qochirmaslik lozim.

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   279




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin