101
Dars ishlanmasi
– bu ta’limiy
mazmunga ega loyiha, shuningdek, o’qituvchi
tomonidan tuzilishi majburiy bo’lgan hujjat hisoblanadi. Uni tuzishda o’qituvchining
dars jarayonidagi faoliyatini rejalashtirish,
dars mazmuni boyitish, ta’lim
samaradorligini oshirish
maqsadi
ko’zlanadi. Dars ishlanmasini yildan-yilga
takomillashtirib
va mukammalllashtirib borish, yangi metodlarni qo’llash, yangi
materiallarni kiritish bilan yangilab turilishi lozim. Binobarin, ta’lim jarayoniga yangi
DTS, o’quv dasturlari, zamonaviy ta’lim texnologiyalarning joriy etilishi, o’qituvchi
tomonidan yangi axborot texnologiyalari, zamonaviy texnik vositalarining qo’llanishi
bilan dars ishlanmalariga qo’yilgan talablar ham o’zgarib boradi. Dars loyihasi
(ishlanmasi)ni uchun tayyor, standart qolip mavjud emas. CHunki dars “jonli” tashkil
etilishi zarur. Darsning bu xususiyatiga ko’ra uni hech qanday qolipga solib
bo’lmaydi. U dars turi va tanlangan metodlarga qarab turlicha bo’lishi mumkin.
Ta’lim
jarayonini loyihalash, odatda, texnologik pasport va texnologik xaritalar
vositasida amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: