Sotsiologiyaa


Sub`ektiv «MEN» yuzaga kelishi bilan nisbiy mustaqillik tarzini oladi va



Yüklə 4,54 Mb.
səhifə138/279
tarix24.12.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#192352
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   279
SOTSIOLOGIYA

Sub`ektiv «MEN» yuzaga kelishi bilan nisbiy mustaqillik tarzini oladi va shaxs sifatida o’zini ko’rsata boshlaydi. SHu bilan birga shaxs «MEN»i doirasida uning ikkinchi jihati-boshqalarning bu «MEN»ga bo’lgan munosabatiga javoblari masalasi ko’zga tashlanadi. «MEN»ning bu jihati o’zga harakatlari, fikr-o’y, siyosiy mavqey, turmush tamoyillari va hokazolar to’g’risida jamoatchilik fikrlarini hisobga olish yoki olmaslik bilan bog’liq holatlar ifodalanadi.
O’zga «MEN» quyidagi holatlardan tashkil topadi. Bular-boshqalarning aynan shu shaxs to’g’risidagi qarashlari asosidagi fikrlar. Ayni shu shaxsning xatti-harakati va faoliyatini boshqalar tomonidan baholash bilan bog’liq omillar; boshqalarning qarashlari va bergan baholariga javoban qoniqish, g’urur, o’ziga ishonchining kuchayishi, o’zini bekamu ko’st deb hisoblash, uyalish, afsuslanish, ehtiyotkorlikka moyillik kabi holatlardir. SHaxsning ob`ektiv «MEN»i bilan uning to’g’risidagi «o’zga MEN» bir-birini to’ldirgandagina insonning ijtimoiy tabiati haqidagi fikrlar ham to’laroq bo’ladi.
- Jamiyat va shaxs maqsadlari orasidagi bog’lovchi u yoki bu sotsial tizim bo’lishi mumkin. Demak:
Shaxsning ijtimoiylashuvi deb, shaxsning jamiyatga, sotsial jamoalarning turli, tiplariga madaniyat elementlari, sotsial norma va qadriyatlarni o’zlashtirish orqali sodir bo’ladigan jarayon (ijtimoiylashuv deb ataladi)ga aytiladi. Shaxsning (individning) sotsial tashkilot elementi bo’lishi 2 muhim jihatga bog’liq: 1) sotsial tashkilotning shaxsga ta`sir etishi bilan qobiliyatining shakllanishiga va 2) shaxsning boshqa odamlar ta`siriga berilishi bilan qobiliyatining shakllanishiga bog’liq.
Shaxs ijtimoiylashuvning 2 fazasi mavjud:
1. Sotsial adaptatsiya (moslashish). Bunda individning sotsial sharoitlarga, funktsiyalarga, sotsial normalarga, sotsial guruhlarga, tashkilot va institutlarga, ya`ni muhitga moslashishdir. Sotsial adaptatsiya jarayoni, asosan oilada boshlanadi va shakllanadi. Oiladagi har qanday munosabatlar shaxsning ijtimoiylashuvida o’z aksini topadi. SHu boisdan individning shaxs sifatida shakllanishida oila asosiy rol o’ynaydi.

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   279




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin