Sotsiologiyaa



Yüklə 4,54 Mb.
səhifə94/279
tarix24.12.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#192352
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   279
SOTSIOLOGIYA

Ijtimoiy munosabatlar - kishilarning faoliyati jarayonida yuzaga kelgan o’zaro munosabatlar. Ular turli jamoalar, ijtimoiy guruhlar, sinflar va ularni tashkil qilgan kishilar o’rtasidagi munosabatlar bo’lib, ularni bir butun sotsial organizm qilib bog’laydi. Ijtimoiy munosabatlar jamiyatda ijtimoiy ishlab chiqarish vujudga kelishi bilan paydo bo’ladi.
Ijtimoiy ishlab chiqarishning paydo bo’lishi jamiyat taraqqiyotida chorvachilik paydo bo’lishi, dehkonchilik, savdoning yuzaga kelishi bilan bog’liq. Ijtimoiy munosabatlarning turlari: hamfikrlilik, kooperatsiya, konfliktlar, kurash, befarqlik, begonalashuv, krizis, kamsitish, tengsizlik. Ijtimoiy munosabatlar o’z mohiyatlari bilan jamiyat tarakqiyotiga ijobiy ham salbiy ta`sir etadi.
Ijobiy munosabatlar ta`siri: hamfikrlilik, kooperatsiya, kurash.
Salbiy ta`sirli munosabatlar: befarqlik, kamsitish, konfliktlar, begonalashuv, krizis, tengsizlik.
Jamiyatning «ijtimoiylik» sistemasi unsurlar uyushmasining sifatli munosabatlarini hodisalar va jarayonlarda aks ettiradi. «Ijtimoiylik» sistemasining asosiy19 unsurlarini ijtimoiy jamoalar tashkil etadi, ya'ni bular sinflar, millatlar, professional, demografik, xududiy va siyosiy guruhlardir. «Ijtimoiy» sistemasining elementini kishilar tashkil etadi. Bunda har xil ijtimoiy jamoalar birlashgan kishilar bir-birlari bilan o‘zaro aloqadorlikda bo‘ladilar. Ushbu aloqadorlik jarayonida kishilar ma'lum bir individga va ma'lum bir mehatga ta'sir o‘tkazadilar.
Jamiyat tushunchasi va jamiyat to‘g‘risidagi fikrlar
M.Vеbеr fikricha,jamiyat- sotsial, ya'ni boshqa insonlarga yo`naltirilgan harakatlar mahsuli bo`lgan insonlar munosabatidir.
T.Parsons fikricha esa,jamiyat qadriyatlar va mе'yorlar orqali tuziladigan munosabatlar tizimi.
K.Marks fikricha esa,jamiyat-insonlarning birgalikdagi faoliyati jarayonida paydo bo`luvchi munosabatlar majmuasidir.
Ingliz olimi G.Spеnsеr jamiyatni tirik biologik organizmga analogiya qiladi.Uning fikricha, o`xshashliklar quyidagilardan iborat:
1)Jamiyat tirik biologik organizm singari o`z mavjudligi jarayonida o`sadi va rivojlanadi;
2)biologik evolyutsiya jarayonida tirik organizm strukturasi rivojlangani singari jamiyat ham vaqt mobaynida strukturaviy o`zgarishlarga yuz tutadi;
3)biologik organizm kabi sotsial organizmda har bir a'zo o`z funktsiyasini bajaradi;
4)biologik organizmning biror a'zosi o`z funktsiyasini bajara olmasligi butun organizmga ta'sir qilganidеk,jamiyatning biror bo`g`ini faoliyatini olib bormasa,butun jamiyat krizisga uchrashi mumkin.
Ba'zan davlat va jamiyat tushunchalari bir ma'noda ishlatiladi.Lеkin ular o`rtasida muayyan farqlar mavjud.Jamiyat davlatga nisbatan kеngroq tushuncha hisoblanadi.Davlat taraqqiyotning mеhnat taqsimoti davrida vujudga kеlgan,jamiyat hayotini tartibga solish maqsadida paydo bo`lgan,ma'lum kishilardan tashkil topgan katta sotsial guruhdir.
K.Marks fikricha, davlat-ko`pchilikni ozchilikka bo`ysindiruvchi apparatdir.
Mamlakat-davlat suvеrеnitеtidan foydalanuvchi va hududiy chеgaralarga ega bo`lgan dunyoning bir qismi yoki hududi.
Davlat-ma'lum mamlakatning aniq siyosiy rеjimga asoslangan,boshqaruv bo`g`inlari va hukumat strukturasiga ega xokimiyat.
O. Kontning sotsiologik nazariyasida ham aks ettirilgan. O. Kont D. Yum, A. Smit, Russo, Sen-Simonlarning jamiyat to‘g‘risidagi nazariyalarini rivojlantirdi.O. Kont sotsiologiyasida psixologiya, siyosiy iqtisod, etika, falsafa tarixi fanlariniig tushuncha va metodologiyasi, sintezlashtiriladi. Jamiyat, oila, xalq, millat barcha insoniyatning axloqiy xissiyotlarini qamrab olgan axloqiy xissiyotning organik natijasi deyiladi. Jamiyat — o‘zaro munosabatda bo‘lgan «zarrachalar», «elementlar», «atomlar»ning avtomatik harakatda bo‘lgan mexanizmi deb qaraladi. Individ xatti-harakatlari va qiziqishlarini O. Kont abstraksiya deb hisoblaydi. Ijtimoiylikning ajralmas unsuri sifatida inson emas, oilani olib, oila jamiyatning ijtimoiy organizmini birligini tashkil etadi, deydi. Bu yerda kishilarning o‘zaro aloqadorligi («assotsiatsiya») emas, balki ajralmas birligi hukmronlik qiladi, deb o‘z fikrlarini Kont davom ettiradi.

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   279




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin