Sotsiologiyaa



Yüklə 4,54 Mb.
səhifə140/279
tarix24.12.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#192352
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   279
SOTSIOLOGIYA

1) Tabiiy ehtiyojlar sifatida kishilarning kundalik ehtiyojlari: ovqat, kiyim, turar-joy va boshqalar tushuniladi.
2) Sotsial ehtiyojlar esa odamning mehnat qilish ehtiyoji, sotsial aktivligi, ruhiy madaniyati, ya`ni nima ijtimoiy hayot mahsuli shunga bo’lgan ehtiyojdir. Tabiiy ehtiyojlar asos bo’lib, ularda sotsial ehtiyojlar paydo bo’ladi, rivojlanadi va qoniqtiriladi.
Shaxsning ijtimoiylashuv davri quyidagilar asosida kechadi:
1) Bolalik:
- agentlar va ijtimoiylashuv turlari.
2) Ota-onalik:
- otalar va bolalar: ikki dunyo;
- «otalar va bolalar» munosabatlarining mutanosibligi.
3) O’spirinlik:
- qadriyatlar parallel tizimi.
4) Balog’at yoshi:
- voyaga etgan inson maqomining asosiy mezoilari;
- voyaga etganlar - shaxs ijtimoiylashuvining faol payti.
5) Keksalik:
- ijtimoiylashuv ushbu davri maqomi va muammolar.
Ijtimoiy faoliyat va ijtimoiy fe`l-atvor mexanizmlari:
1) Faoliyat turlari.
2) Ehtiyojlar:
- tabiiy ehtiyojlar;
- biologik ehtiyojlar;
- ijtimoiy ehtiyojlar.
3) Ijtimoiy faoliyatni asoslovchi mexanizmlar:
- ehtiyojlar;
- qadriyatlar;
- manfaatlar va ularning o’zaro ta`siri;
4) Ijtimoiy nazorat.
5) Sanktsiyalar.
6) Ijtimoiy buyruq.
7) O’z-o’zini nazorat.
8) Tashqi nazorat.
9) Jamoatchilik fikri.
10) Deviant (jinoiy bo’lmagan) fe`l-atvor.
11) Delinkvent (jinoyi) fe`l-atvor.
12) Shaxsning muhim ijtimoiy-psixologik xislati - o’z-o’zini anglash kabilardir.
Umuman, ijtimoiy muhit ta`siri ostida shaxsning shakllanish jarayonini tasvirlash uchun «ijtimoiylashuv» tushunchasi XIX asr oxirida - paydo bo’ldi. Ijtimoiylashuv deganda, shaxsning o’z hayoti mobaynida o’zi mansub bo’lgan jamiyatning ijtimoiy me`yorlari va madaniy qadriyatlarini o’zlashtirish jarayoni tushuniladi. «Ijtimoiylashuv» tushunchasi «shaxsni tarbiyalash», «shaxsni shakllantirish» tushunchalari bilan chambas bog’liq, biroq u kengpoq tushuncha bo’lib, insonga barcha mumkin bo’lgan ta`sirlarni qamrab olishga imkon beradi.
Siyosiy ijtimoiylashuv individ tomonidan o’zining siyosatga qo’shiluvini ta`minlovchi siyosiy bilimlarni, qadriyatlarni, me`yorlarni, qoidalarni, xatti-harakat odobini o’zlashtirish jarayonidan iboratdir.
XX asr 90-yillarning boshlarida siyosiy ijtimoiylashuv jarayoniga hokimiyat muassasalariga ishonchning yo’qolishi, ularni siyosatda shaxsan qatnashishni istamaslik, buzg’unchilik, siyosiy norozilikning qo’poruvchilik usullari katta ta`sir ko’rsatib keldi. Rasmiy siyosat ko’pincha ko’pchilik kishilar uchun ma`naviy tayanch bo’lmay qolgan edi.
Turmush tarzidagi, ijtimoiy muhitdagi o’zgarishlar shaxs mavqeyni ancha murakkablashtirdi. Iqtisodiy jarayon xarakterida jiddiy o’zgarishlar yuz berdi. YAngi texnologiyalarning joriy qilinishi jiddiy o’zgarishlarga olib kela boshladi. O’tmishda siyosiy ijtimoiylashuv ikki tamoyil qarama-qarshiligi asosida kechdi:
1) Shaxsning ijtimoiy rivojlanishiga, uning siyosatda faol qatnashishiga jiddiy ijtimoiy ehtiyoj borligi ma`lum bo’ldi.
2) Ikkinchi tomondan inson hokimiyatdan, uning tashkilotlaridan siyosiy begonalashuvga olib kelgan edi.
Shaxsning dastlabki ijtimoiylashuvi uning kelib chiqishi bilan bog’liq. Inson ongiga oila katta ta`sir ko’rsatadi. Mashg’ulot turi, turmush darajasi, ma`lumoti, siyosiy yo’nalishi kabi omillar ta`sir qiladi.
Siyosiy ongni qayta qurish ko’pincha ilgarigi qoidalarni o’zgartirish natijasida yuz beradi. Siyosiy ong shakllanishida:
Siyosiy madaniyat o’sishi:
- turli, siyosiy tashkilotlar faoliyati;
- ommaviy axborot voistalari;
- norasmiy guruhlar;
- korxona jamoatlari;
- uyda yashovchilar;
- siyosiy partiyalar;
- kasaba uyushmalari;
- yoshlar tashkilotlari katta ta`sir ko’rsatadi.
Siyosiy ijtimoiylashuvda mafkura katta rol o’ynaydi. SHaxs siyosiy ijtimoiylashuvida siyosiy ong tuzilishi quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- ehtiyojlar va ijtimoiy kuzatishlar tizimini shakllantirish;
- o’z ijtimoiy guruhini tenglashtirish;
- o’z manfaatlarini anglash;
- siyosiy faoliyat imkoniyatlariga baho berish;
- ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar va dasturlar tizimini qabul kiladi.

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   279




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin