123
intellektuallashtirish jarayonlarini jadallashtirishni ta’minlaydigan jamiyat boyligi
sifatida foydalanish tushuniladi.
Darxaqiqat, jamiyatni axborotlashtirish—inson hayotining barcha jabxalarida
intellektual faoliyatning rolini oshirish bilan bogliq ob’ektiv jarayon xisoblanadi.
Jamiyatni
axborotlashtirish
respublikamiz
xalqi
turmush
darajasining
yaxshilanishiga, ijtimoiy extiyojlarning qondirilishiga, iqtisodning o`sishi hamda fan-
texnika taraqqiyotining jadallashishiga xizmat qiladi.
Jamiyatni axborotlashtirish jarayonini 5 asosiy yo`nalishga ajratish mumkin:
·
Mehnat, texnologik va ishlab chiqarish jarayoni vositalarini kompleks
avtomatlashtirish.
·
Ilmiy tadqiqotlar, loyixalash va ishlab chiqarish axborotlashtirish.
·
Tashkiliy- iqtisodiy boshqarishni avtomatlashtirish.
·
Axoliga xizmat ko’rsatish soxasini axborotlashtirish.
·
Talim va kadrlar tayorlash jarayonini axborotlashtirish.
Bilim olishda, ya’ni ma’lum turdagi axborotlarni o`zlashtirishda kompyuter
tizimining yordami benixoya kattadir. Axborot qanday ko’rinishda ifodalanishidan
qat’i nazar, uni yigish, saqlash, qayta ishlash va foydalanishda kompyuter
texnikasining rolini quyidagilar belgilaydi:
Birinchidan, o`qitishda yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish standart
(an’anaviy) tizimga nisbatan o`quv jarayonini jadallashtirib,
talabada ilmga qiziqishni
oshiradi, ular ijodiy faoliyatini o`stiradi, bilim berishga differentsial yondashish,
olingan bilimlarni takrorlash, mustaxkamlash va nazorat qilishni yengillashtiradi,
talabani o`quv jarayonining sub’ektiga aylantiradi.
Ikkinchidan, yangi axborot texnologiyalaridan ta’lim-tarbiya jarayonida
quyidagi shakllarda foydalanish mumkin bo’ladi:
·muayyan pedmetlarni o`qitishda kompyuter darslari;
·kompyuter darslari—ko`rgazmali
material sifatida;
·talabalarning guruxli va frontal ishlarini tashkillashtirishda;
·talabalarning ilmiy izlanishlarini tashkillashtirishda;
·talabalarning o`qishdan bo`sh vaqtlarini to’g’ri tashkil qilish masalalarini xal
etishda va x.k.
Mehnat samaradorligining bundan keyingi o’sishi va faravonlik darajasini
ko’tarish katta xajmdagi multimediya axborotini (matn, grafika, video tasvir, tovush,
animatsiya) qabul qilish ishlashga yangi intellektual vositalar va inson mashina
interfeyslardan foydalanish asosidagina yerishish mumkin.
Informatikada mehnat unumdorligini oshirish suratlari yetarli bo’lmasa, butun
xalq xo’jaligida samaradorligini o’sishi anchagina kamayish ro’y berishi mumkin.
Hozirgi dunyodagi barcha ish joylarining 50 foizi ga yaqin axborotni qayta
ishlash vositalari bilan ta’minlangan..
124
Jamiyatni
axborotlashtirish, yangi axborot texnalogiyalari bilan ta’minlash
insonlarning turli – tuman ma’lumotlarga bo’lgan ehtiyojini qondirishda muxim o’rin
tutadi.
Bugungi kunda ijtimoiy turli ko’rinishdagi axborotlar majmuasi keng va
rivojlangan bo’lib, uning jamiyatda tutgan o’rni bexisobdir.
Oxirgi davrda axborotli muxitda katta o’zgarishlar bo’lib bormoqda. Ana shu
o’zgarishlar qog’ozsiz texnologiya zaruriyatini keltirib chiqaradi. Bu yesa o’z
navbatida, EXM ning yanada keng rivojlanishiga sabab bo’ladi. Axborotli muxitning
kelajakda inson hayotida o’rni va ahamiyati, bugungi holatdan ancha yuqori bo’lishi
uchun bajarilishi lozim bo’lgan vazifalar ko’llamini kegaytirish talab etiladi..
Dostları ilə paylaş: