Sovet tuzumining qatag`on siyosati



Yüklə 51,31 Kb.
səhifə1/2
tarix24.03.2023
ölçüsü51,31 Kb.
#89393
  1   2
Sovet tuzumining qatag`on siyosati-fayllar.org


Sovet tuzumining qatag`on siyosati


SOVET TUZUMINING QATAG`ON SIYOSATI
Reja:



    1. Sovet tuzumining qatag`on siyosati boshlanishi.


    2. O`zbekiston milliy arboblari, ma`rifatparvar, yozuvchi va shoirlarning qatag`on qilishi.


    3. XX asrning 20-30-yillarida O`zbekistonda o`tkazilgan sanoatlashtirish va jamoalashtirish siyosati, uning salbiy oqibatlari.


    4. XX asrning 20-30-yillarida madaniy qurilishining asosiy yo`nalishlari va muammolari.


    5. II-jahon urushi yillarida O`zbekistonliklarning g`alabaga qo`shgan hissasi.


    6. XX asrning 50-80-yillarida O`zbekistonda iqtisodiyotning bir tomonlama rivojlantirilishi. Ma`naviy hayotdagi ziddiyatlar.

Sobiq Ittifoqning tarixi sahifalarida millionlab fuqarolarning qonlari bilan yozilgan sahifalari mavjud bo`lib, bu mustabid sovet tuzumining qatag`onlik siyosatidir.
XX asrning 30 yillariga kelib jahon xaritasida mutlaqo qayd etilmagan "Gulag" lagerlari tashkil topdi. Uning fuqarolari haq-huquqsiz Sovet Ittifoqi Qahramonlari, mashhur fan-arboblari, mohir diplomat, shoir va yozuvchi, rassom yoki nomlari hech kimga ma`lum bo`lmagan ishchi, kolxozchilar edi.
Bu albatta sovet davlatining qatag`onlik siyosati natijasi edi. Turkiston ozodligi uchun kurashganlarni «Bosmachi» tamg`asi bilan yo`q qilinib tashlandi. So`ng aholini mehnat qilib biror narsa orttirgan o`rta hol qismi bu baloga giriftor etildi.
Alohida hech qanday g`ayri qonuniy harakatlar sodir qilmagan partiyaning ichki muholiflari 20-yillarning 2-yarmidan boshlaboq qamoqqa olindi va surgun qilindi. Shundan keyin qatag`onlar ko`payib, ularning sabablari esa soxtalashtirildi. Bu birinchi galda jadid maktablarining mutaxassislari: olimlar, injenerlar, agronomlar, iqtisodchilar va ziyolilar guruhiga ta`lluqli edi. Ularning ko`pchiligini josuslar «qo`poruvchilar» «xalq dushmani» deb e`lon qilinib, turli xil jazolarga (qamoq, surgun, otuv va h.k.) hukm qilindi.
Kishloq xo`jaligini yoppasiga kollektivlashtirish davrida dexqonlarning anchagina qatlamlari qatag`on qilindi. Yangi qurlishlardagi yosh ishchilar, qishloqlarda naridan beri o`qitilgan mexanizatorlar ko`pincha texnika buzilishida aybdor bo`lib qoladilar. Bu ham keyinroq sinfiy dushman qo`poruvchiligi sifatida baholanadigan bo`ldi.
«Sinfiy dushman unsurlar»ga qarshi ishlarni 1929 yildan e`tiboran «uchlik» deb ataluvchi komissiyalar ko`rib chiqa boshladilar. Uning tarkibi quyidagicha bo`lar edi: ya`ni, Raykomning birinchi sekretari, Rayon ijroiya komiteti raisi, Rayon GPUsining boshlig`idan iborat bo`lar edi. Mahkum etilganlar shimolga GULag Arxipelaglariga tushar edilar.
Qatag`onlar 30-yillar boshigacha asosiy sinfiy dushman unsurlar-«quloqlar», «burjua mutaxassislari»ga qarshi kurash ostida olib borildi.
1934 yildan boshlab qatag`onlar partiyaning avvalgidan ham kengroq ko`lamda ya`ni, «Fashizm agenti», «Kapitalistik burjua davlat tarafdori», «Antisovet markaz tashkilotchisi», «Ko`poruvchi», «Shpion» kabi aybnomalar ostida boshlanib ketdi. Bunga MK siyosiy byurosining a`zosi, partiya MK va Leningrad shahar komitetining sekretari S.M.Kirovning 1934 yilning 1 dekabrida o`ldirilishi bahona bo`ldi. Bu ishning shaxsan uyushtiruvchisi Stalin edi, ammo bu ishdan xabardor bo`lgan barcha guvohlar yo`qotildi.
Davlat jinoyatchilari uchun qamoq muddati 10 yildan 25 yilgacha oshirildi. VKP(b) MKning sekretari Kaganovichning taklifiga ko`ra, siyosiy ayblovlar bo`yicha ishlar suddan tashqari tartibda, lekin oliy jazo chorasi qo`llanilgan holda qarab chiqila boshlandi. 1934 yil OGPU ichki ishlar xalq Komisarligi qilib qayta o`zgartirildi (NKVD-ruscha-muallif).
1937 yili dunyo matbuotida harbiylar ishi deb atalgan sud prosessi e`lon qilindi. Unda Qizil Armiya harbiy boshliqlarining ko`pchiligi Stalin tomonidan qoralandi. 1937 yilning 2 iyunidagi gazetalarda Harbiy Kollegiya sudiga yirik harbiy boshliqlar: M.N.Tuxachevskiy, I.E.Yarkin, I.P.Uborovich, R.P. Eydeman berilgani e`lon qilindi va ular shu kunning o`zidayoq otishga hukm qilindilar. Bunday qatag`on ilgari Qizil Armiya safini podsho zabitlaridan, generallaridan tozalash sifatida 20-yillarda bo`lgan bo`lsa, 30-yillar oxirida endi sotqin, «Troskiychi-Zinobyevchi» inqilob dushmani kabi soxta ayblovlar bilan almashgan edi.
Voroshilovning ma`lumotiga ko`ra, 20 yildan 30 - yillarning yarmigacha Qizil Armiya safidan 47 mingta harbiy va 5 mingta muxolif chetlatilgan. O`sha paytda SSSRda 5ta marshal bo`lgan bo`lsa, shundan 3 tasi: Tuxachevskiy, Yegorov, Blyuxer terror qurboni bo`ldi. Faqat Voroshilov va Budyonniy tirik qolgan edilar. Stalin qatag`onlarining xususiyatli tomoni shunda ediki, bu qatag`ondan hukumat boshliqlaridan tortib farroshgacha qochib qutula olmas va ular uchun keragicha aybnoma topilar edi. Masalan: 1928 yili Yoqutlar isyonidan keyin 35 ming kishi otib tashlandi, 1930 yil boshida Ukrainani ajratib olish ittifoqi ishi sudda ko`rildi va professor Yefremov va Chekovskiylar hamda ko`plab kazaklar yo`q qilindi.
Markazda va joylarda harbiylar, injenerlar, razvedkachilar, partiya va Sovet rahbarlariga qarshi o`tkazilgan qatag`onlar mudofaa salohiyatiga berilgan ulkan zarba bo`ldi. Stalin Gitlerchilar Germaniyasining harbiy rejalari to`g`risidagi qimmatli ma`lumot olishga erishgan razvedkaga ishonmay Qizil Armiya Bosh Shtabi Bosh Razvedka Boshqarmasining 5ta boshlig`ini birin ketin qatag`on qildi.
Qatag`on haqida general - leytenant Pavlenko shunday degan edi; «Dunyo tarixida yaqinlashib kelayotgan urush arafasida hech qaysi mamlakat ayovsiz va keng doirada o`z harbiy mutaxassislarini yo`q qilganini bilmaydi».
1937-1938 yillar qatag`on avjiga chiqqan davr bo`lib bunda ko`plab partiya va davlat arboblarini nohaq qurbon qilindi. Jumladan, butun boshqaruv apparati Leningradda yo`q qilindi. Bunday qatag`onlar RSFSR, Ukraina, Ozarbajon, Gruziya, Armanistonda ham keng qo`lamda amalga oshirildi.
Sovet fanining nazariyotchilari, olimlar va novatorlari ham qatag`on qurbonlari bo`ldilar. Masalan: genetika fanining otasi Vavilov, geografik - biosfera ta`minot nazariyotchisi Vernadskiy V.I., Ioffe - fizik, Luzin - buyuk matematik, Lisenko - biolog nazariyotchi, Bulgakov, Platonov kabi adabiyot nomoyandalari va xokozalarning qatag`on etilishi ilm-fan va madaniyatning chinakam fojeasi bo`ldi.
O`zbekistondagi partiya xodimlari va davlat arboblarining yo`q qilinishi ham o`ziga xos tarzda amalga oshirildi. Butun Sobiq ittifoqda bo`layotgan qatag`on siyosati O`zbekistonni ham chetlab o`tmadi. Stalin va uning qonxo`r jallodlari o`zbek xalqining chin farzandiga nisbatan ham qatag`onlar yo`lini tutdilar. O`zbekistonda qamalmagan biror taniqli shaxs, rahbar, partiya xodimlari qoldirilmadi. Ayrimlari yaqqol ko`zga tashlanmaganlar xufiy nazoratga olindi.
Respublikada birinchi qatag`on qurboni respublika Xalq Komissarlari Soveti raisi Fayzulla Xo`jayev edi. U 1896 yili Buxoroda savdogar millioner oilasida dunyoga kelgan. Fayzulla Xo`jayev 1922-1924 yillarda Buxoro Respublikasi Mehnat va Mudofaa Sovetining raisi bo`ldi.
1920 yil 11 sentabrda BKP safiga kirdi. So`ngra Buxoro Komunistik Partiyasi MK tarkibiga ham kiritildi. 1920 yil oktabrda Buxoro Xalq Nozirlari Soveti raisi qilib saylandi.
RKP(b) MKning 1924 yil 5 noyabrdagi qaroriga binoan O`zbekiston revkomi raisi etib tasdiqlandi. 1925 yil 14 fevraldan 1937 yil 17 iyungacha O`zbekiston SSR XKS raisi lavozimida ishladi.
1923 yilning boshlarida F.Xo`jayev Germaniyada bo`ladi. Maqsad el dardiga davo izlash ya`ni, Germaniyaning Buxorodagi elchixonasini ochish, Rossiyaning Buxoro Xalq Respublikasi ichki ishlariga aralashuvini oldini olish edi.
Fayzulla Xo`jayev siyosiy bilimli, madaniyatli, savdoxonli bo`lishga doim katta e`tibor bergan. Mana uning o`z yaqinlari davrasida aytgan so`zlari: "Sizlar o`qimay qo`ydinglar. O`z ustimizdan ishlamayapmiz. Madaniy darajamiz va ma`naviy qiyofamiz achinarli holatga kelib qoldi. Biz ana shu savodsizligimiz oqibatida Vatanni, Buxoroni boy berib qo`ydik. Shu sababli ham o`z Vatanimizda rahbarlik ishlarini qo`lga ololmadik va mustaqillik yo`lida aql bilan ish yurita bilmadik."
1938 yilning 2-13 martida Moskvadagi Soyuzlar uyining katta zalida F.Xo`jayev va bir guruh partiya Sovet xodimlari sud qilindi. Unga Sovetlarga qarshi, millatchi degan aybnoma qo`yildi va otib tashlandi. Keyinchalik Fayzulla Xo`jayev o`limidan so`ng oqlandi.
1937 yilgi qatag`on Akmal Ikromovni ham chetlab o`tmadi. A. Ikromov qanday odam edi?
U 1898 yil 14 noyabrda Toshkentdagi O`hchi mahallasida yashovchi Ikrom domla oilasida dunyoga keldi. Onasi Tojiniso opa ma`rifatli ayol edi. Ular uylarida ochilgan maktabda bolalarni o`qitar edilar. Yosh Akmal ham ularga qo`shilib savodini chiqaradi, diniy va dunyoviy darsliklarni, kitoblarni o`qish imkoniyatiga ega bo`ldi. 1918 yil 18 fevralda eski shahar tashkiloti A. Ikrsmovni bolsheviklar safiga qabul qiladi. Ushbu davrdagi barcha ziyolilar qatori u ham sovet mafkurachilarining nayrangiga ishonib aldandi. Shu kundan e`tiboran u, partiya qayerga yuborgan bo`lsa o`sha yerda, o`z kuchi va bilimini ayamay sarf qildi. 1926 yilda "Hujum" tadbiri buyicha partiya a`zosi sifatida Toshkent, Farg`ona, Namangan, Karshi, Termiz va boshqa shaharlarda faol xotin-qizlar bilan uchrashdi. 1926 yilda Mehnat Qizil Bayroq, 1935 yil dekabrida Lenin ordeni bilan taqdirlandi.
1937 yil 2-13 mart kunlari Moskvadagi Soyuzlar uyning katta zalida F.Xo`jayev, A.Ikromov va boshqalar sud qilinadi va 15 mart kuni shoshilinch ravishda qamoqxonada otib tashlanadi.
Toshkendagi qamoqxonada ushlab turilgan xotini Zelkina ham 1938 yilning 7 oktabrida otib tashlanadi. Akmal Ikromovning 5ta aka ukalari va 2ta o`g`li ko`p yillar davomida qamoq va surgunlarda sarson bo`lishadi.
1953 yil iyul Plenum qarorlari asosida tuzilgan maxsus komissiya ishi asosida 1957 yil 31 iyuldagi qaroriga asosan A. Ikromov oqlandi va partiya safiga qayta tiklandi.
Ana shunday qatag`on qilinganlardan yana biri Nazir To`raqulov bo`lib, u 1892 yilda Qo`qon shahrida o`ziga to`q oilada dunyoga kelgan. Uning otasi o`z davrining ziyoli, rus tilini yaxshi biladigan kishilardan edi.
Rus-tuzem maktabini tamomlagan Nazir To`raqulov, keyinchalik savdo bilim yurtida o`qidi. 1913 yili To`raqulov savdo institutiga o`qishga kirdi. U birinchi jahon imperialistik urushida, bolsheviklar inqilobi g`alabasiga ham o`zining munosib hissasini qo`shdi.
1918 yil oktabrida Ko`qon Soveti ijroko`mi kotibi To`raqulov bolsheviklar partiyasi safiga kirdi. 1919 yil 15 avgustda Farg`ona viloyat musulmonlar organi bo`lgan "Yangi Sharq" gazetasi muharriri etib tayinlandi.
1919 yil sentabrida Nazir To`raqulov MIK raisi etib saylandi. 1920 yil iyunida Turkkompartiyasi o`lka musulmonlari byurosi va chet el kommunistlarining tashkilotlari birlashdi va unga rahbarlik qilish Kuybishevning taklifiga ko`ra To`raqulov rais etib saylandi.
1922 yil iyulida To`raqulov Samarqand viloyat partiya tashkilotlaridan bolsheviklarning Butun Rossiya XII konferensiyasiga delegat qilib saylandi. Konferensiya tugagach, Moskvada SSSR xalqlari Markaziy nashriyot boshqarmasi raisi etib saylandi. O`z ustida tinmay ishlashi natijasida To`rakulov ko`p tillarni o`rganadi. Shuning uchun ham 1928 yilda diplomatik ishga o`tkazilib Saudiya Arabstonidagi «Hijoz» viloyatiga konsul qilib tayinlanadi. Bu yerda 4 yil ishlagach, 1932 yildan Sovet Ittifoqining Saudiya Arabistonidagi muxtor elchisi sifatida faoliyat yuritadi.
1936 yilda SSSRga qaytib kelgach, Sharq xalqlari tillari va adabiyotida ilmiy xodim bo`lib ishlagan davrda u ko`pgina nazariy maqolalar va qiziqarli materiallar chop ettardi. Ammo u davrda Stalin shaxsiga sig`inish siyosati avj olayotgan bo`lib, mamlakatda zo`ravonlik tobora kuchayib borayotganligi sababli N. Turaqulov ham tinch ijodiy ish bilan shug`ullanish imkoniyatidan mahrum bo`ladi. Asossiz ayblar, tuhmatlar asosida hibsga olingan va ho`rlangan Nazir Turaqulov 1939 yilda qatag`on siyosatining qurboni bo`ldi.
Ilg`or fikrli yozuvchi va shoirlarning qatag`on qilinishi. XX asrning 20-40 yillarda Cho`lpon, Fitrat, Botu, Abdulla Qodiriy, Usmon Nosir, Otajon Hoshim, Abdulla Alvoniy, Elbek, Rafiq Mo`min singari bir-biridan iste`dodli adiblar ma`rifat targ`ibotchilarini ham qatag`on to`lqini o`ziga tortdi. Shuningdek, o`zbek romanchilarining otasi Abdulla Qodiriy, talantli yozuvchi Oybek, Shuhrat, Mirzakalon Ismoiliy, Sayid Ahmad, Shukurullo «Xalq dushmani» deb e`lon qilindi. Ularning asarlari man qilinib o`zlari qamoqqa olinib stalincha lagerlarga jo`natildi.
Bundan tashqari chet elda bo`lib kelgan bir qancha ziyolilarimiz Sattor Jabbor, Solih Muhammad, Maryam Sultonmurodova, Xayriniso Majidxonova va boshqalar ham asossiz qatag`on siyosatining qurboni bo`ldilar. Ularning ko`plari shu siyosatdan bezib, chet ellarda Vatandan yiroqda qolib ketdilar.
O`zbekistonda qatag`on siyosati minglab ziyolilarimizni o`z domiga torgan edi. Shundaylardan yana biri Munavvarqori Abdurashidxonovdir. U nafaqat Toshkent jadidlari, balki Turkiston va Rossiya musulmonlari orasida ham obro` qozonadi. U fevral inqilobidan keyin siyosiy hayotda faol ishtirok etish bilan birga «Najot», «Kengash» ro`znomalarini tashkil etib ularga muharrirlik qiladi. Oktabr to`ntarishidan keyin esa Munavvarqori yangi maxsus va oliy ta`lim asoschilaridan biri sifatida faoliyat ko`rsatadi.
Munavvarqori ToshDUni tashkil etishda jonbozlik ko`rsatadi. U qisqa muddat xalq maorifi bo`limida faoliyat ko`rsatadi. U ham stalincha qatag`on siyosatining qurboni bo`ladi. 1929 yili qamoqqa olinadi va uchlik hukm bilan otib o`ldiriladi.
Birin-ketin qatag`on to`lqini ko`zga ko`ringan o`zbek ziyolilarini ham yo`q qila boshladi. Shulardan biri shoir Usmon Nosir edi. U Namangan shahrida dunyoga keladi. Usmon Nosirni hibsga olishga sabab bo`lgan bahona haqidagi so`nggi vaqtda matbuotda turli-tuman fikr bayon qilindi. Chunonchi, shoir jiyani Nodira Rashidova bir maqolasida bu haqda quyidagi so`zlarni aytgan: "1937 yilning may oyida Moskvada O`zbekiston adabiyoti va san`ati dekadasi bo`lib o`tadi. Delegasiya sostavida Usmon Nosir ham bo`lgan. Toshkentga bir to`p yozuvchilar poyezdda qaytishadi". Usmon Nosir: "Mana Stalinni ham o`z ko`zimiz bilan ko`rdik, hammamiz qatori oddiy odam ekan. U menga bir kerosin sotadigan do`stimni eslatdi", - deb aytdi. Holbuki, bu faqat bir joyda qayd etilmagan.
Tergov materiallari shundan dalolat beradiki, Usmon Nosirni qora kursiga o`tkazgan kishilardan biri Aleksandr Grigoryevich Lavrentyev degan rus yozuvchisidir. A.S.Pushkin vafotining 100 yiligi munosabati bilan 1937 fevralida o`tkazilgan SSSR yozuvchilar uyushmasining tantanali tadbirida bu ikki Qo`qonlik (U .Nosir va A.G.Lavrentyev) "do`st" ham ishtirok etishgan.
Usmon Nosir mehmonxonada Lavrentyev bilan turgan. Mehmonxonadagi Lavrentyev bilan qilgan suhbati chog`ida she`riyat mundarajasi pissimistlik dunyoqarashiga tayangan va shoir mavjud tuzumga oppozisiyada bo`lgan taqdirdagina haqiqiy san`at asari maydonga kelishini aytgan. Yana shu suhbat mobaynida O`zbekiston sosializm barpo etish uchun albatta SSSR tarkibida bo`lishi shart emas, turkiy xalqlar o`zaro birlashib ham sosializmga borishi mumkin, degan, "aksilinqilobiy" mulohazani bildirgan. Moskva safaridan qaytish ham Usmon Nosir uchun beiz ketmadi. U poyezdagi ozgina mayxo`rlikdan so`ng Lavrentyev bilan aytishib qolib, uni "Velikorus" deb xaqorat qilgan.
Oradan 4 oy o`tgach, Lavrentyev Usmon Nosir ustidan ariza yozib, shoirni millatchi, aksiinqilobchi sifatida aybladi.
1937 yilning 12 iyunida O`zbekiston yozuvchilar uyushmasida Usmon Nosirni shaxsiy ishiga bag`ishlangan yig`ilish shoir uchun fojeali yakunlandi. O`sha kunni ertasiga DXQ 4-bo`limini Klenov va Xayruddinov familiyali xodimlari kelib Usmon Nosir uyida tintuv o`tkazadilar va uni olib ketadilar.
Usmon Nosir chirkin qamoqxonalarda ham yorug`, hur kunlar kelishiga umid bilan boqib yashaydi. Yashashga bo`lgan ilinji shoirni ijod qilishga undadi. Bugungi kunda: "Shoir o`sha kezda Stalinni sevmasdi, uni og`ir qismati uchun tinmay la`natlardi", - deyish juda ham to`g`ri bo`lmasa kerak. Uning "Xalqlar dohiysi"ga hurmati baland bo`lgan. Aniqrog`i uni ardoqlar va itoat etardi. Shu bois, u nomining bot — bot tilga olardi. Yoki ro`y berayotgan bedodliklardan Stalinni mutlaqo bexabar, deb anglaydi. Agarda shunday deb o`ylamaganda, unga shaxsan xat bilan murojaat etmagan bo`larmidi?! Zero, bu bilan o`zi uchun ma`lum bo`lgan xaqiqatni oydinlashtirmoqchi edi, xolos. Baxtga qarshi uning qalb nidosi qumga oqqan suv misoli izsiz yo`q bo`lib ketgan.
Sevimli shoirimiz E.Vohidov Usmon Nosir ijodiga shunday ta`rif bergan: "Kalbi keng, ko`ngli ochiq, to`g`ri so`z va jangovar shoir yigitni ko`p jihatdan Yeseninga o`xshash ko`raman". Usmon Nosir huddi ulkan rus shoiri kabi olovli, isyonkor qalb egasi, she`riyat ufqida nogohon balqigan yorug` yulduz edi. U ham yorug` dunyoni juda erta va bevaqt tark etdi. Yesenin kabi murakkab davr girdobida halok bo`ldi.
Usmon Nosirni olib ketishgach, undan uzoq vaqt hech qanday darak bo`lmadi, oila a`zolari undan xabar olish maqsadida kimga murojaat qilishni bilmay, boshlari qotgandi. Bir vaqtlar minglab she`riyat muxlisi tan olgan g`ark etgandek, guyo undan hamma birdan yuz o`chirgandek edi. Nihoyat, Usmon Nosir Toshkent qamoqxonalaridan birida ekanligi aniq bo`ladi. Bir kuni shoirdan qamoqxonadan xat chiqarishga imkon tug`iladi. Unda: "Singlim Rohatxon! Uyg`unnikiga borib, mening narsalarimi yig`ishtirib ol. Madamin, Davronnikida paltoyim bor.. Kerakli narsalarni to`plab, Ibrohim Nazirnikida etigim bor. Shularni olib kelib, menga kirgizib yubor, uzoqlarga ketadiganga o`xshayman", — deyilgan edi. Xatda aytilganlarga hammasi shoir buyurganlarini, berishadi, lekin Ibrohim Nazir: "Men "Xalq dushmani" singlisi bilan gaplashmayman", - deb etikni otib yuboradi. Kechagina do`stman, deb yurganlar shunday qilmishgacha yetib borgan bo`lsalar. Lekin shoirdan tonmagan tanishlari ham yo`q emas edi. 1944 yilning boshida eski tanishim toshkentlik jurnalist Farruh Ahmadiy kelib, qo`rqa-pisa Usmon Nosirdan kelgan xatni tutqazadi. Xatda: "Singlim Rohatxon, sening O`tkir Rashidga turmushga chiqqanini eshitib bag`oyat hursand bo`ldim. Sizlarga atab she`r ham yozdim. Turmushlaring yaxshi bo`lsin. Bu xatni olib borgan odamdan yomonlik kutmang, nahotki mening O`zbekistonda do`stlarim yo`q bo`lsa? Toshkent qamoqxonalarida umrbod yotishga ham roziman. Faqat, meni bu yerdan olib ketishmasin. Yozuvchilar uyushmasiga borib murojaat qilgin. Xatni o`qigach, uni yo`qotinglar".
Ming afsuslar bo`lsinkim, yozuvchilar uyushmasiga borib qilingan iltimosni ham bir chaqali foydasi bo`lmadi. Kora kunlar tushib, undan omon qaytishiga muyassar bo`lgan Tojixon Shodiyovaning xikoya qilib berishicha, shoir uzoq ayozli Magadanlarda bo`lganida oyog`ini sovuqqa oldirib qo`yibdi. So`ng uni Kemerovaga jo`natishibdi. So`ngi kunlarda shoir bedodlikka qarshi hatto ochlik ham e`lon qilgan. Og`ir xastalik bilan u qamoqxonada ko`z yumibdi.
Abdurauf Abdurahim o`g`li Fitrat, Cho`lpon singari XX asr o`zbek adabiyotining eng yirik namoyondalaridan biridir. Uning hayotiy yo`li va ijodiy faoliyati g`oyat murakkab bo`lishiga qaramay, bugun biz uni o`zbek xalqining madaniyati taraqqiyotiga katta hissa qo`shgan adib va alloma sifatida hurmat bilan tilga olamiz.
Fitrat 1886 yilda Buxoroda tavallud topdi. U eski maktabda xat-savodini chiqargan. Mir Arab madrasasida tahsil ko`rdi, o`zbek va tojik adabiyoti namunalarini sevib o`qidi. Diniy va dunyoviy adabiyot namunalarini berilib o`qidi, ong va bilimni oshirish choralarini axtardi. Jadidlar harakati o`lkada keng qanot yoyishini va tajribali rahbarlarga ega bo`lishi uchun ularni rahbarlar iste`dodli yoshlarni Turkiyaga o`qishga yuborishadi. Fitrat ham 1908 yilda Istambulga borib, 4 yil davomida ta`lim va tarbiya oladi. Uning ijodi shu yerda boshlanadi. Adibni dastlabki mashqlari-"Sayyohi hindi bayonoti" (1913) nasriy asari va "Sayxa" she`rlar to`plami (1910) Istambulda maydonga keldi. Ularda jadidona g`oyalar bilan sug`orilgan qarashlar o`z aksini topgan. 1913 yilni oxirida Fitrat Turkiyadan qaytib kelganda uning qarindosh - urug`lari hatto tanimay qolishgan. O`qishga mullavachcha qiyofasida, salla va chopon kiyib ketgan Abdurauf endi batamom yevropacha kiyinib qaytgan edi. Uni bunday holatda ko`rganlar orasida: "Esiz, shunday mullavachcha yigit to`rt yilda kofir bo`lib qolibdi", deb afsuslanganlar ham bo`libdi. Fitrat Turkiyadan ancha ilg`or qarashlar bilan qaytgan edi. Buni ustiga, 1916 yili milliy - ozodlik harakati, 1917 yilgi fevral inqilobi, oktabr to`ntarishi voqealari uning siyosiy - ijtimoiy ongining tez shakllanishga zamin hozirladi.
1923-1924 yillarda Moskvada Sharq tillari institutida tahsil oladi. Fitratni ijodiy va ijtimoiy faoliyatining uch davrga bo`lish mumkin. U birinchi davr: 1908-1918 yillarda «Yosh buxoroliklar» harakatini g`oyaviy programmasi bo`lib xizmat qilgan "Munozara", "Sayyohi hindi", "Rahbari najot", "Oila" kabi asarlarni yaratgan va jadid adabiyotini ko`zga ko`ringan arboblaridan biriga aylandi. 1918-1924 yillarni o`z ichiga olgan ikkinchi davrda, oktabr voqealariga o`z munosabatini bildirib bordi. Uchinchi davr: 1925-1937 yillarni o`z ichiga oldi.
Adib yaratgan asarlarini Buxoro amirligida kasb etgan ulkan ijtimoiy ahamiyati haqida S. Ayniy shunday yozgan edi: "Munozara" davr taraqqiyotiga g`oyat kuchli va samarali ta`sir ko`rsatdi. Bir tomondan "Munozara" dushmanlarni uyg`otib yubordi... ikkinchi tomondan, "Munozara" olimlar va yoshlar qatlamini o`ziga jalb etdi va siyosiy fikrlarni uyg`onishiga yordam berdi.
Andijondagi qatli om qurbonlaridan biri "Xalq professori" degan faxriy nomga sazovor bo`lgan serqirra olim va shoir, bir qarashda ijtimoiy kurashga unchalik yaqin bo`lmagan doira vakili Husanxon Niyoziydir. Husanxon Niyoziyning qalamiga mansub maqolalar XX asr boshlaridagi davriy matbuot sahifalarida e`lon qilingan. Sovet tuzumi sharoitida ham u xalq maorifi uchun jon kuydirdi, mehnat qildi. Biroq, barcha millatparvar ziyolilarimiz qatori u ham mash`um qatag`on yillari qurboni bo`ldi. U 1956 yili KPSS XX s`yezdi qarorlariga binoan oqlandi.
Keyingi yillarda O`zbekistan mustakilikka erishganidan so`ng respublikamiz Prezidenti I. Karimov xalqimiz manfaatlaridan kelib chiqib, uni taraqqiy etgan xorijiy dunyo bilan mustaqil iqtisodiy, madaniy aloqalarini yo`lga qo`yish, buning uchun hatto chet ellarga eng talantli talaba va mehnat kishilarini o`qish va ish tajribalarini o`rganishga yuborish masalalarini qo`ydi.
Qadimda va XX asr boshlarida ham Turkiston xalqlari Rossiya, Volgabo`yi, Qrim, Kavkazorti, Kichik Osiyo, xorijiy Sharq, Misr, G`arbiy Yevropa mamlakatlari bilan savdo va madaniy aloqalarda bo`lganlar. Bu aloqalar ayniqsa, XX asrning boshlarida katta ahamiyat kasb etdi. 30-yillarda qatag`on etilgan milliy ziyolilarimiz ham ayni chog`da xorijiy aloqalarni yaxshi yo`lga qo`yish, ko`proq talabalarni chet ellarda ta`lim olish uchun chiqarish tarafdorlari edilar. Biroq, davr siyosati bunga yo`l qo`ymadi. F. Xo`jayev, T. Risqulov, A. Rahimboyev, Fitrat singari davlat arboblari, olimlar, xorijda o`qib qaytgan A.Murodiy, S. Jabbor, S.Muhammad, F.Sherahmedov, R.Rasuliy singari agronom, genetik, tibbiy olimlar, jurnalistlar, pedagoglar assosiz ravishda nemis josuslari, u yerdagi allaqanday millatchilik tashkilotini a`zolari sifatida ayblanib, repressiya qurbonlari bo`ldilar.
Qatag`on davrini qonli qatag`onlari natijasida o`zbek xalqi o`zining ming - minglab dono, mustaqil fikrli, ko`zi ochiq, taffakuri tiniq, insoniy qadr - qimmatlarini bilgan kishilarni yo`qotdi. Natijada, xalqimizni kelajagi markazga bo`ysinuvchi kishilar qo`lida qolish bilan birga, bu holat sobiq imperiya «dohiy»lari uchun O`zbekistonni boshqarishda ancha qulayliklar tug`dirdi.
XX asrning buyuk burilishlar davrida o`zbek xalqi oldida bir necha asrlik inqirozdan chiqish imkoniyatlari paydo bo`ldi. Bu bevosita jadidlar faoliyati bilan bog`liq edi. Sovet zamonasida ham milliy taraqqiyparvarlarimiz o`lka xalqlari mustaqilligi uchun goh oshkora, goh yashirin faoliyat yuritdilar. Biroq, mustabid tuzumning mash`um qatag`onlik siyosati XX asrning 30-yillarida Vatan va millat istiqboli uchun kurashuvchi barcha fidoyi insonlarni deyarli qatag`on qildi. Ularni «Vatan xoini», «Xalq dushmani», «Panturkist», «Panislomist», «Angliya josusi» kabi o`ylab topilgan sohta nomlar bilan badnom qilindi.
II-jaxon urushidan so`ng qatag`onlarning yangi oqimi boshlandi. Bu davrda asosan, shoir va yozuvchilar, fan va madaniyat xodimlari ayblov ishlariga tortildilar. Atoqli shoir va yozuvchilarimizdan M.Shayxzoda, Mirtemir, Sayyid Ahmad va boshqalarni misol qilib keltirishimiz mumkin. Stalinning o`limidan so`nggina nohaq qatag`on qilinganlarni oqlash jaryoni o`z ishini boshladi. 1980 yillarga kelib «paxta ishi», «o`zbeklar ishi» deb nom olgan sohta atamalar bilan qatag`onlarning navbatdagi to`lqini mamlakatimiz siyosiy hayotida amalga oshirildi. Bu o`rinda shuni ta`kidlash joizki, ushbu o`ylab topilgan jinoiy ishlar ortidan xalqimiz nomini butun dunyoga yomonotliq qilib ko`rsatish, milliy g`urur va sha`nimizni yerga urish maqsad qilingan edi. Shu bahonada xalqimiz ichidan yetishib chiqqan minglab ilg`or paxtakorlar, zahmatkash insonlar siyosiy tizimning qurboniga aylantirildilar. Faqat O`zbekiston mustaqillikka erishganidan keyingina ularning nomlarini xaqiqiy ma`noda xalqqa qaytarishni, tarix haqiqatini ochib berishni, imkoniyati tug`ildi. Afsuski, bu insonlarning barchasi O`zbekistonimizning bugungi istiqloli, mustaqilligini ko`ra olmay bevaqt nobud bo`lishdi. Shu mstaqillik davrida qatag`on qilingan yurtdoshlarimizni pok nomlarini tiklash, ularning asarlarini izlab topish, kitob holida chop etish ancha yo`lga qo`yildi. Bugun Respublikamizda shu maqsad yo`lida tashkil etilgan «Shahidlar xotirasi» xayriya jamg`armasi ishlab turibdi. Prezidentimiz I.A.Karimov tashabbusi bilan Toshkentda qatag`on qurbonlari xotirasini abadiylashtirish uchun «Shahidlar hiyoboni» majmuasi tashkil etildi.

Sho`rolar tomonidan «Bo`lib tashla, hokimlik qil» siyosatiga asoslanib o`tkazilgan milliy - hududiy chegaralanish natijasida 1925 yil O`zbekiston SSR tashqil etildi va u mustabid sovet davlati tarkibiga kiritildi.


1925 yildan keyingi O`zbekiston SSR ning taraqqiyot yo`liga lenincha komfirqaning O`zbekistondagi qo`g`irchoq bo`limi sifatida O`zbekiston kommunistik firqa tashqiloti rahbarlik qildi. Bu firqa faoliyatining asosini Lenin ishlab chiqqan va «asoslab bergan» soxta «sosializm» qurish rejasi tashkil etardi.
Lenin ishlab chiqqan «sosializm qurish rejasi»da mamlakatni «sanoatlashtirish» va «jamoalashtirish» kabi bo`g`inlar markaziy o`rinni egallaydi.
20-30 - yillar davomida iqtisodiyotda xususiy sektor deyarli butunlay tugatildi. Sanoat, transport, qishloq xo`jaligi va boshqa tarmoqlardagi ko`plab ishlab chiqarish vositalari davlat yoki kolxoz-kooperativ mulkiga aylantirildi. Natijada davlat xalq xo`jaligini istalgancha boshqarish imkoniyatiga ega bo`ldi. Ma`muriyatchilik, buyruqbozlik iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy usuliga aylandi.
Bolshevoylar dohiysi Sho`ro Rossiyasini sanoati rivoj topgan ilg`or mamlakatlar qatoriga olib chiqish vazifasini qo`ydi. Ammo O`zbekiston singari mustamlaka mamlakatlarga nisbatan bu siyosat mutlaqo boshqacha maqsadlarda - Markaz manfaati asosida amalga oshirildi. 1925 yil dekabrda VKP (b) XIV s`yezdi «sosialistik industrlashtirish» yo`lini avj oldirishni e`lon qildi. Stalin rahnamoligidagi o`ta sanoatlashtirish tarafdorlari uning sur`atini keskin tezlashtirish maqsadida mablag`larni qishloq xo`jaligi hisobidan sanoatga olish rejasini ilgari surdilar. Ularning muholiflari sanoatlashtirish siyosatini yoqlagan holda, uni aholining moddiy ahvolini, turmush sharoitlarini yaxshilash va qishloq xo`jaligida kooperasiyani asta-sekin ixtiyoriy ravishda amalga oshirish bilan birgalikda olib borishni taklif qildilar. Biroq, bu yo`l keskin rad etildi.
Oqibatda sanoatlashtirishning sub`yektivlashtirishga asoslangan stalincha usuli butun mamlakatda, jumladan, O`zbekistonda ham bosh yo`nalish bo`lib qoldi.
Shu bilan birga Respublikamizda uning salbiy ko`rinishlari ulkaning o`ziga xos iqtisodiy ahvoli tufayli yanadi ortdi. Eng asosiysi - SSSR ning xalq xo`jalik majmuida O`zbekistonnnig roli va o`rni ittifoq hukumati tomonidan majburan belgilab berildi.
Lekin O`zbekiston uchun sanoati qurilishining keng sur`atda jadallashtirish nihoyatda zarur edi. Chunki, Respublika iqtisodiyoti 20-30 yillar chegarasida ham agrar xususiyatga egaligicha qolayotgan edi. 1927 yilda O`zbekiston xalq xo`jaligida qishloq xo`jaligining salmog`i 61,6 % , sanoatning salmog`i 38,4 % tashqil etar, shu bilan sanoat ishlab chiqarishning 90 % qishloq xo`jaligi xom ashyosini qayta ishlashga asoslangan edi.

Garchi hayot muammolar bilan to`lib-toshib ketgan bo`lsada, besh yillik rejalarda xalq yelkasiga asossiz va amaliy jihatdan bajarib bo`lmaydigan vazifalar yuklangan bo`lsa-da, O`zbekiston xalqi o`z kuch-qudratini, idroki va mahoratini to`liq namoyon qildi. Birinchi besh yillik (1928-1932) davrida O`zbekistonda 289 ta sanoat korxonasi qurildi va ishga tushirildi, 79 ta korxona qayta tashqil etildi, sanoatning ishlab chiqarish fondlari uch barobar, neft qazib chiqarish 2,5 barobar, metal ishlab chiqarish sanoati mahsulotlari 6 barobar, sement ishlab chiqarish uch yarim barobar ortdi.


Ikkinchi besh yillik (1933-1937) davrida 189 ta turli sanoat korxonalari va elektr stansiyalari barpo etildi. Urushdan oldingi uchinchi besh yillikda sanoat rivojlanishida yangi qadam qo`yildi. Urushning boshlanishiga kelib 134 ta sanoat korxonasi ishga tushirildi. Urushdan oldingi besh yilliklar davrida sanoatning xalq xo`jaligida egallagan salmog`i 1928 yildagi 43 % dan 1940 yilda 70% ga yetdi. Urush arafasiga kelib sanoat potensiali 1445 ta yirik va o`rtacha sanoat korxonalarini o`z ichiga olar edi. 1925 -1940 yillarda qurilib ishga tushirilgan bunday korxonalar jumlasiga Bo`zsuv GESi, Samarqand, Buxoro, Qo`qon, Termiz, Asaka shaharlarida issiqlik elektrostansiyalari, Toshkent, Samarqand, Buxorodagi to`qimachilik fabrikalari, Toshkent qishloq xo`jaligi mashinasozlik zavodi, Farg`ona konserva, Quvasoy sement va oxaq zavodlari, Toshkent «O`rtoq« tamaki fabrikasi, ko`plab paxta tozalash, sut-yog` tayyorlash, sovun pishirish kabi zavodlarni kiritish mumkin. Sanoatlashtirish natijasida respublikamizda ishchilar sinfining soni keskin oshdi. «1937 yilga kelib sanoat ishchilarining umumiy miqdori 181 ming kishidan iborat bo`ldi».
Biroq, sanoatlashtirish siyosatini amalga oshirish chog`ida jiddiy xatoliklarga yo`l qo`yildi. Birinchidan, ixtisoslashtirish bahonasida respublikamizda asosan paxtachilikni rivojlanishi bilan bog`liq bo`lgan sanoat tarmoqlari hamda yengil va oziq-ovqat sanoati korxonalari vujudga keltirildi. Og`ir sanoat, mashinasozlik va boshqa yetakchi tarmoqlarni rivojlantirishga e`tibor berilmadi.
Ikkinchidan, sanoatni kadrlar bilan ta`minlash jarayoni ziddiyatli xususiyatga ega bo`ldi. Sanoat korxonalari uchun zarur bo`lgan kadrlar asosan Rossiyadan keltirilgan. Ular orasida mahalliy millat vakillari ozchilikni tashqil qilar edi.
Uchinchidan, sanoatlashtirish ma`muriy-buyruqbozlik asosida amalga oshirildi. Sanoat korxonalari qurilish uchun qo`shimcha mablag`larni izlab topish maqsadida aholi o`rtasida majburiy yo`l bilan zayomlar tarqatildi. Sanoat qurilishlariga odamlar majburiy tarzda yuborildi. 1940 yil 20 iyundagi mehnat intizomini yaxshilashga qaratilgan farmonga ko`ra ishga kechikib kelganligi uchun jinoiy javobgarlik joriy qilindi. Natijada minglab ishchilar va texnik xodimlar turmalarga tashlanib, mahbuslarga aylantirildi.
Xullas, 20-30 yillarda O`zbekistonda amalga oshirilgan sanoatlashtirish siyosatini bosh maqsadi respublikani istiqbolda mustaqil taraqqiyot yo`lidan borishini ta`minlaydigan iqtisodiy poydevordan mahrum qilish va uni sho`rolar xo`jalik mexanizmining bir buyrug`iga aylantirishdan iborat edi. Sho`rolar tomonidan 20-yillarning oxiri 30 yillarida amalga oshirilgan va o`zining mash`um oqibatlarini qoldirgan tadbirlardan yana biri qishloq xo`jaligini jamoalashtirish siyosati edi. Bu masala «Lenincha sosializm qurish rejasi» ning tarkibiy qismi hisoblanadi. 1921-1922 yillardagi agrar islohot, 1925-29 yillardagi yer-suv islohotlari sho`rolar hukumatini qoniqtirmadi. 1929 yil kuzidan boshlab yoppasiga kollektivlashtirish siyosati amalga oshirila boshladi. Ya`ni, kooperativlashtirishning xilma-xil shakllarini tugatish, mavjud bo`lgan bir qancha kooperativ tizimlarini davlatlashtirish yo`liga o`tdi. Kooperasiyalarni barcha turlari va sohalari buyicha rivojlantirish siyosatini yoppasiga jamoalashtirish yo`li bilan almashtirdi. Bu yo`l esa ixtiyoriylik prinsiplari asosida emas, balki «yuqoridan belgilash» yo`li bilan amalga oshirilardi. O`zbekiston kompartiyasi MQ 1930 yil 17 fevralda «kollektivlashtirish va quloq xo`jaliklarini tugatish to`g`risida» qaror qabul qildi. 1925-29 yillarda yer-suv islohoti davridayoq katta yer egalarining aksariyat qismlari tugatilgan edi. 1930 yil fevraldan boshlab avj olgan quloq xo`jaliklarni tugatish kompaniyasi davrida qonunlar qo`pol ravishda buzilib, inson huquqlari toptaldi. Natijada, Farg`ona, Bog`dod, Chust kabi tumanlarda jamoalashtirishga qarshi dehqonlar isyon ko`tardilar, bu harakatlar zo`rlik bilan bostirildi. Quloq xo`jaliklari ro`yxatini tuzishda yakka qishloq xo`jaligi solig`i to`laydigan, o`ziga to`q dehqon xo`jaliklari asos qilib olindi. Bu ro`yxat asosan moliya organlari tomonidan tuzilardi. Quloqlar ro`yxatini muttasil kengaytirib borish hisobiga nafaqat o`rta hol balki, kambag`allar ham yoppasiga kollektivlashtirish davri qatag`onlik siyosatining girdobiga tortildilar.
Faqat 1930 yilning o`zida respublikada «boy» yoki «quloq« xo`jaliklar toifasiga kiritilgan 2648 ta o`rtacha xo`jalik tugatildi. 1931 yilning avgustiga kelib yana 3828 ta «quloq xo`jaliklari» tugatildi, respublikadan tashqariga - Ukrainaga Sibir va Shimoliy Kavkazga 3871 «quloq oilasi» surgun qilindi. 1933 yilda surgun qilingan «quloq« xo`jaliklari soni 5500 taga yetdi.
1932 yil oxirlariga kelib barcha dehqon xo`jaliklarini 81,7 %, 1937 yilda 95 % , 1939 yilda 99,2 % i jamoalashtirilgan edi.
«Jamoalashtirish» ning ajralmas bo`g`ini bo`lgan davlat xo`jaliklarini MTS va sovxoz shaklidagi agrokorxonalarni tashqil qilishga ham jiddiy e`tibor berildi.
Yoppasiga jamoalashtirish Respublikamiz qishloq xo`jaligida paxta yakka hokimligining kuchayishiga sharoit yaratib berdi. 1929-1932 yillarda g`o`za ekiladigan yer maydonlari 550 ming gektardan 928 ming gektarga kengaytirildi, yalpi paxta hosili esa 652 ming tonnadan 750 ming tonnaga yetkazildi.1932 yili Respublika Sobiq Ittifoq bo`yicha paxta hosilining 60% ini berdi. Mana shu paytdan boshlab xorijdan paxta olib kelish to`xtatildi. Yuqorida ta`kidlanganidek yoppasiga jamoalashtirish va quloq xo`jaliklarini tugatish siyosati o`zining xunuk oqibatlarini qoldirdi:
1.Ma`lumki, chorizm hukmronligi davrida butun O`rta Osiyo xom ashyo bazasiga aylangan edi. Jamoalashtirish natijasida Respublikamiz qaytadan, balkim kuchaytirilgan formada xom ashyo omborxonasiga aylantirildi.
2.Odamlarda ishonchsizlik kayfiyatini uyg`otdi, ko`plab odamlar boshqa joylarga qochishga majbur bo`ldilar, chorvalarni ko`p miqdorda suyib yubordilar, bu esa chorva tuyog`ini keskin kamayishiga olib keldi.
3.Ma`naviy va ahloqiy qadriyatlar toptaldi.
4.Minglab kishilar qatag`on qilindi, yohud Ukraina va Sibirga surgun qilindi.
5.Jamoalashtirish asrlar davomida shakllanib kelgan odamlardagi yerga bo`lgan egalik hissini yo`qotib, begonalik xislatlarini vujudga kelishiga olib keldi. Umuman qishloq xo`jaligini rivojlantirish o`rniga oxir oqibat uni tanazzulga olib keldi.
20-30 yillarda O`zbekistonda «madaniy inqilob» siyosati «shaklan milliy va mazmunan sosialistik» madaniyatni rivojlantirish qobig`iga o`rab amalga oshirildi.
Ma`lumki, O`zbek xalqi boy madaniy merosga ega bo`lib, u asrlar mobaynida sayqal topib kelgan. Sho`ro mustamlakachilari chorizm siyosatini davom ettirib, O`zbek xalqining boy madaniyatiga hujum uyushtirdilar, chunki ular xalqimizni ma`naviy, madaniy, tarixiy merosini yo`q qilmasalar O`zbekistonni o`z asoratlarida uzoq saqlab qololmasliklarini yaxshi tushunar edilar.
«Xoh o`tmishda, xoh bugun bo`lsin, boshqa millat, davlatni o`ziga qaram qilish niyatida harakat qilgan, qilayotgan kuchlar doimo bir siyosatni yuritganlar, yuritadilar: ya`ni qaram xalqning ma`naviy, madaniy, tarixiy merosini yo`q qilish, undan judo etish».
«Shaklan milliy va mazmunan sosialistik» madaniyat uchun kurash dasturi xuddi ana shu mudhish vazifani bajarishga xizmat qildi, bu g`oyani ijrochilari «madaniy inqilob» yasab, o`zlaricha bir zumda xalqimizni boy merosini yo`qqa chiqardilar, O`zbek xalqini yoppasiga savodsiz deb e`lon qildilar. 1925 yilda O`zbekistonda 97 ta vaqf maktablari va 1,5 mingdan ortiq eski «Qadim» va «Jadid» maktablari faoliyat ko`rsatmoqda edi. Ammo 1928 yilga kelib Sho`ro hukumati O`zbekistonda eski milliy maktablar faoliyatini batamom ta`qiqlab qo`ydi.
Sho`ro hukumati respublikada milliy ta`lim va tarbiya tizimi ildiziga ikki marta halokatli zarba berdi. Birinchisi, 1929 yil 1 dekabrda arab alifbosiga asoslangan eski O`zbek yozuvining lotinlashtirilgan alfavit asosidagi O`zbek yozuvi bilan almashtirilganligi bo`lsa, ikkinchisi, 1940 yil 8 mayda «O`zbek yozuvini lotinlashtirilgan alfavitdan rus grafikasi asosidagi yangi alfavitga ko`chirish to`g`risidagi qonun» bilan amalga oshirildi.
Respublikada kommunistik mafkura manfaatiga xizmat qiluvchi xalq maorifi tarmoqlari muttasil o`sib bordi. 1921-1922 o`quv yilidayoq respublikada mingdan ortiq savod maktablari, savodsizlikni tugatish kurslari va tarmoqlari faoliyat ko`rsatdi, ularda 50 ming kishi xat savod chiqardi.
«Sovet davlatining statistik ma`lumotlarida ko`rsatilishicha 1924-25 yillarda O`zbekistonda 160 ta sovet tipidagi maktablar tashqil qilinib, ularda 17209 o`quvchi ta`lim olgan bo`lsa, 1941 yilga kelib maktablar soni 5504 taga va ularda o`qiyotgan o`quvchilar soni 1 mln.315 ming kishiga yetgan».
Bu yillarda respublika oliy o`quv yurtlari tarmog`i ham ortib bordi. 1918 yil 12 mayda Turkiston xalq milliy universiteti ish boshladi. Samarqandda O`zbekiston Davlat universiteti, Buxoro, Farg`ona, Namangan, Andijon, arg`ilon, Toshkent, Nukus, Xiva, Urganch shaharlarida oliy maktablar tashqil etildi.
«Agar 1932 yil respublikadagi 31 ta oliy o`quv yurtida 12,2 ming talaba o`qigan bo`lsa, 1941 yilga kelib ularda ta`lim olayotgan talabalar soni 18 ming kishiga yetdi. Shu bilan birga bu yillar davomida 10 ga yaqin o`rta maxsus o`quv yurtlari tashqil qilinib, ularda 15 mingga yaqin yoshlar turli malakalarga ega bo`ldilar».
Sho`rolar hukumati O`zbekistonda fan, ilmiy-tadqiqot yutuqlaridan ham o`z manfaati yo`lida ustamonlik bilan foydalandi. 1932 yilda O`zbekiston SSR Fan qo`mitasi tuzildi. 1940 yillarning boshida O`zbekistonda 60 dan ortiq maxsus ilmiy tekshirish muassasalari, laboratoriya va stansiyalar mavjud bo`lib, ularda nazariy va amaliy fan sohalari buyicha turli yo`nalishlarda ilmiy tadqiqotlar amalga oshirildi. 1940 yil 9 yanvarda Fan Qo`mitasi Ittifoq Fanlar Akademiyasining O`zbekiston filialiga aylantirildi. Keyinroq 1943 yilda O`zbekiston SSR Fanlar akademiyasi tashqil etildi.
Respublikamizda ilmiy -tadqiqotlari rivojida birinchilar qatorida fan nomzodi va fan doktori ilmiy darajasini olishga mo`sharraf bo`lgan P.Soliyev, T.Koriniyoziy, I.Mo`minov, T.Sarimsoqov, Ya.G`ulomov kabi olimlarning xizmatlari salmoqlidir. Bu yillarda adabiyet va san`at ham turli to`siq va cheklashlar ta`siri ostida kommunistik mafkura asosida rivojlanib bordi. Dastlab adabiyot maydonida jadid ijodkorlar Munavvar qori Abdurashidxonov, M.Behbudiy, A.Fitrat, A.Cho`lpon, X.X.Niyoziy, S.Ayniy, A.Qodiriy, M.So`fizoda kabilar faoliyati yaqqol ko`zga tashlanadi.
20-yillarda ular bilan bir qatorda Oybek, Hamid Olimjon, G`.G`ulom, Uyg`un, U.Nosir, Elbek, Botu, Abdulla Kahhor, Mirtemir, S.Abdulla kabi yosh qalam sohiblari adabiyot maydoniga kirib keldilar va barakali ijod qildilar. Biroq ularning ko`plari mash`um qatag`onlik siyosatini qurboni bo`ldilar. Musiqa san`ati rivojiga Yunus Rajabiy, Muxtor Ashrafiy, To`xtasin Jalilov singari bastakorlar ulkan hissa qo`shdilar.
M.Uyg`ur, A.Hidoyatov, S.Eshonto`rayeva, S.Habibullayev, L.Narzullayev, X.Nosirova singari aktyorlarning ijodi O`zbek tayetri tarixini yorqin sahifasidir. 1929 yilga kelib O`zbekiston rasssomlar uyushmasi tashqil etildi. Bu davrda U.Tansiqboyev, CH.Axmarov, A.Abdullayev, B.Hamdamiy, M.Nabiyev va boshqalar katta ijodiy barkamollik erishdilar.
Lekin, 20-30 yillardagi amalga oshirilgan «madaniy inqilob» davrida juda katta xatoliklarga yo`l qo`yildi, hatto kechirib bo`lmas jinoyatlar sodir etildi. A.Qodiriy, Cho`lpon, Usmon Nosir, Otajon Xoshimov, Botu va boshqa iste`dodli ijodkorlar qatag`on qurboni bo`ldilar. Dinga qarshi kurash niqobi ostida masjidlar vayron qilindi. Arab yozuvidagi diniy va dunyoviy kitoblar yo`q qilindi. Ikki marotaba alfavitni o`zgartirish, xalqimizni ming yillar davomida shakllangan madaniy merosdan mahrum qilib qo`ydi. Ijodkorlardan faqat sosialistik tuzumni tarannum etishni, o`tmishni qora bo`yoqlar bilan tasvirlashni talab qilindi. Umuman bu sohada o`tkazilgan siyosat ham o`ta ziddiyatli bir tarzda amalga oshirildi. 1927 yilda respublikada «hujum harakati» boshlandi. Bu harakatni amalga oshirish chog`ida O`zbek xalqining tarixan tarkib topgan milliy ahloqiy sharqona an`ana va qadriyatlari hisobga olinmadi. Natijada, sovetlarning xotin-qizlarini ozodlikka chiqarish borasida shoshmashosharlik va zo`ravonlik usulida amalga oshirgan siyosati minglab ayollarning begunoh qurbon bo`lishiga sabab bo`ldi.
Ikkinchi jahon urushi XX asrning eng dahshatli fojiasi sifatida tarixga kirdi. Boshlangan urush butun insoniyat boshiga tushgan mudhish kulfat ekanligini teran xis etgan O`zbek xalqi fashizmdan faqat SSSR ni emas, eng avvalo, O`zbekistonni himoya qilishni, uni yana bir bor bosqinchidan saqlab qolishni maqsad qilib qo`ygan edi. Respublikada hayotning barcha jabhalari tezda harbiy izga ko`chirildi. O`zbekistonga hammasi bo`lib 104 ta zavod va fabrika evakuasiya qilindi, 280 ta yangi sanoat korxonasi qurildi. O`zbekiston urush davomida frontga 2100 ta samolyot, 17342 ta aviamotor, 2318 ta aviabomba, 17100 ta minomyot, 60 mingga yaqin harbiy-kimyoviy apparatura, 22 mln.dona mina va 560 ming dona snaryad, 1 mln. dona granata 300 ming parashyut va boshqa ko`pgina harbiy anjomlari yetkazildi. qishloq xo`jalik xodimlari mamlakatga 4 mln. 806 ming tonna paxta, 54,1 ming tonna pilla, 1282 ming tonna don, 482 ming tonna kartoshka va sabzavot, 57,5 ming tonna meva va uzum, 36 ming tonna quruq meva, 159 ming tonna go`sht, 22,3 ming tonna jun va boshqa mahsulotlar yetkazib berdilar.


Urush yillarida O`zbekiston fani va madaniyati xodimlari ham tarixiy g`alabani qo`lga kiritishda baholi qudrat o`z hissalarini qo`shdilar. Jami bo`lib ikkinchi jahon urushiga O`zbekistondan 1 mln.433 kishi safarbar etildi. Bu o`sha davrdagi O`zbekistondagi urushga yaroqli aholining 50-60 % ini tashqil etar edi. O`zbekistonlik 120 ming dan ortiq urush frontlarida mardlik va matonatlik ko`rsatgani uchun jangovor orden va medallarga, 338 kishi esa qahramon unvoniga sazovor bo`ldi. 32 nafar O`zbekistonlik askar uchchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan mukofotlandi. Ahmadjon Shukurov, Mamadali Topiboldiyev, Tuychi Eryigitov, Sobir Rahimov, Mamasharif Fayozov kabi qahramonlarimizning nomlari xalqimiz qalbida abadiy saqlanib qoladi. Xullas, O`zbek xalqi ikkinchi jahon urushi yillarida front ortidagi shavkatli mehnati va janggohlardagi jangovor jasoratlari bilan fashizm ustidan qozonilgan buyuk g`alabaga o`zining munosib hissasini qo`shdi. Urushdan keyingi yillarda O`zbekistonda sho`rolar istibdodi yanada kuchaydi. 50-80 yillar davomida respublikamiz xalq xo`jaligi rivojlanganligini hech kim inkor etmaydi. Lekin O`zbekistonga, asosan, xom ashyo yetkazib beruvchi manba sifatida qaraldi. Bu esa respublika iqtisodiyotining bir tomonlama rivojlanishiga olib keldi. Bunday siyosat oqibatida boy xom ashyo resurslarini tayyor mahsulotga aylantirishni imkoni yo`q edi. O`zbekistonda yetishtirilgan paxta, pilla va boshqa mahsulotlarni huzurini ularni qayta ishlab tayyor mahsulot chiqaradigan mintaqalar ko`rardilar. Urushdan keyingi har besh yillikda O`zbekistonda o`rta hisobda 100 tagacha va undan ham ko`prok sanoat ob`yekti ishga tushirildi. 1985 yilga kelib O`zbekistonda 1500 dan ortiq yirik ishlab chiqarish, ilmiy ishlab chiqarish birlashmalari, kombinat va korxonalar bor edi. Sanoat mahsulotini ishlab chiqarish 1940 yildagiga nisbatan 20 barobardan ziyodroq oshdi. Xuddi shu yillar ichida elektr energiyasini ishlab chiqarish 180 barobarga oshdi. Markaziy Osiyoda eng yirik bo`lgan va yiliga 3 mln. kilovat soat energiya beradigan Sirdaryo GRESi bunyod etildi. 80-yillarning boshlarida O`zbekistonda 100 dan ortiq mashinasozlik va metal ishlovchi korxonalar bor edi. Ular orasida paxtachilikka mo`ljallangan qudratli traktorlar ishlab chiqaradigan Toshkent traktor zavodi, paxta terish mashinalari chiqariladigan «Toshqishloqmash» va «Chirchikqishloqmash», «Toshkent» ekskavator zavodlari va boshqa ko`pgina korxonalar bo`lib, ularning mahsulotlariga respublikada va uning tashqarisida ham talab katta edi. 60-70 yillarda kimyo sanoati, neft, toshko`mir, gaz, tog`-kon sanoati rivojlandi. Oltin ishlab chiqarish sanoati vujudga keltirildi. Biroq mustamlaka sifatida qaralgan respublikamiz o`z boyliklaridan mustaqil foydalana olmas edi. O`zbekiston tuprog`ida qurilgan va ma`lum darajada ahamiyatlirok bo`lgan sanoat korxonalarining 30 % i Ittifoq tasarrufida, 60 % i Ittifoq Jumhuriyat tasarrufida batamom markazga buysunar edi. Faqat 10 % gina sanoat korxonasi bevosita O`zbekistonga bo`ysungan va respublika iqtisodiyotida hal qiluvchi o`rin tutmagan.
«O`zbekistonda ishlab chiqarilgan sof oltinning 10 %i, uran va boshqa nodir metallarning oxirgi gramigacha, paxta tolasining 96 %i zo`ravonlik bilan hech kimdan so`ramasdan markazga (Rossiyaga) olib ketilgan».
O`zbekistonda paxtachilikni rivojlantirish manfaatlarini ro`kach qilib, kuchli kimyo sanoati vujudga keltirildi. O`zidan zaharli moddalarni atrofga tarqatuvchi bunday korxonalar aholi zich joylashgan vohalar va shaharlarga joylashtirildi. Natijada ekologik vaziyat yomonlashdi. O`zbekistonda aholining tabiiy o`sish sur`atlari baland bo`lishiga qaramay, aholini ish bilan ta`minlash dasturi ishlab chiqilmadi. Oqibatda butun boshli ishsizlar armiyasi vujudga keldi.
Sho`rolar hukumati O`zbekiston qishloq xo`jaligini ilgarigi yillardagidek bir tomonlama rivojlantirish yo`lidan olib bordi va asosan paxtachilik taraqqiyotiga e`tiborni qaratdi.
50-80 yillarda Kommunistik firqa va sho`rolar hukumati paxtachilikni rivojlantirishga qaratilgan ko`plab qarorlar qabul qildi. Urushdan keyingi yillarda markaziy Farg`ona, Mirzacho`l, Qarshi, Surxon-Sherobod cho`llari o`zlashtirildi. Markaziy hukumat paxtachilikni rivojlantirish maqsadlarini ko`zlab bu sohaga juda katta hajmdagi mablag`larni sarflab paxtachilikning moddiy texnika bazasini mustahkamladi. 1940 yilda O`zbekiston paxta dalalarida 23 ming traktor ishlagan bo`lsa, 1985 yilda 188,9 ming traktor ishladi. Amudaryo va Sirdaryo havzasi suvlari hisobidan 20 dan ortiq suv omborlari, o`nlab kanallar barpo etildi. Paxta jazavasiga tushgan Markaz keragidan bir necha barobar ortiq mineral o`g`it yetkazib berdi. Besh yilliklar rejalarida respublikada paxta yetishtirish miqdori muttasil oshib boraverdi. O`zbekiston 1946 -1950 yillarda jami 7 mln. 723 ming tonna paxta bergan bo`lsa, 1981-1985 yillarda esa bu ko`rsatgich 28 mln.617,6 ming tonnaga yetdi. Ya`ni O`zbekistonda paxta yetishtirish 1946-1950 yillardagiga nisbatan 1981-1985 yillarda qariyb to`rt barobar ortdi.
Paxta yakkahokimligining o`rnatilishi o`zining bugungi kungacha ta`sir qilib kelayotgan og`ir asosratlarini qoldirdi. Yashnab turgan bog`-rog`lar, poliz ekinlari maydoni keskin qisqardi. oziq-ovqat taqchilligi kelib chiqdi. «Bu og`ir merosning yana bir xususiyati respublikaning yoqilgi va g`alla masalasida Markazga qaramligida, un, shakar, go`sht, sut mahsulotlari kabi eng muhim oziq-ovqat mollarining, boshqa xalq iste`moli tovarlari, tayyor mahsulotlarni chetdan olib kelinishida yaqqol qo`rinadi».
Yaylovlarning paxta ekiladigan maydonlarga aylantirilishi natijasida chorva mollari tuyog`ining umumiy soni keskin qisqarib ketdi. Paxta ekin maydonlari kengayishi Amu va Sirdaryo suvlarining Orol dengiziga oqishini keskin kamaytirdi. Orol fojiasi kelib chiqdi. Yuqorida ko`rsatib o`tilgan xato va kamchiliklar sovet jamiyatini oxir oqibat inqirozga mahkum etdi.
Inqirozli vaziyat ma`naviy sohani ham qamrab oldi. Maorif, oliy va o`rta maxsus ta`limi tizimida son ketidan quvish, ma`muriy-buyruqbozlik tizimining o`rnatilishi kadrlar sifatiga salbiy ta`sir ko`rsatdi. Mustabid tuzum 50-yillar boshlarida madaniyat va fan arboblariga nisbatan qatag`on uyushtirdi. Baynalminalchilik shiori ostida milliy qadriyatlar chekkaga surib qo`yildi. 20-30 yillardayok Islom diniga qarshi kurash bahonasida xalqimizni qadimiy urf-odatlari, madaniyati, qadriyatlariga boshlangan hujum davom ettirildi. «Ro`za hayiti», «Kurbon hayiti», «Navro`z» kabi xalq bayramlari ta`qiqlandi, hatto Islomgacha ham xalqning eng sevimli taomi bo`lib kelgan «Sumalak» payg`ambar taomi sifatida ta`qiqlandi. Uning o`rniga yangi Sho`ro bayramlari va tantanalari joriy qilindi.
Milliy kiyimlarda yurish, sunnat tuyini qilish, o`z ona tilida muloqotda bo`lish eskilik sarqiti va madaniyatsizlik ko`rinishi deb baholandi. Din xalq uchun bir yukdir deb e`lon qilindi. Bolalar bog`chasidan toki oliy o`quv yurtlarigacha ateistik tarbiya tiqishtirildi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Sho`rolar hukmronligi davrida O`zbekiston iqtisodiy va madaniy jihatdan mustamlakachilik rejasiga buysundirilgan edi. Respublika kog`ozdagina mustaqil bo`lib, amalda esa har tomonlama «katta og`a»ga qaram va tobe o`lkaga

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:





  1. Yüklə 51,31 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin