Mustaqillik yillarida sport



Yüklə 6,67 Kb.
tarix16.12.2023
ölçüsü6,67 Kb.
#182215
Mustaqillik yillarida sport

Mustaqillik yillarida sport

REJA:

1. Mustaqillik yillarida O’zbekistonda sportning rivojlanishi

2. Ogh’ir atletika

3. Yengil atletika

Darsning maqsadi:

Talabalarga O’zbekistonda rivojlangan va rivojlanib borayotgansport turlari haqida ma’lumot berish va ularni zamonaviy sport turlariga jalb qilish hamda sog’lom avlod turmish tarzini yaratishda ilmiy ko’nikmalarni yaratish

  • O’zbekiston Respublikasida mustaqillik yillarida jismoniy tarbiya va sportning rivojlanishi va istiqbollari. Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo’nalishlari. O’zbekiston Respublikasining «Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida»gi Qonuni va uning ahamiyati. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumatining jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risidagi qarorlari.
  • Ommaviy sport tadbirlari. O’zbekistonda milliy sport turlari va xalq o’yinlarini rivojlantirishga doir musobaqalar. O’quvchi yoshlarning “Umid nihollari”, “Barkamol avlod”, “Universiada” uch bosqichli sport musobaqalari. Bolalar sporti. Ayollar sporti. Nogironlar va jismoniy imkoniyati cheklangan shahslarning moslashtiruvchi sportini rivojlantirish yo’llari.
  • O'zbekiston Respublikasining brinchi Prezidenti mustaqillikka erishish va uning istiqbolida aholi salomatligining o'ta qimmatliligini va unga ega bo'lish yo'llarini katta ko'tarinkilik bilan izhor qilib bergan, ya'ni: «Bizning zaminimiz polvonlar va botirlarini mehr bilan tarbiyalab kelmoqda. Bugungi kunda hamma joyda sportning milliy turlari qayta tiklanmoqda... o'zining salomatligi haqida shaxsan g'amxo'rlik qilib borish madaniyatini yoshlikdan, maktab, mahalla, sog'liqni saqlash tizimi, jismoniy tarbiya va sportning ko'magida singdirish kerak», - deb haqli ravishda aytgan (19-rasm).
  • Mustaqil O'zbekistonning jismoniy madaniyat va sportini yanada rivojlantirishga asos bo'luvchi eng muhim tadbirlar ko'rilmoqda.
  • O'zbekiston Respublikasining «Jismoniy tarbiya va sport to'g'risida»gi qonuni (1992 yil 14 yanvar) barcha aholining sog'lig'ini mustahkamlash, ularning jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanishlariga shart-sharoitlar yaratib berish kafolatlarini berdi. «Jismoniy tarbiya va sport to'g'risida»gi qonuni 2000 yil 26 mayda yangi tahrirda qayta qabul qilindi.
  • 2015 yil 5 sentyabrda O'zbekiston Respublikasi «Jismoniy tarbiya va sport to'g'risida»gi qonunining uchinchi Yangi tahriri qabul qilindi. Bu Qonun 8 ta bob va 47 moddalardan iborat.
  • Og’ir atletika –sport turi, har xilvazn toifalarida og’ir narsalarni ko’tarish mashqlari. Rasmiy musobaqalar 1860-yilda AQSHda shtangani ikki qo’llab dast va siltab ko’tarish (1972-yilda ) yillarda bo’lib o’tgan. Dast koʻtarishda sportchi shtangani toʻxtatmay bir harakat bilan, siltab koʻtarishda — ketma-ket ikkita harakatda — avval koʻkrakka olish, keyin esa yuqoriga choʻzilgan qoʻllarga koʻtarishni amalga oshiradi.
  • Oʻzbekistonda birinchi Ogʻir atletika toʻgaragi 1917-yilda Toshkent shahrida ochilgan, u "Toshkent ogʻir atletika jamiyati" deb atalgan. Oʻzbekistonda Ogʻir atletikaning asoschisi Feoktist Gorizdro qisoblanadi. Oʻzbekistonda Og’ir atletika federatsiyasi 1992-yildan faoliyat koʻrsatadi. U Xalqaro Ogʻir atletika federatsiyasi — IWf ga (1993), Osiyo Ogʻir atletika federatsiyasiga (1994) yil azo bo’ladi.
  • Ruslan Nurudinov2011- yil Fransiyadagi jahon chempiyanatida shatngani siltab
  • Ko’tarishda kumush medakni qo’lga kiritgan.2012 yil Janubiy Koreada Osiyo chempianatida g’alaba qozonadi.
  • 2013- yilda esa mamlakat chempianatida g’alaba qozonadi.Jahon universiadasida2 marotaba record o’rnatadi.
  • Yengil atletika
  • Yengil atletika — sportning eng ommaviy turlaridan biri. Turli masofalarga yugurish, sportcha yurish, sakrash (balandlikka, uzunlikka, uch hatlab, langarcho‘p bilan), uloqtirish (nayza, lappak, bosqon), yadro irg‘itish, ko‘pkurash (o‘nkurash, yettikurash) mashqlarini o‘z ichiga oladi. Yengil atletikada 50 dan ziyod mashq bor, ulardan 49 tasi Olimpiada o‘yinlari dasturiga kiritilgan
  • Toshkentda 1902 yildan Yengil atletika musobaqalari, 1919 yildan mamlakat birinchiliklari, 1927 yildan spartakiada o‘tkazila boshlagan. O‘zbekistonda 135 mingdan ziyod kishi 140 dan ortiq murabbiy qo‘l ostida Yengil atletika bilan shug‘ullanadi, murabbiylardan 3 nafari O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sportchi, 10 nafari O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sport ustozi unvoniga ega (2001). O‘zbekistonlik Yengil atletikachilar 1952 yildan Olimpiada o‘yinlarida qatnashadi.
  • Olimpiadada Marina Shmonina (4x100m ga estefetali yugurish,1992) Rodion Gatulin(langarcho’p bnsakrash,1998) kumush medalni qo’lga kiritganRamil G’niyev (o’nkurash,1996) 8- o’rinni egallagan

E’TIBORINGIZ

UCHUN

RAHMAT


Yüklə 6,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin