Sotsiologiyaa



Yüklə 4,54 Mb.
səhifə118/279
tarix24.12.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#192352
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   279
SOTSIOLOGIYA

- iqtisodiy sohada - bozor iqtisodiyoti amal qilishiga xizmat qiladigan sotsial institutlar;
- siyosiy sohada - demokratik hokimiyat turli bo’g’inlari faoliyatini ta’minlovchi sotsial institutlar hamda jamiyat barcha jabhalarida yangi jamiyat tarziga hozirlovchi turli xil sotsial institutlardir. Prezident Islom Karimov izchil tadbiq qilayotgan kontseptsiyaga muvofiq yangi sotsial institutlar an’anaviy sotsial institutlarga mutlaqo qarama-qarshi qo’yilmasdan, balki jamiyatimizning o’tmishi, hozirgi kuni va kelajagi vorisligini ta’minlashga xizmat qiladigan, jamiyatdan begonalashmagan, mamlakatimiz mintaqasiga mos keladigan sotsial institutlar faoliyatiga yo’l ochib berilmoqda.


IV.III.Sotsiologiyada oila ijtimоiy institut sifаtidа, uning strukturа vа funktsiyalаri. Оilаning tiplаri
Bu yoryg` dunyoda hayot bor ekan, oila bor.Oila bor ekan, farzand deb atalmish bebaho ne`mat bor.Farzand bor ekan, odamzot hamisha ezgu orzu va intilishlar bilan yashaydi.26
Oila sotsiologiyasi — sotsiologiyaning asosiy yo‘nalishlaridan bo‘lib, bu fan oilani nikoh asosida tashkil topgan, jamiyat taraqqiyotida muhim ijtimoiy vazifalarni bajaruvchi sotsial institut sifatida o‘rganadi. Oila sotsiologiyasining alohida o‘z vzzifalari mavjuddir. Ularga jamiyat taraqqiyoti davomida oilaning paydo bo‘lishi, rivojlanishi va mavjudlik qonuniyatlarini o‘rganish, oilaning mohiyati va faoliyati o‘zgarib borishini aniqlash, nikoh va oila turlari evolyutsiyasini o‘rganish, oilani tashkil topishi va taraqqyotida avlodlarning o‘zaro ta'sirini aniqlash, oila tarbiyasi, oilaning rekriativ faoliyatining va oila huquqining ijtimoiy mohiyatini ochib berish, mehnat taqsimotida oila o‘rnini o‘rganish kabilar kiradi.
Oila sotsiologiyasi oilaning tabiiy biologik, nikoh, qarindoshlik, ma'naviy iqtisodiy va huquqiy munosabatlar asosida insonlarni biriktiruvchi jamiyatniig kichik bir bo‘lagi sifatida o‘rganar ekan, uning jamiyat bilan o‘zaro bog‘liqligini asosiy e'tiborini qaratadi. Chunki jamiyat tashkil topishida uning davomiyligini ta'minlashda oila asosiy ijtimoiy, demografik manba hisoblanadi.
Insonning dunyoga kelishi, yangi avlod paydo bo‘lishi — avlodlar almashuvi asosan oilada sodir bo‘ladi. Farzand tug‘ilib, kamolga etib, shaxs sifatida shakllangunga qadar lozim bo‘lgan barcha ta'lim, tarbiya oila muhitida beriladi. Insonning ota-ona, qarindosh-urug‘iga, qariyalarga, atrof-muhitga va tabiatga bo‘lgan munosabatlari dastlab oilada shakllanadi. Shu bilan birga oila urf-odatlarini, qadriyatlarini avloddan-avlodga etkazuvchi sotsial institut hisoblanadi.
Oila asosini erkak bilan ayol o‘rtasidagi nikoh birligi tashkil etadi. Oila faqatgina erkak bilan ayol munosabatini emas, er bilan xotin, ota-onalar bilan bolalar munosabatini ifodalaydi. Oila jamiyat bag‘rida tashkil topdi, taraqqiy etib borar ekan, o‘zi ham ana shu jamiyatning kichik bir bo‘lagi sifatida namoyon bo‘ladi. Jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar oila taraqqiyotiga ta'sir etadi. Oiladagi ta'lim-tarbiya xususiyatlari esa jamiyatda o‘z aksini topadi. Shuning uchun ham oila va jamiyat o‘zaro bog‘liq holda taraqqiy etib, rivojlanadi.
Fanda oilaga quyidagicha ta`rif beriladi: «Oila – insonlarning tabiiy - biologik, nikoh, qon-qarindoshlik, iqtisodiy, huquqiy, ma`naviyat munosabatlariga asoslangan, turmush birligi va o’zaro javobgarlik his-tuyg’ulari orqali bog’langan ijtimoiy guruhdir».

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   279




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin