42
pedagogik texnologiya Milliy Kengashi (National council for Educational
Technology) tashkil etildi va 1970 yildan boshlab «Pedagogik texnologiya jurnali»
(Journal of Educational Technology) chiqa boshladi. AQSHning qator universitetlari
va ilmiy markazlarida ham PT muammolariga jiddiy e’tibor berildi. 1971 yilda
maxsus «Kommunikasiya va texnologiya Assosiasiya»si (Association for Educational
Communications and Technology) faoliyat ko’rsata boshladi. Hozirgi kunda bu
tashkilotning barcha shtatlarda va Kanadada 50 dan ziyod filiallari ishlab turibdi.
Yaponiyada PT muammolari bilan to’rtta ilmiy jamiyat shug’ullanmoqda, faol
harakatdagi pedagogik texnologiya Markaziy Kengashining 22 ta davlat
universitetlarida markazlari mavjud. Har uch oyda yapon tilida chiqadigan
«Pedagogik texnologiya sohasidagi tadqiqotlar» (Educational Technology Research)
jurnallarida yirik olimlarning ilmiy ishlari o’z o’rnini topmoqda. Yaqinda
Umumyapon pedagogik texnologiya Markaziy Kengashi (The Japanese Council of
Technology Centers) tuzilib, bu sohada xalqaro aloqalar o’rnatish ishlari bilan mahur.
Didaktikaning bu yo’nalishiga e’tibor nihoyatda oshib borishini 70-yillarda
o’tkazilgan
qator
xalqaro
konferensiyalar
tasdiqlaydi.
SHunday
xalqaro
konferensiyalar 1966 yildan boshlab har yili bahorda Angliyada o’tkazilib kelinadi va
anjuman materiallari «Pedagogik texnologiya jihatlari» (Aspects of Educational Tec-
hnology) nomida nashr qilinadi.
Yuqoridagilarning o’ziyoq PT pedagogika nazariyasi va amaliyoti sohasidagi
alohida hodisa sifatida diqqat markazda turganligini, 60-yillardan boshlab chet
ellarda yangi yo’nalish sifatida shakllanganligini ta’kidlab turibdi. Taxlillarning
ko’rsatishicha, bu davrda PT ikki yo’nalishda muhokama qilinadi va rivojlantiriladi:
birinchisi – o’quv jarayoniga texnik vositalarini qo’llash bilan bog’liq bo’lsa (shu
jumladan dasturli ta’limning texnik vositalari), ikkinchisi – o’qitish texnologiyasi
masalalarini, ya’ni o’quv materiallarni tahlil qilishdan tortib ta’lim jarayonini turlicha
nashrli va texnik vositalardan jamuljam foydalangan holda tizimli tashkil etishga
qadar bo’lgan keng doiradagi muammolarni qamrab oladi.
Dostları ilə paylaş: