4. Ibn Sino (980-1037) - Uyg’onish davri madaniyatining yirik mutafakkirlaridan biri. U 400 dan ortiq asar muallifi edi. Uning yozgan asarlari ilm – fanning barcha sohalariga taalluqlidir. Shundan 242 tasi bizga etib kelgan. Alloma asarlaridan 80 tasi falsafa, ilohiyot, tasavvuf, 43 tasi tabobat, 19 tasi mantiq, 26 tasi esa ruhshunoslikka bag’ishlangan. U Sharqda «Shayxur -rais» - «Olimlar boshlig’i» deb nom olgan. «Kitob ash shifo» («Davolash kitobi»), «Donishnoma», «Najoat», «Kitob ul insof» («Adolat kitobi»), “Kitob al-qonun fit tib» («Tib qonunlari kitobi») va boshqa asarlari bor. Ibn Sino o’zining bir nechta falsafiy risolalarida insonlar o’rtasidagi ijtimoiy, ma`naviy, axloqiy munosabatlarni atroflicha yoritib bergan. Mutafakkirning “Solomon va Ibsol”, “Yusuf qissasi” kabi asarlari bunga misol bo’la oladi. I.A Karimov o`z asarida allomaga quyidagisha ta`rif beradi “Ibn Sinoning butun faoliyati dunyo taraqqiyotini insonparvarlik ruhida, ya`ni, ma`naviy negizda rivojlantirishga ulkan ta`sir otkazdi, deb aytishga barcha asoslar bor”8 5. Ibn Xoldun (Ibn Xoldun Abdurahmon Abu Zayd 1332-1406) arab tarixchisi va mutafakkiri. U o’zining asarlarida «Sotsiologiya» (arab .ilm al-ijtimo`) faniga oid dadil fikrlarni o’rtaga tashlagan va Sharqda haqli ravishda shu fan asoschilaridan biri hisoblanadi. Uning «Kitob ul - Ibar» (1370) asarining muqaddima qismida tarixiy sotsiologik nazariyasi bayon etilgan. U insoniyat ijtimoiy fikri tarixida birinchi bo’lib, jamiyat, uning ichki rivojlanish qonuniyatlari va taraqqiyot an`analari haqidagi fanni yaratdi. Sharqning etuk sotsiologi bo’lgan Ibn Xaldun «Muqaddima» (1381) asarining «Kirish» qismidagi dastlabki bo’limni «Kishilarning umumiy ijtimoiy hayoti to’g’risida» deb nomlagan. Ibn Xaldun sotsiologik ta`limotining asosiy mohiyati quyidagilardan iborat:
1) «Insoniyat jamiyati vujudga kelishining mohiyati sabablari, mavjudligi va mazmunli hayot kechirishning asosiy shart - sharoitlari, avvalo ularning (insonlarning) o’zaro munosabatlaridan iborat bo’ladi.
2) Tabiiy fizik - jug’rofiy muhitning hayotga ta`siri jismoniy qiyofa va kishilarning ruhiyatida ko’rinib, bu jarayonda ikki - tabiiy jug’rofik va ijtimoiy muhit bir - biri bilan bevosita munosabat va ta`sirda bo’ladi.
3) Tabiylikdan yuqori bo’lgan kuchning jamiyat hayotiga ta`siri va bu ta`sirdan qutilish imkoniyatlari.
4) Insoniyat jamiyati kishilarning ana shu birikmasi birlashmasining natijasidir».
5) Bunday insoniyat uyushmalarini boshliqlar boshqaradi va uning tanlanishi Alloh tomonidan emas, balki insonning hayot vositalariga bo’lgan intilish va tabiiy ehtiyojlari tufayli sodir bo’ladi.
Ibn Xaldundagi bu qarashning yunon faylasuflari Arastu va boshqalarning «inson siyosiy majudotdir» degan g’oyasidan farqi ham shundadir.
6) Insonning ijtimoiy mavjudligini uning faqat ma`naviy tabiatidan emas, balki tabiiy ehtiyojlaridan keltirib chiqaradi.
Kishilar mavjud ekan, ularning ehtiyoj va intilishlari o’rtasida farq bo’lishi tabiiy va ayrim aholi guruhlari hamda shaxslar o’rtasida kelishmovchilik, qarama - qarashliklar sodir bo’ladi. Bu esa tartib o’rnatish va tashkil qilish ishlarini o’rtaga qo’yadiki, buni «hokimiyat» amalga oshiradi. Bu g’oya ham Ibn Xaldun qarashlarining muhim xulosalaridandir.
Ibn Xaldun mulkni va mulkiy munosabatlarni tartibga soluvchi va himoya qiluvchi kuch esa davlatdir, deb yozadi.
Noroziliklarning bosh sababchisi hukmron sinf vakillarining adolatsizlik va zo’ravonlikka asoslangan siyosati natijasidir. Uning nazarida shoh 2 toifaga: adolatli va adolatsiz shohga bo’linadi. Yaxshi hukmdor shunday hukmdorki, uning siyosati kuchini xalqi zo’r-bazo’r sezadi va u o’z fuqarolari bilan yumshoq, adolatli muomalada bo’ladi. Chunki o’z siyosatini adolat asosiga qurgan shohning fuqarolari kuchli va erkin bo’ladi, buning oqibatida ular qudratli yaratuvchi kuchga aylanadilar.
Shu bois mutafakkir shohlarga maslahat berib, xalq erkinligini haddan ortiq bo’g’maslikka va erkinlik berishga chaqiradi: «Agar tarbiya kuch ishlatish, qo’rqitish yo’li bilan bo’lar ekan, u xoh o’quvchi, xoh qul, xoh xizmatkor bo’lsin, ularga qo’rqinch tahdid qilib turadi, natijada fuqaro ruhining o’sishiga xalaqit beradi, harakatchanlikni so’ndiradi va uning o’rniga yalqovlik, aldash, yolg’onchilikni kuchaytiradi. Bu sifatlar aynan shu zo’ravonlik ta`sirida sodir bo’ladi.