Sub`ektiv «MEN» yuzaga kelishi bilan nisbiy mustaqillik tarzini oladi va shaxs sifatida o’zini ko’rsata boshlaydi. SHu bilan birga shaxs «MEN»i doirasida uning ikkinchi jihati-boshqalarning bu «MEN»ga bo’lgan munosabatiga javoblari masalasi ko’zga tashlanadi. «MEN»ning bu jihati o’zga harakatlari, fikr-o’y, siyosiy mavqey, turmush tamoyillari va hokazolar to’g’risida jamoatchilik fikrlarini hisobga olish yoki olmaslik bilan bog’liq holatlar ifodalanadi.
O’zga «MEN» quyidagi holatlardan tashkil topadi. Bular-boshqalarning aynan shu shaxs to’g’risidagi qarashlari asosidagi fikrlar. Ayni shu shaxsning xatti-harakati va faoliyatini boshqalar tomonidan baholash bilan bog’liq omillar; boshqalarning qarashlari va bergan baholariga javoban qoniqish, g’urur, o’ziga ishonchining kuchayishi, o’zini bekamu ko’st deb hisoblash, uyalish, afsuslanish, ehtiyotkorlikka moyillik kabi holatlardir. SHaxsning ob`ektiv «MEN»i bilan uning to’g’risidagi «o’zga MEN» bir-birini to’ldirgandagina insonning ijtimoiy tabiati haqidagi fikrlar ham to’laroq bo’ladi.
- Jamiyat va shaxs maqsadlari orasidagi bog’lovchi u yoki bu sotsial tizim bo’lishi mumkin. Demak:
Shaxsning ijtimoiylashuvi deb, shaxsning jamiyatga, sotsial jamoalarning turli, tiplariga madaniyat elementlari, sotsial norma va qadriyatlarni o’zlashtirish orqali sodir bo’ladigan jarayon (ijtimoiylashuv deb ataladi)ga aytiladi. Shaxsning (individning) sotsial tashkilot elementi bo’lishi 2 muhim jihatga bog’liq: 1) sotsial tashkilotning shaxsga ta`sir etishi bilan qobiliyatining shakllanishiga va 2) shaxsning boshqa odamlar ta`siriga berilishi bilan qobiliyatining shakllanishiga bog’liq.
Shaxs ijtimoiylashuvning 2 fazasi mavjud: 1. Sotsial adaptatsiya (moslashish). Bunda individning sotsial sharoitlarga, funktsiyalarga, sotsial normalarga, sotsial guruhlarga, tashkilot va institutlarga, ya`ni muhitga moslashishdir. Sotsial adaptatsiya jarayoni, asosan oilada boshlanadi va shakllanadi. Oiladagi har qanday munosabatlar shaxsning ijtimoiylashuvida o’z aksini topadi. SHu boisdan individning shaxs sifatida shakllanishida oila asosiy rol o’ynaydi.