Sotsiologiyaa



Yüklə 4,54 Mb.
səhifə142/279
tarix24.12.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#192352
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   279
SOTSIOLOGIYA

a) Jinoyatchilik. Muayyan davlatda o’rnatilgan qonun va me`yorlarga nisbatan ayrim shaxslarning salbiy munosabati jinoiy faoliyat, mazkur shaxs esa jinoyatchi hisoblanadi.
b) Ichkilikbozlik. Bu borada ilmiy adabiyotlarda bir necha tasniflar mavjud: 1) Alkogolni har-har zamonda iste`mol kilish. 2) Alkogolni ko’p iste`mol qilish — spirtli ichimliklarni muntazam, ya`ni haftada bir martadan bir necha martagacha yoki, birvarakayiga o’rtada tanaffus bilan ko’p mikdorda (200 mlndan oshiq). Bu ko’pincha alkogolizmga olib keladi. 3) Alkogolizm — spirtli ichimliklarga patologik (muttasil) o’rganib qolish bilan tavsiflanuvchi kasallik.
v) Giyohvandlik. Giyohvand yoki unga tenglashtirilgan vositalarga muntazam ruju qo’yish va tibbiy ko’rsatmalarsiz iste`mol qilish.
g) Fohishabozlik. Fanda rasmiy nikohsiz jinsiy aloqa ikki turga bo’lib o’rganiladi: 1. Konkubinat - nikohsiz birga yashash. 2. Fohishabozlik- pul uchun o’z tanasini sotish.
G’arbda asosan ikkinchisi qoralansada, SHarkda ikkala holatga ham me`yordan og’ish sifatida qaraladi.
d) Byurokratiya. «Byurokratiya» termini aslida «hokimiyatga ega bo’lgan xodim» degan ma`noni anglatadi. Biroq davrlar o’tishi bilan «byurokratiya» mahalliychilik, qog’ozbozlik, to’rachilik, mansabni suiste`mol qilish kabi salbiy ma`nolarda qo’llanila boshladi. Hozirgi kunda ko’plab davlatlarda «byurokratiya» termini asil ma`nosini yo’qotib, boshqaruvdagi o’ziga xos idoraviy uslub tarzida tushuniladi.
Yuqoridagilardan tashqari mahalliychilik, urug’-aymoqchilik, boqimandachilik kabi salbiy holatlar ham ijtimoiy me`yordan chskinishning diqqattalab ko’rinishlaridan hisoblanadi.
Deviant xulq-atvor muammosini sotsiologiya fani doirasida dastlab E.Dyurkgeym maxsus o’rgangan bo’lsa-da, jamiyatning eng qadimiy muammolaridan biri sifatida deviant holatlarga munosabatlar qadim davrlardan shakllanib kelgan. Qadimgi xalqlarning diniy-mifologik tasavvurlari, xususan, Misr, Hindiston va Xitoy diniy qonun-qoidalaridagi axloqiy me`yorlar bu sohadagi dastlabki qarashlar edi. Qadimgi yunon va Rim faylasuflari ham o’z asarlarida mazkur muammolarni tahlil qilib berganlar.
O’rta asrlarda axloq me`yorlari diniy qarashlar ta`siri ostida rivojlandi va ulardan chekinish diniy nuqtai nazardan baholangan. Evropada xristian dini barcha sohada hukmronlik qilgan bo’lsa, Sharq dunyosida axloqiy-huquqiy me`yorlar va ular haqidagi ta`limotlar islom falsafasi ta`sirida rivojlandi.
XVII-XVIII asrlarga kelib, Evropada jamiyat rivojining kuchayishi axloq me`yorlarining xristiancha talablari doirasiga sig’may qoldi. XVIII asr mutafakkirlari ijtimoiy me`yor va undan chekinish muammosini yanada chuqurroq tahlil qildilar. Sh.L.Montesk`e, J.J.Russo, Ch.Bekkaria, Gel`vetsiy, D.Didro, P.Gol`bax, Morelli va Sh.Furelar o’z ilmiy izlanishlarida ijtimoiy me`yorlar, qadriyatlar uchun umumiy bo’lgan qonuniyatlarni topishga intilganlar.
XIX asr oxirlarida tabiiy fanlarda erishilgan ilmiy yutuqlar ijtimoiy fanlar taraqqiyotiga ham o’z ta`sirini ko’rsatdi. Xususan, sotsiologiyada ijtimoiy me`yordan og’ish holatlarini tushuntiruvchi dastlabki ta`limot — E.Dyurkgeymning «anomiya» g’oyasi yaratildi. Ma`lumki, sotsiologiyaning fan bo’lib shakllanishida ijtimoiy patologiya omiliga e`tibor qaratilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada E.Dyurkgeymning to’rtta asari chop etilgan bo’lib, shulardan biri «O’z joniga qasd qilish» (1897) kitobi deviantlik muammosiga bag’ishlangan edi.
Amerika sotsiologiyasida muhim o’rin tutuvchi ta`limotlardan biri E.Saterlendning differentsial aloqalar ta`limotidir. Bunga ko’ra, har qanday xulq-atvor, shu jumladan, deviant xulq-atvor ham o’rganiladi, ya`ni mavjud jamiyat a`zolari tomonidan mazkur xulq-atvor boshqalarga o’rgatiladi.
Deviant xulq-atvor muammolarini tahlil qilishda R.Merton ishlab chiqqan ta`limot sotsiologiyada etakchi o’rin tutadi. E. Dyurkgeymning anomiya g’oyasini rivojlantirib, Merton deviant xulq-atvorga quyidagicha ta`rif beradi: «Deviant xulq-atvor jamiyatda e`lon qilingan qadriyatlar va rasmiy xulq-atvor standartlari bilan aholi xulq-atvor motivlari hamda mavjud imkoniyatlarining bir-biriga mos kelmay qolishi natijasidir».50
Shaxslarda yuz beruvchi deviant holatlarning paydo bo’lishi, shakllanishi va rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo’lgan uchta omilni ko’rsatish mumkin. Bular shaxs xususiyatlari, muammoli holat va ijtimoiy nazorat institutlari. Aynan mana shu omillar shaxsning qanday faoliyat yuritishini belgilab beradi.
Shaxs xususiyatlarining shakllanishida asosan 3 ta omil muhim ahamiyat kasb etadi, bular: 1) irsiy omillar; 2) psixo-fiziologik omillar; 3) shaxsning bilim darajasi.
Shuningdek, ijtimoiy og’ishlarning yuz berishiga shaxsning qat`iyatli yoki qat`iyatsizligi, printsipialligi yoki printsipsizligi, qoidalarga bo’ysunish yoki bo’ysunmaslik odatlari, biron-bir qarorga kela olish imkoniyati, tashqi ta`sirga qanchalik berilishi, irodasi va boshqa shu kabi psixofiziologik holatlari, mijozi ham katta ta`sir ko’rsatadi.
Deviant xulq-atvorni o’rganishda muammoli vaziyat muhim ahamiyat kasb etadi. Muammoli vaziyat shunday holatki, u sub`ektdan echimini talab qiladi, uning echimi ijtimoiy me`yorlarda ko’rsatilgan bo’lsa-da, u yoki bu sabablarga ko’ra, ushbu me`yorlarni qo’llash qiyinroq bo’ladi.
Eng katta muammoli vaziyat ziddiyatli holatlarda, ya`ni turli shaxslar yoki guruhlarning manfaatlari bir-birlariga to’qnash kelganda yuz beradi. SHu o’rinda ta`kidlab o’tish joizki, o’z joniga qasd qilishlarning 40%i oilaviy ziddiyatlar oqibatida sodir etiladi.
Ziddiyatli holatlarning yuzaga kelishiga ba`zan shaxs xususiyatlari sabab bo’lsa, ba`zan kichik ijtimoiy guruhlar, oila, mahalla, ishlab chiqarish brigadasi a`zolari, sinfdoshlar orasidagi salbiy munosabatlar ham sabab bo’ladi.
Jamiyatda shaxs shakllanishiga ta`sir etuvchi muammoning va uni hal qilish imkoniyatlarining murakkabligi darajasiga ko’ra muammoli holatning to’rtta asosiy holati ko’zga tashlanadi: 1) hech qanaqa muammo yo’q holat, holat hech qanaqa qaror qabul qilishni talab qilmaydi; 2) muammo bor, biroq qiyinroq yoki osonroq bo’lsa-da, uning echimi ham ijtimoiy me`yorlarda ko’rsatilgan holat; 3) mavjud muammoni sub`ekt ijtimoiy me`yorlar doirasida hal qila olmaydigan holat; 4) muammoni hech qanaqasiga hal qilib bo’lmaydigan holat. Ushbu turlicha holatlar keng ko’lamda biridan ikkinchisiga o’tib turadi.
Muammoli holatning mazmuni sub`ektning individual maqsadlari bilan jamiyat manfaatlari orasidagi maqsadlar va unga erishishning mumkin bo’lgan vositalari orasidagi; faoliyatning kutilayotgan oqibatlari va uning qo’shimcha natijasi (ijobiy yoki salbiy) orasidagi, shuningdek, ijtimoiy me`yor talablari va shaxs xususiyatlari orasidagi ziddiyatlarning (ko’pincha o’ylab chiqarilgan) paydo bo’lishidan iboratdir.
Jamiyat a`zolari shaxsiy nuqtai nazarlarining shakllanishiga, ularning deviant xulq-atvorga nisbatan ijtimoiy faol munosabatlarining tarkib topishiga tarbiyaviy jarayonlar uchun bevosita mutasaddi shaxslar, tashkilotlar rahbarlarining o’rni va roli kattadir. «Ba`zilarga mumkin, boshqalarga mumkin emas», «hozir yaxshi, ertaga yomon» va shu kabi munosabat holatlarining ikkilamchi fe`l-atvor shaklida, ya`ni parallel standartlar yo’nalishida amal qilishiga izn berish juda xavflidir. SHu boisdan, har qanday holatlarda ham mansabdor shaxslar, turli jamoat tashkilotlari va mehnat jamoalarining rahbarlari, pedagog va tarbiyachilar, qonunni himoya qiluvchi tashkilotlar vakillarining xulq-atvor me`yorlarini buzishi qat`iy qoralanadi.
Deviant xulq-atvor turlariga kiruvchi ichkilikbozlik, giyohvandlik, o’z-o’zini o’ldirishlar bilan bog’liq ijtimoiy illatlarning har biri yuzaga kelishi va sotsial oqibatlariga ko’ra mohiyatan farqli jihatlarga egadir.

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   279




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin