Sotsiologiyaa


Jamiyat har bir sohasi ishlab chiqarish taraqqiyotida ma'lum bir funksiyalarni bajaradi



Yüklə 4,54 Mb.
səhifə93/279
tarix24.12.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#192352
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   279
SOTSIOLOGIYA

Jamiyat har bir sohasi ishlab chiqarish taraqqiyotida ma'lum bir funksiyalarni bajaradi:
iqtisodiy munosabatlar—moddiy ishlab chiqarish funksiyasini,
ijtimoiy munosabatlar—ijtimoiylashuvini (sotsializatsiya),
siyosiy munosabatlar — ijtimoiy boshqaruvni (elementlar nazorati) mafkuraviy munosabatlar — ma'naviy ishlab chiqarish funksiyasi va boshqlar.
Ijtimoiy struktura - jamiyatning ijtimoiy asosidir. Sotsiologiya nazariyasida barcha ijtimoiy tizimlar ikki xil munosabatda mavjud bo’ladi:
1. Sotsietal` munosabatlar.
2. Ijtimoiy munosabatlar
1. Sotsietal munosabatlar sistemasiga: jamiyatning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va mafkuraviy munosabatlari kiradi. Ular bir-birlari bilan uzviy aloqador tizimga ega. Sotsietal` sistemasida ierarxik qaramlik mavjud. Ya`ni, bunda iqtisodiy munosabat belgilovchi omil bo’ladi. Demak, sotsietal munosabatlar sistemasi tuzilishi:
1) iqtisodiy: (asoschisi A.Smit: «Dunyodagi barcha narsalar mehnatning mahsuli, mehnat taqsimoti natijasida har birin individ o’zi uchun ishlaydi va boshqalar uchun ham ishlashga majbur bo’ladi, u boshqalar uchun ishlaganda o’zi uchun ham ishlaydi);
Sotsietal sistemalarning bir-biri bilan o‘zaro uzviy aloqada bo‘lishi dialektik xarakterga ega edi. Shuning uchun aynan shu sistemada ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlari, bazis va ustqurma, ijtimoiy borliq va ijtimoiy ong kabi falsafiy kategoriyalar ishlatiladi. Siyosiy iqtisod nazariyasining asoschisi A. Smit jamiyat taraqqiyoti va rivojlanishini quyidagicha ifodalagan edi: «Dunyodagi barcha narsalar mehnatning mahsulidir, mehnat taqsimoti natijasida har bir individ o‘zi uchun ishlaydi va boshqalar uchun ishlashga ham majbur bo‘ladi, u boshqalar uchun ishlaganda. aksincha o‘zi uchun han ishlaydi». Biz sotsnologik nuqtai-nazardan jamiyat — bu birgalikda yashovchi kishilarning, o‘zaro bir-biri bilan ijtimoiy aloqada bo‘lib, o‘z faoliyatlarida bir-biriga ta’sir ko‘rsatuvchi uyushmasidir. Jamiyat tashkil topishi uchun eng kamida ikki kishi bo‘lishi kerak va bular o‘zaro hamkorlikda bo‘lib turishlari kerak, bu jamiyatning oddiy ko‘rinishi bo‘lib, uning murakkab shakllalarini shakllantirib boradi, ya'ni oilaning qurilishi bu oddiy jamiyat, bu jamiyatda A. Smit ta'rifi bo‘yicha jamiyat a'zosi ham o‘zi uchun, ham o‘zga bir kishilar uchun ishlaydi, murakkab jamiyatni shakllanishiga o‘z oilasi bilan xissa qo‘shadi. Biz bu misollarni yana partiyalar tuzilishida, diniy yoki zamonaviy guruhlarning paydo bo‘lishida ko‘rib borishimiz mumkin, qaysidir bir dinning rivojlanishi natijasida dindorlar jamiyati oddiylikdan murakkablik sari boradi, partiya tashkilotlari va guruhlar tuzilishida ham aynan shunday sotsietal sistema munosabatlarini ko‘rib borishimiz mumkin.
2) ijtimoiy: a) ijtimoiy munosabatlar asosiy elementi ijtimoiy jamoalar tashkil etadi (sinflar, millatlar, professional, demografik, hududiy, siyosiy guruhlar); b) elementi (kishilar jamoaga birikadigan insonlar); v) oila tashkil etadi.
3) siyosiy;
4) mafkuraviy.
2. Ijtimoiy munosabatlar: («ijtimoiy» sistema elementi –kishilar).

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   279




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin