PEDAGOGIK TEXNOLOGIYA PEDAGOGIKANING MUSTAQIL SOXASI SIFATIDA. PEDAGOGIK TEXNOLOGIYANING RIVOJI. PEDAGOGIK TEXNOLOGIYANING ILMIY ASOSLARI. Reja:
1.1. Pedagogik texnologiya fan sifatida, uning asosiy kategoriyalari, metodologik asoslari va o`ziga xos jixatlari 1.2. “Texnologiya” va “pedagogik texnologiya” tushunchalari, uning paydo bo`lishi, tarixiy rivojlanish davrlari va pedagogik olimlarning “pedagogik texnologiya” tushunchasiga ta`riflari 1.3. Pedagogik texnologiyaning darajalari, tuzilishi va nazariy asoslari Tayanch tushunchalar: pedagogik texnologiya, kategoriya, metodologik asos,
“Texnologiya”, tarixiy rivojlanish, davr, pedagogik olimlar, darajalar, tuzilish,
nazariy asoslar.
Pedagogik texnologiya pedagogikaning mustaqil soxasi sifatida Pedagogik texnologiya pedagogikaning mustaqil soxasi sifatida XIX-asrning 2-
yarmida rivojlandi va fanga kirib keldi. Pedagogika fani differensiyalash jarayonida
pedagogika fani tarkibidan alohida yo’nalish, mustaqil fan bo’lib ajralib chiqdi. Pedagogik
texnologiya fani hozirda pedagogikaning mustaqil soxasi sifatida OTM.larida o’qitilib
kelinadi. Pedagogik texnologiya fanining asosiy maqsadi-yosh avlodda mazkur fan orqali
BKM.larni shakllantirish, ta’lim-tarbiya jarayonini yuksak mahorat va san’at bilan bosqara
olishdir.
Pedagogik texnologiya ta’lim – tarbiya jarayonini yuksak mahorat san’at bilan
boshqarishdir.
Pedagogik texnologiya – texnologiyaga nisbatan tor tushuncha bo’lib-unda
faqat ta’lim-tarbiyaning nazariy va amaliy asoslarini mahorat, san`at bilan o’rganish.
Pedagogik
texnologiyalar
pedagogik
jarayonning
ijtimoiy
maqsadga
yo’naltirilgan usul, shakl va uyushmalar yigindisiga asoslangan loyihadir.
Shuningdek, pedagogik texnologiyalar-pedagogik jarayonni yangicha qurish
boshqarish tashkil etishning mexanizmidir.