Sovetlar imperiyasining tanazzulga yuz tutishi Reja


Konstitusiyaning xususiyatlari



Yüklə 44,75 Kb.
səhifə2/3
tarix22.05.2023
ölçüsü44,75 Kb.
#119203
1   2   3
sovetlar imperiyasining tanazzulga y

Konstitusiyaning xususiyatlari:
2002 yil 27 yanvarda o'tkazilgan umumxalq referendumi natijalariga ko`ra hamda uning asosida qabul qilingan 2003 yil 24 apreldagi O`zbekiston Respublikasining qonuniga muvofiq Konstitutsiyaning XVIII, XIX, XX, XXIII boblariga tuzatish va qo`shimchalar kiritilgan.
Birinchidan, u huquqiy va siyosiy tafakkurning eng yuksak yutuqlarini, hozirgi zamon konstitusiyaviylik ilmini o’zida mujassam etgan.
Ikkinchidan, o’zbek xalqi madaniyati va milliy an’analarining chuqur ildizlariga suyanganligi ham uning o’ziga xos muhim xususiyatidir.
Uchinchidan, O’zbekiston Respublikasidagi avvalgi ijtimoiy-iqtisodiy, davlat siyosiy tizimidan amalda boshqa tizimga o’tganligi, tubdan yangilanish ro’y berganligi konstitusiyaviy rasmiylashtirish bilan ajralib turadi.
Tamoyillari:
Yangi Konstitusiyada xalq azaldan orzu qilgan, o’z taqdirini o’zi belgilash qoidasi mukammal tarzda o’rin olgan. Shu bois u xalq hokimiyati tamoyiliga asoslanadi va uni mustahkamlaydi. Xalq hokimiyati degan ibora butun hokimiyat amalda va yuridik jihatdan xalqniki ekanligini anglatadi. Demokratizm yangi Konstitusiyaning asosiy tamoyili hisoblanadi. Konstitusiyada insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etish nazarda tutilgan;
Yangi Konstitusiyada O’zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati oliy organlarining tuzilishi, hokimiyatning bo’linishi tamoyili ham asoslab berilgan. O’zbekistonda davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi hokimiyati, ijro etuvchi hokimiyat va sud hokimiyatiga bo’linishi qonunlashtirildi. U hokimiyatdan har biri mustaqil faoliyat ko’rsatadi.
Qonun chiqaruvchi hokimiyat Oliy Majlis tomonidan, ijro etuvchi hokimiyat esa O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va uning rahbarligi ostida Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi. Sud hokimiyati Konstitusiyaviy sud, Oliy sud va Oliy xo’jalik sudi tomonidan amalga oshirilib, ular birgalikda respublikaning yagona tizimini tashkil etadi;
Milliy o’z-o’zini boshqarish tamoyili joylardagi davlat hokimiyati organlariga bag’ishlangan.
Mustaqillik yillari milliy davlatchilik asoslarini qurish yillari bo’ldi. O’tgan yillar qo’hna tariximizni teran his qilish, bugungi kunda jahon miqyosida o’z o’rnimizni egallash davri bo’ldi. Bu davrda biz o’zligimizni anglab, tarixiy yo’limizni uzil-kesil tanlab oldik.
Mustaqil O’zbekiston Prezidenti I.A.Karimov tarixiy an’analarga, dunyo tajribalariga, o’lkaning o’ziga xos tomonlariga tayangan holda jamiyatni siyosiy jihatdan tubdan isloh qilish yo’llarini ishlab chiqdi. Bu jarayonda ikkita bosh vazifa:
1.Eski ma’muriy tizimni tugatish va hokimiyat boshqaruv organlarini qayta qurish;
2.Yangi davlatchilikning huquqiy va siyosiy asoslarini yaratish, davlatchilikda yangi markaziy va mahalliy boshqaruv tizimini shakllantirish masalalarini hal qilishdan iboratdir.
Jamiyatda qonuniylikning g’alaba qilishi, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy va boshqa huquqlarini himoyasi uchun hokimiyatlarning bo’linishi prinsipi haqli ravishda amalga oshirildi. O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 11-moddasida hokimiyatning bo’linishi tamoyili konstitusiya darajasida mustahkamlandi.
Davlat va jamiyat qurilishini erkinlashtirishning yo’llarini ko’rsatib berar ekan. Prezident I.A.Karimov eng avvalo, bu vazifa hokimiyat barcha tarmoqlarining bir-biridan mustaqil holda ish yuritish tamoyillarini mustahkamlashga bog’liqligini uqtiradi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining huquqiy holati Konstitusiyaning V bo’lim XVIII bobida va 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan «O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi to’g’risida»gi Qonunda belgilangan. Bu qonunlarga ko’ra, Oliy Majlis Oliy davlat vakillik organi bo’lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi.
Sobiq Ittifoqdan qolgan qonunlarni o’zgartirish, mamlakat hayoti uchun zarur vazifalarni amalga oshirish, demokratik tamoyillar asosida Oliy Majlisni shakllantirish uchun 1994 yil 25 dekabrga saylovlar belgilandi.
1993yilning 28 dekabrida qabul qilingan «O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to’g’risida»gi Qonunga ko’ra respublika parlamentiga saylovlar umumiy, teng, to’g’ridan-to’g’ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo’li bilan o’tkaziladi.
O’zbekiston Respublikasi 1 chaqiriq Oliy Majlisiga saylov respublikamiz siyosiy hayotida o’lkan yutuq bo’lib, bunda 250 ta deputatdan iborat Oliy Majlis - yangi Parlament demokratik va ko’ppartiyaviylik asosida tuzildi.
Oliy Majlis faoliyatini erkinlashtirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining II chaqiriq VII sessiyasida ikki palatali parlament tuzish to’g’risida umumxalq referendumi o’tqazishga qaror qilindi. Shu asosda 2002 yil 27 yanvarda o’tgan umumxalq referendumida qatnashgan fuqarolarning 93,65 foizi parlamentning ikki palatadan tuzilishini qo’llab-quvvatlaydi.
1995 yil 23-24 fevralda chiqarilgan birinchi sessiyada O’zbekiston parlamenti hokimiyat vakillik organlaridan saylangan 120 kishidan iborat deputatlar blokini, 69 deputatdan tashkil topgan Xalq Demokratik partiyasi fraksiyasini, 47 deputatni uyushtirgan «Adolat» sosial-demokratik fraksiyasini, 14 deputat ishtirokida «Vatan taraqqiyoti» partiyasi fraksiyasini ro’yxatga oldi. Oliy Majlis sessiyalarida va uning qo’mitalarida olib borilayotgan ishlar asosan mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy taraqqiyotini yuqori bosqichga ko’tarish, qonunchilikning sifat darajasini yuksaltirishga qaratilgan. Qonunlar qabul qilinmasdan oldin umumxalq muhokamasiga taqdim qilinishi islohotlarni amalga oshirishga ijobiy ta’sir qildi.
1997 yil aprelda Oliy Majlis tarkibida inson huquqlari bo’yicha vakil (ombudsman) tashkil qilinganligi haqida qaror qabul qilindi. Ombudsman jahondagi 85 dan ortiq mamlakatda bo’lib, uning huquqiy holatini aniq, ravshan belgilab beruvchi konstitusiyaviy qonun Markaziy Osiyo davlatlarida birinchi huquqiy institutdir. Ushbu qonunda «Oliy Majlisning Inson huquqlari bo’yicha vakili (ombudsman) mansabdor shaxslar, tashkilotlar va davlat organlarining inson huquqi, erki va qonuniy manfaatlarining davlat tomonidan himoya qilinishini ta’minlashga ko’maklashish maqsadida faoliyat ko’rsatadi», deb ta’kidlangan. Vakillik Oliy Majlisning yordamchi instituti bo’lib, u ijtimoiy manfaatlarning muvozanatiga, inson huquqlarini himoya qilish bo’yicha eng maqbul davlat tizimi yaratilishiga ko’maklashadi. Qonun ombudsman institutining umumiy konsepsiyasi va jahon amaliyotining uyg’unlashgan shakli sifatida inson huquqlari vakili faoliyatining asosiy qoidasi - qonuniylik, oshkoralik, adolatparvarlik, insonparvarlik, har bir ishi uchun ochiqlik ekanligini tasdiqlaydi. Ombudsman fuqarolarning ariza va murojaatlarini ko’rib chiqishda, zarur axborotlarni talab qilib olishda mansabdor shaxslar va davlat organlari bilan hamkorlik qilmoqda.
Qonun qabul qilgunga qadar ham inson huquqlari bo’yicha vakil mamlakat Konstitusiyasi doirasida faoliyat ko’rsatib keldi. Jumladan, birgina 1996 yilda inson huquqlari bo’yicha vakil hamda fuqarolarning konstitusiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi bo’yicha komissiya a’zolari 700dan ortiq murojaatni ko’rib chiqdi. Ana shunday arizalarning tegishli qismidagi dalillar o’z tasdig’ini topgan va zarur choralar ko’rilgan. Inson huquqlari bo’yicha vakil BMTning Inson huquqlari bo’yicha komissiyasining Jenevada bo’lib o’tgan 52-sessiyasining majlisida qatnashdi va so’zga chiqdi. Chet ellarga xizmat safari davomida Inson huquqlari bo’yicha vakil BMT seminarida, BMTning Sharqiy Yevropa va MDH davlatlaridagi vakillarining mintaqaviy uchrashuvida so’zga chiqdi. Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti va boshqa tashkilotlarning bir qator kengashlari hamda seminarlari ishida qatnashdi.
Ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IV sessiyasida (2000 yil, 14 dekabr) Oliy Majlisining O’zbekiston xalqiga murojaatida: «Yangi asr mamlakat uchun yangilanish va taraqqiyot davriga aylanishiga ishonamiz. Shu boisdan ham mustaqil yurtimizning yorug’ istiqboli uchun barchamiz hamjihat bo’lib kurashaylik, maqsadimiz Vatan taraqqiyoti, yurt tinchligi, xalq farovonligi va kelajak avlodning baxt-saodatidir», deyilgan.
Mamlakatimizda barcha sohani qamrab olgan keng miqyosli islohotlarni uzluksiz davom ettirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 1995 yil 26 martda Prezident I.Karimovning vakolatini 1997 yildan 2000 yilgacha uzaytirish yuzasidan unumli xalq referendumini o’tqazishga qaror qildi. 2000 yil 11 yanvarda O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisida 2000 yil 9 yanvar kuni bo’lib o’tgan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi natijalari tasdiqlandi. Shu kuni Fidokorlar milliy demokratik partiyasidan nomzodi ko’rsatilgan Islom Karimov uchun 11 million 147 ming 621 saylovchi yoki saylovlarning 91,90 foizi ovoz berdi. O’zbekiston Xalq demokratik partiyasidan nomzodi ko’rsatilgan Abulhafiz Jalolov uchun 505 ming 1661 saylovchi yoki 4,17 foiz saylovchi ovoz berdi.
«O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to’g’risida»gi Qonunning 35-moddasiga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Islom Abdug’aniyevich Karimovni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylanganligi to’g’risida qaror qabul qilindi. Amaldagi Konstitusiyada Prezident davlat va ijro etuvchi hokimiyatning boshlig’i qilib belgilanishi ijro etuvchi hokimiyatni kuchaytirishga qaratilgan tadbir, deb aytish mumkin. Mamlakatimizning ijro etuvchi hokimiyatining tarkibi Prezident tomonidan tayinlanib, Oliy Majlis tomonidan tasdiqlanadi. O’zbekistonda prezidentlik instituti o’rnatilgan dastlabki davrda Vazirlar kengashi hukumat sifatidagi huquqiy maqomini va vakolatlarini saqlab qolgan edi. Uning 1990 yil 30 martida Oliy Kengash tasdiqlagan yangi tarkibi 41 kishi, ya’ni Rais, Bosh vazir, uning ikki birinchi o’rinbosari, to’rt o’rinbosar, 19 vazir, 14 davlat qo’mitasi raisidan iborat edi. Respublikada demokratik jamiyat qurish borasida boshqaruv idoralari faoliyati takomillashtirilib borildi. 1995 yil 5 mayda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining II sessiyasi bo’lib, unda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibi to’g’risidagi Prezidentning farmonini tasdiqlash masalasi ko’rildi va sessiyada Vazirlar Mahkamasining 35 kishidan iborat yangi tarkibi tasdiqlandi.
1991 yil 6 sentyabrda respublika mustaqilligi hamda hududiy yaxlitligini himoya qilish maqsadida Mudofaa ishlari vazirligi tuzildi. Shu maqsadlarni ko’zlab uning tarkibida 1992 yil yanvar oyida O’zbekiston Respublikasi milliy gvardiya brigadasi barpo etish lozim, deb topildi, 1992 yil iyulida u Mudofaa vazirligiga bo’ysundirildi.
Xalq xo’jaligini boshqarishning yangi usuli sifatida konsernlar vujudga keltirildi. Bu avvalo iqtisodiy mustaqillik va bozor iqtisodiga o’tish zaruriyati bilan bog’liq bo’ldi. «O’zdonmahsulot», «O’zbekneftgaz» va boshqa ko’plab konsernlar shular jumlasidandir. 1991 yil 7 sentyabrida O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tashkil qilindi.
1990-1992 yillari O’zbekiston Respublikasining yangi Konstitsiyasi qabul qilingunicha bo’lgan davrda mahalliy hokimiyat organlari tizimini shakllantirish va ish faoliyatini takomillashtirish maqsadida bir necha huquqiy hujjatlar qabul qilindi.
Bular orasida 1992 yil 4 yanvarda qabul qilingan «O’zbekiston Respublikasida mahalliy hokimiyat organlarini qayta tuzish to’g’risida»gi Qonun alohida ahamiyat kasb etdi. Bu qonun asosida mahalliy hokimiyat organlari tizimida butunlay yangi organ – hokimlik va hokim lavozimi ta’sis etildi va uning vakillik organlariga boshchilik qilishi tamoyillari belgilab qo’yildi.
Ijro etuvchi hokimyat organlarida bog’liqlikni ko’paytirish maqsadida, viloyatlar hokimlari O’zbekiston Prezidenti tomonidan, tuman va shahar hokimlari viloyat hokimi tomonidan lavozimiga tayinlanishi va lavozimidan ozod qilinishi hamda bu masalalar tegishli xalq deputatlari Kengashlari tomonidan tasdiqlanishi tartiblari belgilandi. Partiya organlarining qaramligiga tushib qolgan ijro organlari – ijroiya komitetlari tugatildi.
Shuningdek, «Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida»gi Qonun (1993 yil sentyabr), «Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlariga saylovlar to’g’risida»gi Qonun (1994 yil may) kabi hujjatlar muhim o’rin egallaydiki, ular kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etishini huquqiy jihatdan mustahkamlaydi.



Yüklə 44,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin