Sotsiologiyaa


Demak, har qanday sotsiolog



Yüklə 4,54 Mb.
səhifə57/279
tarix24.12.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#192352
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   279
SOTSIOLOGIYA

Demak, har qanday sotsiolog:


a) ijtimoiy fikr; b) har bir individ fikrini tahlil va sintezdan o’tkazishi kerak.
Forobiy fikricha, davlat - ijtimoiy tuzumni boshqaruvchi tashkilot, uni muvaffaqiyatli boshqarish esa ko’p jihatdan davlat boshlig’i, hokimning fazilatlariga bog’liq. «Fozillar shahrining birinchi boshlig’i - shu shahar aholisiga imomlik qiluvchi oqil kishi bo’lib, u tabiatan 12 xislat, fazilatni o’zida birlashtirgan bo’lishi zarur», deydi. Bular:
1) hokimning to’rt muchali sog’-salomat bo’lib, o’ziga yuklangan vazifalarni oson bajarishi lozim;
2) nozik farosatli, xotirasi yaxshi, zehnli, fikrini ravshan tushuntira oladigan, bilim, ma`rifatga havasli bo’lishi;
3) taom eyishda, ichimlikda, ayollarga yaqinlik qilishda ochofat bo’lmasligi, o’zini tiya oladigan bo’lishi va haqiqatni sevadigan, yolg’on va yolg’onchilarni yomon ko’radigan, oliyhimmat bo’lishi, oliy ishlarga intilishi zarur;
4) mol - dunyo ketidan quvmaydigan;
5) tabiatan adolatparvar, istibdod va jabr - zulmni yomon ko’ruvchi, sabotli, jur`atli, jasur bo’lish, qo’rqoqlik va hadiksirashlarga yo’l qo’ymaslik kabi xislatlardir.
Forobiy o’z zamonasining qomusiy olimlaridan biri bo’lib, ilk bor to’liq ilmlar tasnifini yaratdi. Uning «Kitob fi ixso al-ulum va at-ta`rif» («Ilmlarning kelib chiqishi va tasnifi») yoki qisqacha nomi «Ixso al-ulum» («Ilmlar tasnifi») asarida ilmlar quyidagicha tasnif qilingan:

1. Til haqidagi.

2. Mantiq.

3. Riyoziyot.

4.Tabiiy va diniy ilmlar yoki metafizika.

5. Shaharlarni boshqarish ilmi yoki siyosat, fikh va kalom ilmlari va h. k.


Forobiy «Ilmiy san`atlar haqida» gi risolasida ilmlarning quyidagi tasnifini keltiradi:

1. Hayotni tartibga soluvchi va hayotiy ishlar to’g’risidagi ilmlar majmui.

2. Shariat:

a) Qur`on.

b) Qur`on talqini ilmi.

v) Payg’ambarlar rivoyatlari ilmi.

g) Fikh, sunnat va buyurilgan narsalar.

d) Xutba, va`da berish, fidoyilik ilmlari.


Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   279




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin