O’quv fanining maqsadi va vazifalari Fanni o’qitishdan maqsad - talabalarda Sotsiologiya fani mazmuni va mohiyati, cosiologiya mutaxassisligining jamiyatdagi o’rni, xususiyatlari va kelajagi to’g’risida tasavvurlarni paydo qilish, ijtimoiy hayot muammolari yechimiga mos keladigan taklif va tavsiyalar mexanizmini ishlab chiqishda mazkur fanning roli haqida bilim, ko’nikma va malakalarini shakllantirish.
Fanning vazifalari- talabalarga jamiyat taraqqiyotidagi ijtimoiy muammolarni sosiologik nuqtai nazardan tushuntirish hamda fanning dolzarb masalalarini yechishning uslub va uslubiyotlarini, sosiologik tahlil va tavsiyanomalar yaratishni o’rgatish.
Fan bo’yicha talabalarning bilim, malaka va ko’nikmaga qo’yiladigan talablar «Sotsiologiya» o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
- jamiyatni yaxlit ijtimoiy tizimligi, shaxs va jamiyat munosabatlari,
ijtimoiy hodisalar va muammolarga sosiologik yondashish, ijtimoiy
taraqqiyotning asosiy omillari, ijtimoiy hayot faoliyatini
muvofiqlashtiradigan sotsial institutlar faoliyatini tahlil qilishni
bilishi kerak
talaba Sotsiologiya fanini mustaqil ijtimoiy fan sifatida shakllanishining tarixiy-siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy-falsafiy asoslarini; Sotsiologiya fani obyekti va predmeti, uning strukturasi va fanlar tizimidagi o’rnini; Sharq va G’apb mutafakkirlarining sosiologik ta’limotlari mazmunini; ijtimoiy taraqqiyot va uning asosiy shakllarini; ijtimoiy hayotda milliy g’oya va mafkuraning sosiologik ahamiyatini; shaxs ijtimoiylashuvi omillarini; jamiyatning sotsial strukturasi va uning o’zgarib borish xususiyatlarini; ijtimoiy-siyosiy jarayonlar ma’lum bir qonuniyatlar asosida kechishini; jamiyatda sodir bo’layotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning o’zaro bog’liqlikda ekanligini yaxlit idrok etishni; jamiyat rivojining asosiy omillarini tasniflay olish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak
talaba zamonaviy jamiyatda ro’y berayotgan ijtimoiy-siyosiy hodisalarni to’g’ri tavsiflay olishi; turli ijtimoiy-madaniy xususiyatda kechayotgan hodisalarni xolis qiyosiy taqqoslay olish; zamonaviy jamiyatdagi mavjud ijtimoiy muammolardan ustuvorlarini aniqlash va ularni obyektiv tahlil qila olishi; muayyan hodisa va voqyealarga kishilarning shaxsiy munosabatlarini o’rganishga qaratilgan tadqiqotlarda ishtirok etishi; ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy sohalarda o’tkazilgan amaliy sosiologik tadqiqotlar natijalaridan foydalana olish malakalariga ega bo’lishi kerak