89
5.
Bilim
узнавание
,
знание
,
подсудность
,
компетенция
,
отличительный
знак
,
юрисдикция
cognizance
TA`LIMNING “KEYS-STADI” TEXNOLOGIYASI. TA`LIMNI SHAXSGA
YO`NALTIRILGAN TEXNOLOGIYASI. TA`LIMNING LOYIXA
TEXNOLOGIYASI
Reja:
1.
“Keys-stadi”
tushunchasining
mohiyati,
kelib
chiqish
tarixi,
tipologiyalari va “keys-stadi” texnologiyasini tuzilishi
2.
“Hamkorlik pedagogikasi” texnologiyasi, uning mazmuni va o`ziga
xosliklari.
3.
“Loyixa” tushunchasining mazmuni, mohiyati, loyixaviy ta`limning
o`ziga xosliklari, o`quv loyixasi tushunchasi va “Loyixa” texnologiyasini ishlab
chiqish qoidasi.
Tayanch tushunchalar:
“Keys-stadi”, “Keys-stadi” texnologiyasi,
loyiha,
loyihalash, ta’lim jarayonini loyihalash, o’qitish va o’qish strategiyasi, darsning turini
tanlash,
darsning
texnologik xaritasi, dars ishlanmasi,
texnologik pasport
(pedagogikada), model, modellashtirish, o’quv
loyihaviy faoliyat, o’quv loyihasi,
shaxsga yo’naltirilgan ta’lim
“KEYS-STADI” TUSHUNCHASINING MOHIYATI, KELIB CHIQISH
TARIXI, TIPOLOGIYALARI VA “KEYS-STADI” TEXNOLOGIYASINI
TUZILISHI
“Keys-stadi” ingliz tilida “case” – metod, “study” – muammoli vaziyat; vaziyatli
tahlil yoki muammoli vaziyatlarni tahlil qilish-degan ma`noni anglatadi. “Keys-
stadi” texnologiyasi o’quvchi (talaba)larda aniq, real yoki sun’iy yaratilgan
muammoli vaziyatni
tahlil qilish orqali eng
maqbul variantlarini topish
ko’nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. “Keys-stadi” texnologiyasi o’quvchi
(talaba)larni bevosita har qanday mazmunga ega vaziyatni o’rganish va tahlil qilishga
o’rgatadi.
Ta’lim shakllari, ta’lim metodlari, ta’lim vositalari, ta’lim jarayonini boshqarish
usul va vositalari, muammoni hal qilish yuzasidan olib borilayotgan ilmiy
izlanishning usul va vositalari, axborotlarni to’plash, ularni o’rganish usul va
vositalari, ilmiy tahlilning usul va vositalari, o’qituvchi va o’quvchi (talaba)
o’rtasidagi ta’limiy aloqaning usul va vositalari, o’quv natijalari - “Keys-stadi”
texnologiyasining negizida muayyan muammoli vaziyatni
hal qilish jarayonining
umumiy mohiyatini aks ettiruvchi elementlaridir.
90
Keys-stadi texnologiyasining umumiy tuzilmasi quyidagicha:
Mashg’ulotlarda metodni qo’llash quyidagi bosqichlarda kechadi:
Dostları ilə paylaş: