Kichik guruhlarda hamkorlikda o’qitish
Bu yondoshuvda kichik guruhlar 4-6 ta o’quvchidan tashkil
topadi.
O’qituvchi
avval
mavzuni
tushuntiradi,
so’ngra
o’quvchilarning mustaqil ishlari tashkil etiladi. O’quvchilarga
berilgan o’quv topshiriqlari 4 qismga ajratilib, har bir o’quvchi
topshiriqning ma’lum qismini bajaradi. Topshiriq yakunida har
bir
o’quvchi
o’zi
bajargan
qism
yuzasidan
fikr
yuritib,
o’rtoqlarini o’qitadi, so’ngra guruh a’zolari tomonidan topshiriq
yuzasidan umumiy xulosa chiqariladi. O’qituvchi har bir kichik
guruh axborotini tinglaydi va test savollari yordamida bilimlarni
nazorat qilib baholaydi.
O’quvchilarning kichik guruhlardagi o’quv faoliyati o’yin
(turnir, musobaqa) shaklida, individual tarzda ham tashkil
etilishi mumkin.
Kichik guruhlarda ijodiy izlanishni tashkil etish metodi 1976
yili Tel-Aviv universiteti
professori SH.Sharan tomonidan
ishlab chiqilgan
. Bu metodda ko’proq o’quvchilarning mustaqil
va ijodiy ishiga e’tibor qaratiladi.
O`quvchilarning o`quv-biluv faoliyatini guruhli tashkil etishda quyidagi elementlar hisobga olinmog`i zarur: -
O`quvchilarni guruhlarda ishlashga tayyorlash, o`quv topshiriqlarini aniq qo`yish, guruhda ishlash bo`yicha tushuncha berish , reglament o`rnatish .
-
O`quv topshiriqlarini bajarish bo`yicha reja tuzish, uni muhokama etish. Uni hal etish yo`llarini aniqlash va ishni olib borish bo`yicha o`zaro vazifalarni taqsimlash. -
O`quv topshiriqlarini bajarish bo`yicha ishni tashkil eta olish.