Soxibaxon ped texnologiya doc


Kichik guruhlarda hamkorlikda o’qitish



Yüklə 5,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/122
tarix16.12.2023
ölçüsü5,2 Kb.
#182216
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   122
Pedagogik texnologiya O\'quv qo\'llanma Mirhayitova Soxibaxon

Kichik guruhlarda hamkorlikda o’qitish
Bu yondoshuvda kichik guruhlar 4 ta o’quvchidan tashkil topadi. O’qituvchi
avval mavzuni tushuntiradi, so’ngra o’quvchilarning mustaqil ishlari tashkil etiladi.
O’quvchilarga berilgan o’quv topshiriqlari 4 qismga ajratilib, har bir o’quvchi
topshiriqning ma’lum qismini bajaradi. Topshiriq yakunida har bir o’quvchi o’zi
bajargan qism yuzasidan fikr yuritib, o’rtoqlarini o’qitadi, so’ngra guruh a’zolari
tomonidan topshiriq yuzasidan umumiy xulosa chiqariladi. O’qituvchi har bir kichik
guruh axborotini tinglaydi va test savollari yordamida bilimlarni nazorat qilib
baholaydi.
O’quvchilarning kichik guruhlardagi o’quv faoliyati o’yin (turnir,
musobaqa) shaklida, individual tarzda ham tashkil etilishi mumkin.
Kichik guruhlarda ijodiy izlanishni tashkil etish metodi
Kichik guruhlarda ijodiy izlanishni tashkil etish metodi 1976 yili Tel-Aviv
universiteti professori SH.Sharan tomonidan ishlab chiqilgan
.
Bu metodda ko’proq
o’quvchilarning mustaqil va ijodiy ishiga e’tibor qaratiladi.
O’quvchilar alohida-alohida yoki 6 kishilik kichik guruhlarda ijodiy izlanish
olib boradilar. Ijodiy izlanish kichik guruhlarda tashkil etilganda darsda o’rganish
lozim bo’lgan o’quv materiali kichik qismlarga ajratiladi. Keyin bu qismlar yuzasidan
topshiriqlar har bir o’quvchiga taqsimlanadi. Shunday qilib, har bir o’quvchi umumiy
topshiriqning bajarilishiga o’z xissasini qo’shadi. Kichik guruhlarda topshiriq
yuzasidan munozara o’tkaziladi. Guruh a’zolari birgalikda ma’ruza tayyorlaydi va
sinf o’quvchilari o’rtasida o’z ijodiy izlanishlari natijasini e’lon qiladi. Kichik
guruhlar o’rtasida o’tkazilgan o’quv bahsi, munozara o’quvchilar jamoasining
hamkorlikda bajargan mustaqil faoliyatining natijasi, yakuni sanaladi. Hamkorlikda
ishlash natijasida qo’lga kiritilgan muvaffaqiyatlar sinf jamoasining har bir
o’quvchining muntazam va faol aqliy mehnat qilishiga, kichik guruhlarni, umuman
sinf jamoasini jipslashtirishga, avval o’zlashtirilgan bilim, ko’nikma va malakalarni
yangi kutilmagan vaziyatlarda qo’llanib, yangi bilimlarning o’zlashtirishiga bog’liq
bo’ladi.


125
Guruhli o`quvni tashkil etishda o`quvchilar faoliyati guruh-guruhlarga bo`linib
olib boriladi. Interfaol ta`limda o`quv-biluv faoliyatni guruhlarda tashkil etishning
o`ziga xosliklari mavjud. Bu shaklda sinfdagi o`quvchilar guruhlarga bo`linib, har bir
guruhga aniq, alohida vazifalar beriladi. Har bir guruh alohida (ya’ni bir xil yoki
tabaqalashgan) topshiriqlar ustida ishlaydi. Topshiriq o`zaro muloqotga asoslanadi
yoki 
biror 
yetakchi 
rahbarligida 
tashkil 
etiladi.
Guruhlarda topshiriq shunday amalga oshiriladiki, mashg`ulot yakunida har bir
ishtirokchi yoki guruh a’zosining qanchalik hissa qo`shganligi hisobga olinadi.
Guruhlar tarkibi doimiy bo`lmasligi mumkin, ular shunday tartibda shakllantiriladiki,
topshiriqni bajarishda har bir guruh a’zosiga o`zining maksimal hissasini qo`shish
imkoniyati, muhiti yaratiladi. Guruhlar turli kattalikda shakllantirilishi mumkin.
Odatda guruhlarda 4-6 nafar a’zo ishtirok etadi. Uning tarkibiga beriladigan
topshiqlarning mazmuni va xarakteriga qarab o`zgartirishlar kiritilishi mumkin.
Guruhni shunday shakllantirish kerakki, har bir guruh tarkibida mustaqil ishlash
ko`nikmalariga ega bo`lgan o`quvchilarning bo`lishi kutilgan natijalar beradi. Guruhli
o`quv-biluv ishlarini tashkil etishda ayrim o`quvchilarning individual yordamga
muhtojliklari seziladi. Shunday vaziyatlarda o`qituvchi tayyorgarlik darajasi yuqori
bo`lmagan o`quvchilarga yordam berib borishi maqsadga muvoffiq. Guruhli o`quv-
biluv faoliyati labaratoriya ishlari, amaliy mashg`ulotlar, tabiiy fanlardan tashkil
etilgan amaliyot, nutq o`stirish mashg`ulotlari (dialog) matnlarni o`zlashtirish, tarixiy
materiallarni o`rganish va mehnat darslarida juda qo`l keladi. Bu holatlarda
guruhlarda o`zaro muloqot o`rnatish, mustaqil ishlash yaxshi natija beradi. Guruhli
o`quv-biluv faoliyati yana o`quv-mavzuviy konferensiyalar, munozara, mushoira,
debat, savol-javob, ma’lum mavzudagi kichik ma’ruzalar, qo`shimcha mashg`ulotlar,
o`quv dasturlaridan tashqari mavzularni o`rganishda ham juda qo`l keladi.
Bunday o`quv-biluv faoliyatida guruh a’zolari juda faollik ko`rsatadilar, o`z fikr,
pozisiyalarini himoya qilish ko`nikmalari shakllanadi. Guruhdagi hamkorlikda,
kuchli o`quvchilar kuchsiz o`quvchiga yordam berish bilan ularni qo`llab
quvvvatlaydi, guruhda ham ijodkorlik vujudga keladi. Guruhli o`quv-biluv faoliyatini
tashkil etishda guruh a’zolari orasida vazifalar aniq taqsimlansa, o`zaro hamkorlik
to`g`ri yo`lga qo`yilsa, samarali natijalar beradi. O`quvchilarning o`quv-biluv
faoliyatini guruhli tashkil etishda quyidagi elementlar hisobga olinmog`i zarur:
- O`quvchilarni guruhlarda ishlashga tayyorlash, o`quv topshiriqlarini aniq qo`yish,
guruhda 
ishlash 
bo`yicha tushuncha 
berish, 
reglament 
o`rnatish.
- O`quv topshiriqlarini bajarish bo`yicha reja tuzish, uni muhokama etish. Uni hal
etish yo`llarini aniqlash va ishni olib borish bo`yicha o`zaro vazifalarni taqsimlash.
- O`quv 
topshiriqlarini 
bajarish 
bo`yicha 
ishni
tashkil 
eta 
olish.
Guruhdagi ishni tashkil etishda ish jarayoni va a’zolar ish jarayonini kuzatish va
zarur hollarda yordamga kelish. Guruhda topshiriqlarni bajarish jarayonida o`zaro


126
tekshiruv va nazorat olib borishni yo`lga qo`yish. Guruhlarda topshiriqlarni bajarish
natijalari bo`yicha axborot berish, sinfda munozaralar o`tkazish, ish jarayonining
borishiga qo`shimcha va tuzatishlar kiritib borish. O`qituvchi tomonidan ishning
natijalari 
bo`yicha 
xulosalar 
chiqarish 
va 
yakun 
yasash.
Har bir guruhning ish natijalariga, sinf ishiga tahliliy baholar berish.
Guruh ishining muvaffaqiyatli chiqishi o`qituvchining o`quv faoliyatini tashkil eta
olish harakati, mahoratiga bog`liq. Ya’ni o`qituvchi guruhda ishtirok etayotgan har
bir o`quvchining shaxsiy faoliyatini tashkil eta olishi, har bir o`quvchi o`qituvchi
ko`magini olishi ishning borishi bilan pirovard natijani muvaffaqiyatli ko`rsata
olishiga bog`liq. Guruhlar ishini o`quv biluv jarayonida tashkil etishda bir kator
kamchiliklar sodir bo`lishi mumkin. Qiyinchiliklardan biri guruhlarni to`g`ri,
maqsadli 
shakllantira 
olish 
va 
unda 
ishni 
tashkil 
eta 
olishdir.
Guruhlarda ishlash jarayonida o`quvchilar ayrim qiyin topshiriqlar yechimini
mustaqil yechishga qiynaladilar. Shu sababli guruhlarda ishni tashkil qilishda
umumiy ishni tashkil etish bilan bir vaqtda individual ishlarni ham tashkil etishga
to`g`ri keladi. Bunday hollarda ko`pincha yaxshi natijalarga erishish mumkin.
Umuman o`quv predmetlari bo`yicha beriladigan topshiriqlarning qiyinchilik
darajasiga qarab guruhda ijodiy muhit yaratiladi. Guruhlarda ishlash davrida
o`qituvchi, o`quvchi-o`quvchi orasida o`zaro hamkorlik, o`zaro yordam muhiti
o`rnatilsa, guruhlar ishi kutilgan natijalarni beradi.

Yüklə 5,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin