183
Axborot texnologiyasini shartli ravishda:
saqlovchi,
ratsionallashtiruvchi,
yaratuvchi
turlarga ajratish mumkin.
Birinchi turdagi texnologiyalar mehnatni,
moddiy
resurslarni, vaqtni tejaydi.
Ratsionallashtiruvchi axborot
texnologiyalariga chiptalar buyurtma qilish,
mexmonxona xisob-kitoblari tizimlari misol
bo’ladi.
Yaratuvchi (ijodiy) axborot texnologiyalari
axborotni ishlab chiqaradigan, undan
oydalanadigan va insonni tarkibiy
qism sifatida
o`z ichiga oladigan tizimlardan iborat.
Bilim olishda, ya’ni ma’lum turdagi axborotlarni o`zlashtirishda
kompyuter tizimining yordami benixoya kattadir. Axborot
qanday ko’rinishda ifodalanishidan qat’i nazar, uni
yigish,
saqlash, qayta ishlash
va foydalanishda kompyuter
texnikasining rolini quyidagilar belgilaydi:
Birinchidan,
o`qitishda yangi axborot
texnologiyalaridan
foydalanish standart (an’anaviy) tizimga nisbatan o`quv
jarayonini jadallashtirib, talabada ilmga qiziqishni oshiradi, ular
ijodiy faoliyatini o`stiradi,
bilim berishga differentsial
yondashish, olingan bilimlarni takrorlash, mustaxkamlash va
nazorat qilishni yengillashtiradi, talabani o`quv jarayonining
sub’ektiga aylantiradi.
Ikkinchidan,
yangi axborot texnologiyalaridan ta’lim-tarbiya
jarayonida quyidagi shakllarda foydalanish mumkin bo’ladi:
·muayyan pedmetlarni o`qitishda kompyuter darslari;
·kompyuter darslari—ko`rgazmali
material sifatida;
·talabalarning guruxli va frontal ishlarini tashkillashtirishda;
·talabalarning ilmiy izlanishlarini tashkillashtirishda;
·talabalarning o`qishdan bo`sh vaqtlarini to’g’ri tashkil qilish
masalalarini xal etishda va x.k.